Yong‘in xavfsizligi to‘G‘risida


-modda. Idoraviy yong‘in nazorati



Yüklə 185,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/19
tarix25.12.2023
ölçüsü185,37 Kb.
#195147
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
O‘RQ-226-сон 30.09.2009. Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida

35-modda. Idoraviy yong‘in nazorati
Oldingi
 tahrirga qarang.
Idoraviy yong‘in nazorati idoraviy yong‘indan saqlash xizmati, shuningdek qonunchilikda
vakolat berilgan mansabdor shaxslar tomonidan idoralarga qarashli tashkilotlarning yong‘in
xavfsizligi talablariga rioya qilishini tekshirish va tekshiruv natijalari bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish
maqsadida amalga oshiriladigan nazoratdir.
Idoraviy yong‘in nazorati vakolatli organlar tomonidan qonunchilikka muvofiq amalga
oshiriladi.


(35-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-
683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Idoralarga qarashli tashkilotlarda yong‘in xavfsizligi talablari yong‘in kelib chiqishiga va
odamlarning xavfsizligiga tahdid soladigan tarzda buzilganligi aniqlangan taqdirda, idoraviy
yong‘indan saqlash xizmati alohida ishlab chiqarishning, ishlab chiqarish uchastkasining,
agregatning ishini, binodan, inshootdan, xonadan foydalanishni, ayrim turdagi ishlarni bajarishni
to‘liq yoki qisman to‘xtatib qo‘yish huquqiga ega.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
36-modda. Yong‘indan saqlash xizmatining moliyaviy va moddiy-texnika ta’minoti
Oldingi
 tahrirga qarang.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqaruv organlari hamda yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarining,
bundan tashkilotlar bilan tuziladigan shartnomalar asosida tashkil etiladigan bo‘linmalar mustasno,
moliyaviy va moddiy-texnika ta’minoti O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(36-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida tashkil
etilgan boshqaruv organlari va yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari mazkur tashkilotlarning mablag‘lari
hisobidan ta’minlanadi.
(36-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil
26-martdan kuchga kiradi)
Idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmatining moliyaviy hamda moddiy-texnika
ta’minoti, shuningdek shaxsiy tarkibning ijtimoiy kafolatlari va kompensatsiyalarini moliyaviy
ta’minlash ularning muassislari tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Yüklə 185,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin