havoning kirib turishi ham qorin, bel naychasi, qanotsimon muskul, ichakning
qisqarishiga hamda qoniing tanada aylanishiga sabab bo‘ladi; traxeyalarda havo
almashinishi ham nafas teshigi va traxeya og‘izchasi muskullarining harakatlanishi
natijasida sodir bo‘ladi. Qurt tanasining qorin nerv zanjirida nafas markazlari bor;
bu markazlar o‘zi joylashgan bo‘g‘imlardagi nafas teshiklari faoliyatini
boshqaradi.
Ko‘krakdagi nerv tugunlarida hamma segmentlardagi nafas organlari
faoliyatini muvofiqlashtiruvchi markaz joylashgan. Ipak qurti kislorod kam
bo‘lganda ham yashay oladi, ya’ni imkoniyat bo‘lganda traxeya tizimida ortiqcha
kislorod to’playdi va bundan kislorod yetishmaganda hamda aerob nafas olganda
foydalanadi.
Kislorod qurtning organ va to‘qimalariga traxeya tizimlaridan tashqari,
gemolimfa orqali ham boradi. Kislorodning gemolimfaga o‘tishiga traxeya
devorlarining o‘tkazuvchanligi yordam beradi. Traxeyaning o‘tkazuvchanligi
nafas teshigining dastlabki yo‘g‘onlashgan yeridan traxeola tomonga oshib boradi.
Biroq gemolimfa to‘qimalarga gaz yetkazib (to‘qima orqali nafas olganda)
berishda yordamchi ahamiyatga ega.
Bu quyidagicha isbotlanadi. To‘rtinchi nafas teshigining rivojlanishi va ipak
ajratuvchi bezlar o‘rtasida, shuningdek, oltinchi nafas teshigi rivojlanishi bilan
jinsiy bezlar o‘rtasida aloqa borligi aniqlangan. To‘rtinchi nafas teshigining bir
tomonlama birikishidan shu tomonga joylashgan ipak ajratuvchi bezlar mahsuli
Dostları ilə paylaş: