23-modda. Yong‘in-texnik mahsulotini ishlab chiqarish Yong‘in-texnik mahsuloti davlat buyurtmasi asosida, shuningdek tadbirkorlik faoliyati
tartibida ishlab chiqariladi.
Yong‘in-texnik mahsulotini ishlab chiqarish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang. 24-modda. Yong‘in xavfsizligi sohasidagi faoliyatni (harakatlarni) xabardor qilish tartibida amalga oshirish Yong‘in xavfsizligi sohasidagi faoliyat (harakatlar) turlarini xabardor qilish tartibida amalga
oshirish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
(24-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son) LexUZ sharhi Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qarori bilan tasdiqlangan “Yong‘inni avtomatik tarzda o‘chirish va yong‘in signalizatsiyasi qurilmalarini montaj qilish, sozlash, ta’mirlash hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish faoliyatining pasporti ”. 25-modda. Yong‘in xavfsizligi sohasidagi mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish Oldingi tahrirga qarang. Yong‘in xavfsizligi sohasidagi mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish
qonunchilikka
muvofiq amalga oshiriladi.
(25-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Yong‘in xavfsizligi sohasidagi majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotlar va
xizmatlarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Yong‘in xavfsizligi sohasidagi mahsulotlar va xizmatlarning yong‘in xavfsizligi talablariga
muvofiqligini tasdiqlash uchun ular tashkilotlar hamda fuqarolar tashabbusiga ko‘ra ixtiyoriy
sertifikatlashtirishdan o‘tkazilishi mumkin.