bir necha daqiqadan keyin to‘q-qo‘ng‘ir yoki qora rangga kiradi. Bunday
oksidlanish natijasida melanin pigmenti hosil bo‘ladi. Rangga bo‘yalish
tezligi
havoning haroratiga bog‘liq: qurtning jarohatlangan yeridan chiqqan gemolimfa
issiq kunlarga nisbatan sovuq kunlarda sekin qorayadi.
Bu oksidlovchi fermentlarning miqdori ipak qurti rivojlanishining turli
bosqichlarida har xil bo‘ladi. Fermentlar qurtda kam, g‘umbakda ko‘p bo‘ladi.
Oq pilla o‘rovchi
zotlarning gemolimfasi tiniq, deyarli rangsiz suyuqlikdir,
sariq va yashil pilla o‘rovchi zotlarning gemolimfasi esa o‘zining xususiyati bilan
o‘simliklarda bo‘ladigan ksantofil pigmentiga o‘xshab ketuvchi alohida pigmentlar
hosil qilgan sarg‘ish yoki yashilroq rangga ega bo‘ladi. Bunday pigment oq pilla
o‘rovchi qurt zotlarida
bor deb taxmin qilinadi, ya’ni ularning gemolimfasida
oksidlovchi fermentlar ko‘p bo‘lganligidan hamma pigmentlar oksidlanib qoladi va
pilla tiniq oq bo‘lib qoladi. Boshqa zotlar pillasining ham sarg‘ish va yashilroq
bo‘lishi qurt gemolimfasida oksidlovchi fermentlarning ko‘p-oz bo‘lishi va shunga
muvofiq ravishda fermentlarning ko‘p
yoki oz oksidlanishidandir, deb
tushuntiriladi. Erkak qurt gemolimfasida oksidlovchi fermentlar ko‘pligi sababli ular
urg‘ochi qurtlarga nisbatan rangsizroq bo‘lishi aniqlangan.
Gemolifaning rangi boshqa – sariq-pushti (karotin) pigment tufayli ham sariq
bo‘lishi mumkin. Bu pigment sabzida ko‘p bo‘ladi.
Gemolimfaning ikkala pigmenti ipak qurti organizmida bo‘ladigan moddalar
almashinuvi natijasida ovqat tarkibidagi pigmentlardan mustasno hosil bo‘lsa kerak,
deb faraz qilinadi. Ovqat tarkibidagi pigmentlar gemolimfa va pilla rangiga ta’sir
etmaydi .
Qurtning orqa tomonida joylashgan naysimon organ bel naychasining urishi
natijasida gemolimfa qurt tanasi bo‘ylab doimo aylanib yuradi.
Bel naychasi ikki qismdan: hasharotlarning
haqiqiy yuragi hisoblangan,
birmuncha keng keyingi qism va
Dostları ilə paylaş: