Yorqinoy mirzayeva tut ipak qurti



Yüklə 7,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/87
tarix19.12.2023
ölçüsü7,12 Kb.
#185020
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   87
pdf

fibrin
i va 
seretsin
lar og‘irligi kamayib ketgan. Oltinchi nafas teshigining birikishi 
urug‘donlarda spermalarning rivojlanishiga, tuxumdonlarda esa ovotsit va yetilgan 
tuxumlarning kamayishiga sabab bo‘lgan. Bu kislorodning gemolimfa orqali 
organizmning hamma tomoniga baravar yetkazib berilmaganligini ko‘rsatadi.
Nafas olish natijasida qurt tanasida hosil bo‘lgan karbonat angidrid 
molekulalari gemolimfa orqali teri qoplamiga yetkaziladi. Gemolimfaning SO
2
ni
erkin molekulali eritma ko‘rinishida saqlash qobiliyati ularning qurt terisi orqali 
chiqib ketishini ta’minlaydi. 


Organizmga tushgan moddalar (oziq moddalar) umumiy oksidlanish 
jarayonida ishtirok etadi. Bu jarayon havodagi kislorod yordamida amalga oshib, 
suv va karbonat angidridga ajraladi. Ajralib chiquvchi moddalar bu jarayoning 
mahsuli hisoblanadi. Oksidlanish jarayoni bog‘langan reaksiya hisoblanadi, bunda 
bitta modda ikkinchi moddaning qaytarilishi hisobiga oksidlanadi. Oksidlanish 
deganda, kislorodning to‘g‘ridan-to‘g‘ri birikishi va vodorodning ajralib chiqishi 
tushuniladi. Oksidlovchi fermentlar nafas olishda kislorodni faollashtirib beradi. 
Gaz almashinuvi qurt bir bosqichdan ikkinchi bosqichga o‘tish vaqtida 
moddalar almashinuvining o‘zgarishiga ta’sir etadi. 
Qurtlik bosqichi o‘tgan sari qurtning tirik vazni ortib boradi, nafas olish 
intensivligi va energiya esa yosh ortgan sari kamayib boradi. 
Po‘st tashlash (xitinli qavatni tashlash) vaqtda qurt oziqlanish-dan va 
harakatlanishdan to‘xtaydi. Bu vaqtda gaz almashinuvi ham o‘zgaradi. 
Nafas olish energiyasi mayda turlarida (tuxum, qurt, g‘umbak, kapalak) yirik 
turlariga qaraganda aktiv hujayra elementlari hisobiga yuqori bo‘ladi. 
Qurtlarning pilla o‘rayotgandagi nafas olish jarayoni sekin-asta pasaya 
boshlaydi va pilla o‘rashning oxiriga kelib, kislorod yutish pilla o‘rash 
boshlanganda yutilgan kislorodga nisbatan 2,5-3 marta kamayib ketadi. 


68 rasm. Qurtning yoshiga qarab kislorod yutishi va og‘irligining ortishi

Qurt jonlanayotganda nafas olish intensivligi eng yuqori, urug‘larda esa eng 
kam bo‘ladi 

Yüklə 7,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin