Bunda avval qurtning boshi qorayadi, tuxumdan chiqishga bir sutka qolganda
esa haqiqiy ipak qurti holiga keladi. Ipak qurti sariqlik qoldiqlarini seroz parda bilan
birga yutadi, hosil bo‘lgan bo‘shliqqa esa naychalar orqali havo kiradi, buning
natijasida urug‘ qurt ochib chiqishidan oldin oqarib ketadi.
Urug‘ oqargandan bir sutka o‘tgach, ertalab barvaqt undan qurt chiqa
boshlaydi. Urug‘dan chiqishidan bir soat oldin kichkinagina (yosh) qurt o‘z jag‘lari
bilan tuxum po‘chog‘ini mikropilyar teshik oldidan kemira boshlaydi. Qurt bu erdan
kattagina teshik ochib, undan boshini chiqaradi va tuxumdan o‘rmalab chiqadi.
O‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar.
1.Urug‘ rivojlanishidagi uch davr va ularning farqlarini aytib bering.
2.Diapauza davri nima va u qachon boshlanadi?
3.Diapauza gormoni qanday ro’l o‘ynaydi va qanday qilib ajralib
chiqadi?
4.Diapauza qanday davrlarga bo‘linadi?
5.Diapauzani oldini olishning qanday usullari bor?
6.Urug‘ning bahorgi rivojlanish qanday sodir bo‘ladi?
7.Rivojlanishning dastlabki davrlarida, diapauza davrida va embrion rivojlanishining bahorgi
davrida tashqi sharoit urug‘ning rivojlanishiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
8.Rivojlanishning bahorgi davrida embrion qanday bosqichlarni o‘tadi?
Dostları ilə paylaş: