qarab sekin-asta torayib boradi va ko‘krakning ikkinchi bo‘g‘imida aortaga o‘tadi.
Yurak uzunligi bo‘yicha orqaning teri qoplamiga biriktiruvchi to‘qima paylari bilan
birlashgan. Yurak devori yarim halqa ko‘rinishidagi va o‘zining chetlari bilan yuqori
va pastki o‘rta chiziq bo‘ylab o‘zaro birlashgan ikki qator yassi hujayralardan iborat.
Yurakning ichida uni kameralarga ajratuvchi hech qanday to‘siq yo‘q. Yurakning yon
devorlarida cho‘ntakchalar deb ataluvchi alohida chuqurchalarda ustitsa deb
nomlanuvchi teshik bor.
Teshiklar qorin bo‘g‘imlari soniga qarab yetti juft bo‘lib, ularda yurak
joylashgan. Bu teshikchalar shunchalik kichikki, qon hujayralari u orqali o‘ta olmaydi
va yurak bo‘shlig‘iga bora olmaydi. Yurak qisqarganda cho‘ntaklar teshikni bekitib,
qopqoq ro’lini bajaradi.
Yurak bilan teng yonli uchburchak ko‘rinishidagi
sakkiz juft qanotsimon
muskullar birlashgan; har bir juft uchburchak asoslari bir-biriga qaragan, ularning
uchlari esa teri
qoplami bilan birlashgan; bu muskullar ustida joylashgan yurak ular
bilan birlashtiruvchi to‘qima paylari orqali birikkan.
62 -rasm Bel naychasi
1 -aorta; 2-yurak; 3 bel naychasidagi cho‘ntakcha va teshikchalar;
4- qanotsimon muskullar; 5-6-7-8 bel naychasidagi cho‘ntakchaiarning ichki tuzilishi
.
Qanotsimon muskullarning birinchi jufti qurt tanasidagi uchinchi ko‘krak
bo‘g‘imi bilan birinchi qorin bo‘g‘imi o‘rtasidagi chegaradi,
oxirgi jufti esa
yettinchi va sakkizinchi qorin bo‘g‘imi orasida joylashgan. Qanotsimon muskullar
zanjiri to‘liq bo‘lmagan bel diafragmasi deb ataluvchi to‘siq hosil qiladi. Bu
diafragma tananing qolgan hamma bo‘shlig‘idan ajralib turuvchi to‘siq hosil qiladi,
bu yerda yurak joylashadi.
Aorta ikkinchi ko‘krak bo‘g‘imidan boshlanib, sekin-asta va bir oz torayib
boruvchi silliq nay ko‘rinishida bo‘lib, bosh bo‘shlig‘igacha etib boradi va u yerda
uncha katta bo‘lmagan teshik bilan tugaydi.
Yurak devoridagi muskul tolalari yordamida qisqaradi; bunda yurakning hamma
qismlari birin-ketin tananing oxirgi qismidan oldingi qismiga tomon qisqaradi. Bu
to‘lqinsimon qisqarish yoki puls urishi, ayniqsa, sakkizinchi bo‘g‘im
oldida yaxshi
seziladi. Bunday qisqarishning yurak bo‘ylab tarqalish tezligi sekundiga 27-30 m
tashkil etadi. Havo harorati 20-25C
0
bo‘lganda, organizm tinch turganda 5-yoshdagi
qurtning bel naychasi daqiqasiga 30 taga yaqin uradi, harakatlanayotganda va
ovqatlanayotganda yurak urishi 40-50 gacha ortadi, pilla o‘rayotganda 60-65 gacha
yetadi. Haroratning ko‘tarilishi bilan bel naychasining urish soni ortadi va harorat 30C
0
ga yetganda urish soni minutiga 60-70 ta bo‘ladi .
Qon aylanish jarayoni tut ipak qurtida quyidagicha boradi: gemolimfa tananing
umumiy bo‘shlig‘idan og‘izcha (ustitsa) orqali yurakka tushadi;
gemolimfani orqa
qismdan aortaga haydovchi to‘lqinsimon qisqarish natijasida gemolimfa yurak
bo‘ylab tarqaladi. Gemolimfa aorta orqali o‘tgach, u bosh bo‘shlig‘iga boradi, bu
yerdan esa tananing umumiy bo‘shlig‘iga tushadi. Shunday ekan gemolimfa bosh
bo‘shlig‘i, so‘ngra esa biror bosim (yurak qisqarishidan hosil bo‘lgan) ostida tanaga
keladi;bunda boshdan tananing oxirgi qismiga qarab gemolimfaning tinimsiz oqimi
vujudga keladi. Bu gemolimfa hamma organ va to‘qimalarga yetib borib,
ularni
yuvadi va yana og‘izchaga qaytib tushadi. Qon aylanish shundan iborat bo‘ladi,
gemolimfa og‘izchaga u kengaygan vaqtda o‘tadi, bu hodisa qanotsimon
muskullarning qisqarishidan yurak qismining kengayishi natijasida yuz beradi. Bu
muskullar yurak devorini birlashtiruvchi muskullar yordamida pastga tortiladi.
Yurak qismlari kengayganda uning ichida tananing umumiy bo‘shlig‘idagi
bosimdan birmuncha kam bosim hosil qiladi, bu esa gemolimfani og‘izcha orqali
yurak bo‘shlig‘iga tomon harakatlanishga majbur etadi.
Yurak qisqarayotganda
og‘izcha bekilib qoladi va yurak devorining bosimi gemolimfani bosh tomonga
haydaydi.
Yurak faoliyati nerv tizimi orqali boshqariladi; tomoq usti nerv tugunlari
qo‘zg‘alish markazi hisoblanadi, qorin nerv tugunlari pulsni boshqaradi.
Qurt nerv-yurak faoliyatining elektrogrammasi yorug‘lik kabi tashqi ta’sirlar
pulsini o‘zgartishini ko‘rsatdi. Boshqa omillar ham ta’sir qiladi. Masalan,
havoda
karbonat angidridning ko‘payib ketishi qurt yurak faoliyatini sezilarli darajada
pasaytiradi .
Dostları ilə paylaş: