Yorqinoy mirzayeva tut ipak qurti


O‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 7,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/87
tarix19.12.2023
ölçüsü7,12 Kb.
#185020
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   87
pdf

O‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar. 
1.Moddalar almashinuvi jarayonlari natijasida tut ipak qurtlari organizmida qanday parchalanish 
mahsulotlari hosil bo‘ladi? 
2.Parchalanish mahsulotlari tut ipak qurti tanasida qanday ko‘rinishda bo‘ladi? Bu mahsulotlarning
kristallik shakllari hosil bo‘lishiga sabab nima ? 
3. Tut ipak qurtida parchalanish mahsulotlarining tashqariga chiqarib yuborish yo‘llarini aytib bering. 
4. Tut ipak qurtida Malpigiev naychalarining tuzilishi va faoliyati 
5.Malpigiev naychalarida to‘plangan parchalanish mahsulotlari qanday yo‘llar bilan tashqariga
chiqarib yuboriladi ? 


2.14. Tut ipak qurtining ipak ajratuvchi bezlari
Ipak hosil bo‘lishi va uning ajralib chiqishi tut ipak qurtlaridagi oqsil 
almashinuvi jarayonining eng katta qismidir: Ipak ishlab berish uchun ipak qurti 
tanasidagi juda ko‘p oqsil va ko‘p miqdor energiya sarf bo‘lishi kerak. G‘umbakning 
vazni odatda ipak qurti vaznining yarmini tashkil etishi hisoblab chiqilgan. 12% gacha 
quruq modda va 13% energiya pilla o‘rash uchun sarf bo‘ladi. Ipak hosil qilish- ipak 
qurtining rivojlanish davridagi faoliyatsiz va himoyasiz bosqichida (g‘umbaklik 
bosqichida) qo‘lay sharoit vujudga keladigan maxsus ajratish faoliyatidir. Bu faoliyat 
organizmning tashqi muhitga nihoyatda moslanishidan iborat, chunki buning 
natijasida bu bosqichdan oldingi bosqich uchun mo‘ljallangan moddalar almashinuvi 
shu bosqichda bo‘lib o‘tadi, ya’ni g‘umbaklik bosqichidan oldin ipak ajralib chiqadi. 
Xonakilashtirilgan ipak qurtlari juda ko‘p ipak ajratadi, bu uzoq vaqt olib borilgan 
tanlash ishlari natijasidir; xonakilashtirilmagan ipak qurtlari anchagina kam ipak 
ajratadi. 
Ipak - maxsus bez ajratib chiqaradigan quyuq cho‘ziluvchan suyuqlikdir. Ipak 
ajratuvchi bez kelib chiqish jihatidan so‘lak bezlarining shakli o‘zgargan ikkinchi 
juftidir. Ipak ajratuvchi bez - juft naysimon organ bo‘lib, deyarli tiniq, shishasimon 
juda ochiq qahrabo (och sariq ), ba’zan yashilroq rangli bo‘ladi. Bu bez qurt tanasi 
bo‘shlig‘ining ikki yonida va ichakning o‘rta yo‘lidan salgina pastroqda joylashgan, 
faqat umumiy hajmi jihatidan undan salgina kichikroqdir. Bezning har bir tomoni ipak 
ajratuvchi bo‘lim bilan boshlanadi, undan keyin suyuqlik pufagi keladi, suyuqlik 
pufagidan suyuqlik yo‘llari ketadi, bu yo‘llar pastki labga joylashgan ipak ajratuvchi 
toq naychaga borib qo‘shiladi va shu yerga kelib tugaydi. Ipak ajratuvchi bo‘lim ipak 
qurti qorin qismining oltinchi bo‘g‘imidan boshlanadi va nisbatan ingichka egri-bugri 
naychadan iborat bo‘ladi. 
Bu bo‘lim bezning eng uzun qismi bo‘lib, ipak qurti beshinchi yosh oxiriga 
yetganda juda uzayib ketadi; egri-bugri joylarining oralig‘i ham shunga muvofiq


ravishda uzayadi, uning egiklari qorin qismining ettinchi va sakkizinchi bo‘g‘imlariga 
borib kiradi. Qorinning to‘rtinchi yoki beshinchi bo‘g‘imida ipak ajratuvchi 
bo‘limning old qismi kengaya boshlaydi va bezning eng yo‘g‘on qismiga - suyuqlik 
pufakchasiga aylanadi. 
Suyuqlik pufakchasi ikki joyidan keskin qayrilgan bo‘lib, bir- biriga parallel 
joylashgan uchta tirsak (burilish) hosil qiladi. Ikkinchi (o‘rtadagi) tirsak qolgan 
ikkitasiga qaraganda bir oz uzunroq va yo‘g‘onroq bo‘ladi. Birinchi va ikkinchi 
tirsaklar oralig‘idagi yegik birinchi yoshdagi ipak qurtlari qorin qismining ikkinchi 
bo‘g‘imida bo‘ladi. 
Beshinchi yoshda o‘sib ketgan bezda u ko‘krak qismining ikkinchi bo‘g‘imiga 
ko‘chadi. Ikkinchi va uchinchi tirsaklar oralig‘idagi ikkinchi egik birinchi yoshdagi 
ipak qurtlari qorin qismining uchinchi bo‘g‘imida, beshinchi yoshdagi qurtlarning esa 
oltinchi bo‘g‘imiga joylashgan. Shunday qilib, birinchi yoshdagi qurtlarda suyuqlik 
pufagi o‘rtadagi tirsagining bo‘yi bir bo‘g‘im uzunligicha qisqaradi, beshinchi 
yoshdagi qurtlarda esa yetti bo‘g‘imni egallaydi; beshinchi yoshdagi qurtlarda o‘rta 
tirsakning yo‘g‘onligi 5 mm ga yetadi. Uchinchi tirsak, asta-sekin ingichkalanib borib, 
juft chiqaruv bezining eng ingichka qismi - juft yo‘lga aylanadi: uning yo‘g‘onligi 
beshinchi yoshdagi qurtlarda 0,2- 0,3 mm, ya’ni suyuqlik pufagidan 15 marta ingichka 
bo‘ladi. 
Juft chiqaruv yo‘lining naychalari birinchi yoshdagi qurtlarda to‘g‘ri chiziq 
bo‘ylab yotadi, beshinchi yoshdagi qurtlarda esa halqa-halqa bo‘lib buraladi; bular 
qorin qismining ikkinchi yoki uchinchi bo‘g‘imlaridan boshlanib, bosh bo‘shlig‘ida 
tugaydi, bu yerda ular bitta toq yo‘lga qo‘shiladi, bu yo‘l butunlay boshga joylashgan 
bo‘lib, o‘z navbatida uch bo‘limdan: orqa, ipak siqib beruvchi va oldingi 
bo‘limlardan iborat bo‘ladi.
Orqa bo‘lim juft yo‘llar qo‘shilgan y yerdan boshlanadi va naychaga o‘xshagan 
bo‘ladi: ipak siqib o‘tuvchi bo‘lim maxsus presslovchi organdir;oldingi bo‘lim ham 
naychadan iborat bo‘lib, bu naycha pastki labga joylashgan konussimon 
do‘mboqchadagi- ipak ajratish naychasidagi teshik bilan tamomlanadi.


Ipak ajratuvchi bezning bo‘yi beshinchi yoshda juda o‘sib ketadi, serhosil 
zotlarda bu bezning bo‘yi ipak qurtining bo‘yidan deyarli besh marta uzun bo‘ladi 
va 35 sm ga, og‘irligi esa 1,7 g ga yetadi. 
 
72 rasm [27]A- Ipak chiqaruvchi bezning chizmasi B- Ipak chiqaruvchi bezning
flyurografiya rasmi:
1-Glands of filippi – filippi bezlari . 
2 Anterior section---- birinchi ipak chiqaruvchi yo‘l;
3 -Reservior section -- suyuqlik pufakchasi (rezervuar) 
4.Posterior section-- ipak chiqruvchi (fibrik ajratib chiqaruvchi) bo‘lim. 


73- rasm .[27] 
Ipak ajratuvchi bez - juft 
naysimon organ a- tiniq, 
shishasimon juda ochiq 
b-kahrabo (och sarik):c- och 
pushti: d- pushti rangli 
Ipak ajratuvchi bezning o‘lchami biror zot qurt pilla o‘rash vaqtida ajratib 
chiqaradigan ipakning miqdoriga to‘g‘ri keladi. 
Serhosil zot qurtlarning bezi kamhosil zot qurtlarning beziga qaraganda ikki 
martadan ziyodroq yirik bo‘ladi. Ularda ipak ajratuvchi bo‘lim, ayniqsa, yaxshi 
rivojlangan bo‘lib, serhosil zot qurtlarda kamhosil zot qurtlarnikiga qaraganda 3,3 
marta uzun va 6 marta og‘ir bo‘ladi. 
Ipak ajratuvchi bezlar har bir bo‘limining (ipak ajratuvchi, suyuqlik pufagi 
va juft hamda toq chiqaruv yo‘llarining) uzunligi o‘rta hisobda quyidagicha 
nisbatda bo‘ladi

Yüklə 7,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin