qarama-qarshi tomonlarda joylashgan bir nechta nuqtaga birikadi. Ba’zan muskul
boylamlari bir-biriga parallel holda joylashadi (masalan, qanotlarda), lekin bunda
muskul tolalari biriktiruvchi to‘qima qavati bilan birlashmaydi,
bular ham
alohidajoylashadi. Shunday qilib, hasharotlarda har bir muskul tolasi alohida muskul
hisoblanadi. Bir necha muskul tolalarining bir nuqtaga birikishi, ularning hamma
organ yoki uning ayrim qismiga muskullar ta’sirini kuchaytiradi.
To‘g‘ri chiziq bo‘ylab joylashgan muskul tolalari paylar orqali terining ikki qarama-
qarshi nuqtasiga birlashgan. Paylarning uchlari teri qoplamining ichki qavatidan o‘tadi
va kutikula (tashqi qavat) ga birikadi. Bu yerda u teri
qavati bilan birga tayanch-
mexanik tizimini hosil qiladi. Kutikula bu yerda umurtqali hayvonlardagi skelet kabi
vazifani bajaradi.
Qorin va ko‘krak bo‘g‘imlarida uch qavat: tashqi, o‘rta va ichki muskullar
joylashgan. Tashqi qavat ko‘ndalang muskullardan, o‘rta qavat ko‘ndalang
muskullardan o‘rta qavat qiyshiq muskullardan va ichki qavat uzunasiga
joylashgan
muskullardan iborat. Muskullar o‘zining faoliyati xarakteriga qarab eguvchi,bukuvchi,
uzatuvchi,buruvchi ko‘taruvchi, tushiruvchi va boshqalarga bo‘linadi. Tashqi
qavatning ko‘pgina qisqa muskullari tana segmentlarining chekkalaridan egadi,ular
tashqi o‘simtalarni eguvchi
va bukuvchi muskullardir; traxeyalarni bog‘lab turuvchi
nafas teshiklari orasining qisilishi ham shu qavatdagi muskullar tomonidan amalga
oshiriladi.
O‘rta qavatdagi qiyshiq muskullar tanani yon tomonlarga egadi. Ichki qavatdagi
uzunasiga (bo‘ylama) ketgan muskullar bir segmentdan
ikkinchi segmentga
o‘tadi,ya’ni ularning uchlari qo‘shni segmentlarda joylashgan nuqtalarga birikadi; bu
muskullar qisqarganda bir segment ikkinchisiga tomon cho‘ziladi; bular birtomonlama
qisqarganda qurt tanasi bir tomonga bukiladi.
Qurtda hammasi bo‘lib,
Dostları ilə paylaş: