Yoritilganlik va ularning asosiy turlari



Yüklə 14,05 Kb.
tarix14.02.2023
ölçüsü14,05 Kb.
#84285
Yoritilganlik va ularning asosiy turlari


Yoritilganlik va ularning asosiy turlari 
 
Amaliyotda ish joylarini yoritishda uch hil turdagi yoritilganlikdan 
foydalaniladi, ya`ni ular tabiiy, sun`iy va aralashgan holda bo`ladi. 
a) Tabiiy yoritilganlik quyoshdan hamda eru-samodan qaytayotgan quyosh 
nuridan hosil bo’lgan yorug’lik mahsulidir. 
Tabiiy yorug’lik issiqlik va yorug’lik doimiylariga ega bo`lib, ular quyoshdan 
kelayotgan issiqlik uchun 1317 Vt/m
2
ga, yorug’lik uchun esa 137000 lk.ga tengdir. 
Tabiiy yorug’likning afzalliklari shundaki, uning tarkibida o`ta foydali ul’trabinafsha 
va infraqizil nurlari mavjud bo`lib, bu nurlar muhitni sog’lomlashtirishga xizmat 
qiladi, ya`ni mikroblarni o`ldirish hususiyatiga ega. 
Tabiiy yorug’likdan uch hil moslamalar yordamida, ya`ni tomdan fonar orqali, 
devordan deraza orqali va aralash holdagi tizimlardan foydalaniladi. Tabiiy yoritilgan 
tizimlariga qo`yiladigan talablar quyidagilardan iborat: 
-Yorug’lik miqdorini binolarning vazifasiga qarab tanlanishi, yo`naltirilgan 
yoki tarqoq hollarda bulishligini ta`minlanishi; 
-Insolyatsiya va yorug’lik me`yorlaridan kam bo`lmasligini ta`minlanishi. 
b) Sun`iy yorug’lik tabiiysiga nisbatan bir oz qimmatga tushsada, ish joylarini 
yoritishda imkoniyati cheksizdir. Sun`iy yorug’lik umumiy, mahalliy va aralash 
ko`rinishda bo`ladi. 
-Umumiy yorug’lik binoda bir tekis yoritilganlikni ta`minlay oladi. 
-Mahalliy yorug’lik esa faqat asosiy ish joyidagi yoritilganlikni me`yor talabi 
darajasida ta`minlaydi. 
-Aralash yorug’lik, mahalliy yoritilganlikni, umumiy yoritilganligi bilan 
birgalikda qo`llanilganligidir. 
Bu hildagi ya`ni aralash yoritilganlik usuli, binolardagi yarqiroqlik tafovuti-
kontrastni yumshatadi hamda me`yor talabini to`la qondira oladi. 
v) Yoritilganlikni vazifasiga qarab ishchi va nazorat turlaridan tashqari yana 
favqulodda zarur holatlarda xizmat qiladigan ikki turi ham mavjud. Ularni avariya va 
evakuatsiya yoritilganliklari deyiladi hamda miqdorlari 0,5 -2,0 lyuks bo`ladi.  
 
3. Tabiiy yoritilganlikni me`yorlash va hisoblash usullari. 
 
Ishlab chiqarishda yoritilganlikni to`g’ri tanlash uchun zarur qo`llanma sifatida 
me`yoriy hujjatlardan SNiP II-4-79 va GOST 12.1.046-85 xizmat qiladi. 

79 
Ish o`rinlarida yorug’likni me`yorlashning asosiy maqsadi inson sog’lig’ini 


himoya qilish va tavakkalchilik asosida qilinajak sarf harajatni oldini olishdan iborat 
hisoblanadi. 
Tabiiy yorug’likni vaqtga nisbatan doimiy o`zgaruvchanligi sababli, uni sifati 
va miqdorini o`lchash va nazorat qilib turish maqsadida maxsus ko`rsatkich, o`lchov 
mezoni sifatida qabul qilingan.  Yoritilganlikka bo’lgan asosiy talablar va yoritqichlar 
 
Ishlab chiqarish sharoitida yoritilganlik, ishchi-hodimlar salomatligiga zarar 
yetkazmasligi uchun u ko`zni zo`riqtirmaydigan, ish vaqtida binoning hamma 
qismlarida bir tekis taqsimlangan bulishi talab qilinadi. Korxonalarda yoritishga doir 
talablar quyidagilardan iborat: 
-yoritish qurilmasi yorug’ligining spektral tarkibi quyosh yorug’liginikiga 
yaqin bo`lishi; 
-bajariladigan ishlarning turi va aniqligiga qarab, yoritilganlik darajasi etarlicha 
bo`lishi hamda gigiyena talablariga mos kelishi; 
-ish joyida to`g’ri tushadigan va qaytgan yorug’liklar bo`lmasligi; 
-me`yorlarga muvofiq, korxona binolariga avariya yoritgichlari o`rnatilishi; 
-xavfli ish o`rinlari yuqori darajada yoritilgan bo`lishi; 
-yoritish qurilmalari xavfli hamda zararli omillar hisoblangan, ya`ni shovqin, 
elektr quvvati, issiqlik chiqarish va yong’in chiqarish manbalari bo`lmasligi; 
-nazorat o`lchash asboblari, xavfsizlik signalizatsiyasi ishonchli va uzluksiz 
yoritilishi; 
-yoritilish bir tekis va turg’un bo`lishi, soyalar hosil qilmasligi kerak. Aks 
holda inson ko`zini bir sharoitdan ikkinchi sharoitga tez-tez o`zgarib turishi
natijasida, ko`rish organlarining toliqish holati ro`y beradi. Yoritgich lampalari 
yorug’lik tarqatish hususiyatiga ko`ra uch sinfga bulinadi: 
- to`g’ridan-to`g’ri nur tarqatuvchi; 
- nur yoyuvchi; 
- nur qaytaruvchi lampalar. 
a) To`g’ridan-to`g’ri nur tarqatuvchi lampalar sinfiga, quyi yarim aylanasi 
bo`ylab o`z nurining tahminan 90% ni tarqatadigan lampalar kiradi. 
b) Nur yoyuvchi lampalar o`z nurlarini yuqori va quyi aylanalar o`rtasida 
taqsimlashga asoslangan bo`lib, umumiy nurni yuqori va quyi sfera buylab tarqatadi 
hamda har qanday soyalarga barham berib, yorug’likni bir tekisda tarqatish 
imkoniyatini beradi. Bunday lampalar ship va devorlari yorug’lik qaytarish 
hususiyatiga ega bo’lgan binolarga o`rnatiladi. 
Yüklə 14,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin