qon hujayralarining protoplazmasi donasiz tuzilishini saqlangan holda yana ham
kattalashadi va unga enotsitoidlar deb aytiladi. Bularda kichikroq yadro va yirik
vakuol bo‘ladi. qon hujayralari bosqichdan - bosqichga o‘tib, qariydi va ular donli
sharsimon vakuolli hujayralarga sferulotsitlarga aylanadi.
Qurt gemolimfasida oksidlovchi fermentlar bo‘lib,
bular melanoza
hodisasini, ya’ni erkin havoda oksidlanishi natijasida to‘q - qo‘ng‘ir yoki qora
rangni beradi. Turli xil zotlar pillasining rangi turlicha bo‘lishi, erkak qurt
gemolimfasida urg‘ochi qurtlarga nisbatan rangsizroq bo‘lishi, oksidlovchi
fermentlarning oz-ko‘pligiga (erkaklarda ko‘p) bog‘liq.
Ipak qurtida gemolimfa tana bo‘ylab
harakati, elka (orqa) tomonida
joylashgan naysimon organ bel naychasining urishi natijasida sodiri bo‘ladi.
Bel naychasi yoki elka qon tomirining oldingi qismi - aorta va keyingi
qisqarib - kengayuvchi kameralardan tuzilgan bo‘lib, tut ipak qurtining sakkizinchi
qorin bo‘g‘imida joylashgan «
yurak
»ga bo‘linadi. Aorta ikkinchi ko‘krak
bo‘g‘imidan boshlanib, sekin-asta bir oz torayib boruvchi silliq nay ko‘rinishida
bo‘lib, bosh bo‘shlig‘igacha etib boraldi va u yerda uncha katta bo‘lmagan teshik
bilan tugaydi.
Yurak uzunligi bo‘yicha orqaning teri qoplamiga biriktiruvchi to‘qima
paylari bilan birlashgan. Yuragining devori yarim halqa ko‘rinishidagi, chetlari
yuqori va pastki o‘rta chiziq bo‘ylab o‘zaro
birlashgan ikki qator yassi
hujayralardan iborat bo‘lib, yon devorlarida «cho‘ntakchalar» deb ataluvchi
alohida chuqurchalarda «ustitsa» deb nomlanuvchi qorin bo‘g‘imlari soniga qarab,
7 juft teshiklari bor. Yurak qisqarganda cho‘ntaklar teshikni bekitadi. Yurakdan
teng yonli uchburchak asoslari bir-biriga qaragan, ularning
uchlari teri qoplami
bilan birlashgan bo‘lib, birinchi jufti qurt tanasidagi uchinchi ko‘krak bo‘g‘imi
bilan birinchi qorin bo‘g‘imi o‘rtasidagi chegarada, oxirgi jufti esa yettinchi va
sakkizinchi qorin bo‘g‘imi orasida joylashgan. Yurak devoridagi muskul tolalari
yordamida qisqaradi: bunda yurakning hamma qismlari biri-ketin tananing oxirgi
qismidan oldingi qismiga tomon qisqaradi. Bu to‘lqinsimon qisqarish yoki puls
urishi, ayniqsa, sakkizinchi bo‘g‘im oldida yaxshi seziladi. Bunday qisqarish obi-
havo haroratiga, qurtning yoshiga bog‘liq.
Qon aylanish jarayonida gemolimfa tananing umumiy bo‘shligidan
og‘izcha-ustitsa orqali yurakka tushadi: gemolimfani
orqa qismdan aortaga
haydovchi to‘lqinsimon qisqarish natijasida gemolimfa yurak bo‘ylab tarqalib,
aorta orqali bosh bo‘shlig‘iga boradi, bu yerdan esa tananing umumiy bo‘shligiga
tushadi. Gemolimfa hamma organ va to‘qimalarga borib, uni yuvib, yana
og‘izchaga qaytib tushadi. Yurak qismining kengayishi qanotsimon muskullarning
qisqarishi natijasida yuzaga keladi.
Yurak faoliyati nerv tizimi orqali boshqariladi: tomoq usti nerv tugunlari
qo‘zg‘alish markazi hisoblanadi: qorin nerv tugunlari pulsni boshqaradi.
Dostları ilə paylaş: