Yong‘in xavfsizligi to‘G‘risida


-modda. Yong‘in xavfsizligi sohasida axborot bilan ta’minlash



Yüklə 185,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/19
tarix25.12.2023
ölçüsü185,37 Kb.
#195147
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
O‘RQ-226-сон 30.09.2009. Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida

19-modda. Yong‘in xavfsizligi sohasida axborot bilan ta’minlash
Oldingi
 tahrirga qarang.
Vakolatli organlar yong‘in xavfsizligi uchun noqulay sharoitlar to‘g‘risida o‘z vakolatlari
doirasida Favqulodda vaziyatlar vazirligini darhol va bepul asosda xabardor qilishi shart.
(19-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil
26-martdan kuchga kiradi)
Faoliyati to‘liq yoki qisman O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan
moliyalashtiriladigan ommaviy axborot vositalari yong‘in xavfsizligi masalalariga doir tezkor
axborotni bepul asosda e’lon qilishi shart.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yong‘in
xavfsizligini ta’minlash yuzasidan qabul qilgan qarorlari haqida aholini xabardor qilishi shart.
20-modda. Yong‘inlarni va ularning oqibatlarini hisobga olish
Yong‘inlarni va ularning oqibatlarini hisobga olish, shuningdek yong‘inlarga doir axborotni
to‘plash hamda o‘zaro almashish 
tartibi 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
belgilanadi.
21-modda. Yong‘inga qarshi alohida rejim
Yong‘in xavfi yuqori bo‘lganda mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan tegishli
hududlarda yong‘inga qarshi alohida rejim o‘rnatilishi mumkin.


Yong‘inga qarshi alohida rejimning amal qilishi davrida tegishli hududlarda yong‘in xavfsizligi
sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan yong‘in xavfsizligiga oid qo‘shimcha
talablar belgilanadi.
22-modda. Yong‘in xavfsizligini ilmiy-texnik jihatdan ta’minlash
Yong‘in xavfsizligini ilmiy-texnik jihatdan ta’minlashni ilmiy- tadqiqot, tajriba-konstruktorlik,
loyiha tashkilotlari va boshqa ilmiy-texnik tashkilotlar, shuningdek tegishli ta’lim muassasalari
amalga oshiradi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Yong‘in xavfsizligi sohasidagi ilmiy-texnik ishlanmalarni moliyalashtirish O‘zbekiston
Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, tashkilotlarning mablag‘lari, shuningdek qonunchilikda
taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(22-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Yong‘in xavfsizligini ilmiy-texnik jihatdan ta’minlashni muvofiqlashtirish Favqulodda vaziyatlar
vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(22-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil
26-martdan kuchga kiradi)
Tashkilotlar yangi texnologiyalar va mahsulotlar yaratilishida yong‘in xavfsizligini ta’minlash
maqsadida zarur ilmiy-texnik ishlanmalar amalga oshirilishini ta’minlaydi.

Yüklə 185,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin