keladi. Bunda kislorod yutiladi,buning yordamida sut kislota - boshlang‘ich
gilikogengacha qaytariladi. Bunday o‘zgarishga sut kislotaning beshdan to‘rt qismi
uchraydi: qolgan qismi esa suv va uglekislotagacha oksidlanadi. Bunda ajralib
chiqqan energiya faqatgina muskullar ichida bo‘ladigan jarayonlar uchun sarf
bo‘lmasdan, balki organizmda bo‘ladigan ximiyoviy o‘zgarishlarga, harakatlanishga
va tanada issiqlikni saqlab turishga xizmat qiladi.
Shunday qilib, muskullar faqatgina sof mexanik ish bajarmasdan, balki issiqlik
manbai ham hisoblanadi. Issiqlik energiyasi sintezlangan moddalar energiyasiga
aylanadi, bir qismi esa organizm tomonidan tashqi muhitga chiqarib yuboriladi.
Gemolimfadagi uglevod birikmalarining sintezi qurtlar uchun eng zarur sintez
hisoblanadi. Yuqorida eslatib o‘tilganidek, (qon aylanish bo‘limiga qarang)
gemolimfa moddalar almashinuvi uchun oraliq joy hisoblanadi. Oziq bilan kiruvchi
uglevodli moddalar organizmga yetishmaydi, shuning uchun gemolimfada oqsil
moddalar- aminokislotalar ko‘p miqdorda bo‘ladi. Parchalanishining oxirgi
mahsulotidan uglevod moddalar sintezlanadi. Bu sintez zapas uglevodlarni erituvchi
trigaloza hosil bo‘lguncha davom etadi. Uning miqdori qurtlik davrida ( I yoshdan -V
yoshgacha) 8150 marta oshadi, bu raqam sintetik jarayonlarning gemolimfada juda
tez borishi va muskullar ishlaganda uglevod birikmalariga katta ehtiyoj sezishini
ko‘rsatadi
.
Dostları ilə paylaş: