yong‘inlarni o‘chirish, yong‘in zonasida qolgan odamlarni hamda yuridik va jismoniy
shaxslarning mol-mulkini qutqarish.
Oldingi
tahrirga qarang.
Yong‘indan saqlash xizmati kuchlari va vositalarining yong‘inlar profilaktikasi hamda
yong‘inlarni o‘chirish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarni bajarishga jalb qilinishiga, agar qonunchilikda
boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, yo‘l qo‘yilmaydi.
(26-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
27-modda. Yong‘indan saqlash xizmatining turlari
Yong‘indan saqlash xizmati davlat, idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmatlariga
bo‘linadi.
28-modda. Davlat yong‘indan saqlash xizmati
Oldingi
tahrirga qarang.
Davlat yong‘indan saqlash xizmati yong‘indan saqlash xizmatining asosiy turidir va u
Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining boshqaruv organlari va yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari
tumanlar, shaharlar va boshqa aholi punktlarida, o‘ta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yong‘in
va portlash xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarda belgilangan tartibda tashkil etiladi.
(28-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil 26-
martdan kuchga kiradi)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 700-son “Respublikaning tumanlari,
shaharlari va boshqa aholi punktlarida, o‘ta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yong‘in va portlash
xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining yong‘in-
qutqaruv bo‘linmalarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarori
.
Oldingi
tahrirga qarang.
(29-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli
Qonuniga
asosan
2020-yil 26-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y.,
03/19/597/4193-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
(30-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli
Qonuniga
asosan
2020-yil 26-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y.,
03/19/597/4193-son)
Dostları ilə paylaş: