Yorqinoy mirzayeva tut ipak qurti


 Tut ipak qurti urug‘ida uchinchi davr - urug‘ning



Yüklə 7,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/87
tarix19.12.2023
ölçüsü7,12 Kb.
#185020
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   87
pdf

5.8. Tut ipak qurti urug‘ida uchinchi davr - urug‘ning 
bahorgi rivojlanishi 
 
Urug‘ diapauza holatida bo‘lgan qishlov davri tamom bo‘lgandan keyin 
bahorda urug‘ rivojlanishining uchinchi davri boshlanadi, bu davr sharoitga qarab, 
10-15 kun davom etadi va urug‘dan qurt chiqishi bilan tugallanadi. Bahorgi 
rivojlanish davrining boshlarida embrion bir qavat hujayralardan iborat cho‘ziq 
plastinka holida bo‘ladi. Embrion plastinkasining oxirlarida kurakchalar shaklidagi 
kengaygan joylar bor. 
Urug‘ning bahorgi rivojlanishi embrionda birlamchi egatning hosil bo‘lishidan 
boshlanadi, bu egatcha embrionning tashqi tomonidagi o‘rta chiziq bo‘ylab 
joylashadi. Embrionning ichki tomonida, xuddi ana shu joyda hujayralar valik 
shaklida bo‘rtib chiqadi. Embrion tashqi tomonining chetlari egilib, birlamchi egatcha 
bo‘ylab birikadi va yuqorigi embrion yaprog‘ini hosilqiladi. Embrionning ichki 
tomonidagi valik hujayralar ular ko‘paygan (urchigan) vaqtdao‘rta embrion yaprog‘i 
hosil bo‘ladi. Birlamchi egatchaning oldingi va opqa uchlari bo‘rtib chiqib, og‘iz 
hamda opqa chiqaruv teshiklarining boshlang‘ichlarini hosil qiladi. 
110-rasm. A – Dastlabki egatchaning hosil bo‘lishi.B-yuqorigi va o‘rta embrion yaprog‘ining hosil 
bo‘lishi (ko‘ndalang kesikda ko‘rinishi). V-embrionning qorin tomondan ko‘rinishi .G-
bo‘ylamasiga kesilgan embrion bargchalarining joylashuvi,pastki embrion yaproqchasining hosil 


bo‘la boshlashi. D - embrion tanasi yon tamonlarining yaqinlashish protsessi. E-embrion tanasining 
chetlari orqa tomonining o‘rta chizig‘i bo‘ylab birikib bo‘lgandan keyin embrion tanasi silindr
shaklini olgan.
Ana shu bo‘rtiklar chetidagi hujayralarning bir qismi ko‘payib,pastki embrion yaprog‘ini 
hosil qiladi. Shunday qilib , embrion plastinka yuqorigi ,o‘rta va pastki embrion yaproqlaridan
iborat uch qavatli bo‘lib qoladi. Bu davrda embrion plastinkasida 18 ta bo‘g‘imni aniq ko‘rish 
mumkin,bu bo‘g‘imlar metamerlar deb ataladi.Dastlabki ettita metomerdan ipak qurtining ko‘kragi 
va o‘simtalari bilan birga boshi hosil bo‘ladi. Embrion plastinkasining chetlari tez orada ichki
tomonga qarab asta-sekin egila boshlaydi. Ular o‘sib, bir-biri bilan qo‘shiladi, buning natijasida 
embrion silindrsimon- chuvalchang shakliga kiradi. Embrion tanasining ichki tomonga qaragan 
(orqa tomoni)o‘rta qismida hujayralar bir-biriga qo‘shilmagan joy bor. Bu joy kindik naychasi deb 
ataladi. Kindik naychasi orqali embrion bushlig‘iga sariqlik hujayralari kiradi. 
Embrionning bundan keyingi rivojlanish davrida embrion yaproqlari differensiatsiyalanadi 
(bir –biridan ajraladi).Yuqorigi embrion yaprog‘idan xitindan iborat bir qancha organlar teri 
qoplami, oldingi vaorqa ichaklar, traxeya tizimi shuningdek, ipak ajratuvchi bezlar, nerv tizimi, 
sezuv organlari, Malpigiev naychalari hamda po‘st tashlash bezlari hosil bo‘ladi. 
O‘rta embrion yaprog‘idan muskullar, qon hosil qiluvchi hujayralar, bel naychasi va jinsiy 
bezlar hosil bo‘ladi. Pastki embrion yaprog‘idan esa o‘rta ichakning bezsimon epiteliysi hosil 
bo‘ladi. 
Urug‘lar bahorda ochirilganda yettinchi, sakkizinchi kunlarga borib embrionlar anchagina 
kattalashib qoladi va organlar hosil bo‘lish jarayoni, tugallanadi. Bundan keyin ayrim organlarning 
hujayralari faqat o‘z vazifasiga moslasha boshlaydi. 
Urug‘ning bahorgi rivojlanish davrida tuxumda maxsus (alohida) o‘zgarish sodir bo‘ladi, 
bunday o‘zgarish blastokinez deb ataladi. Blastokinez davri boshlanguncha embrion tuxumda egik 
holatda yotadi, uning qorin tomoni tuxum chetiga nisbatan shunday joylashganki, bunda hosil 
bo‘lgan ipak qurtining ko‘krak va qorin oyoqlari tuxum po‘chog‘iga borib taqaladi. Embrionning 
orqa tomoni esa tuxumning o‘rta qismiga qaragan bo‘ladi. Urug‘ning yanada rivojlanib borishi 
bilan, embrionning bunday joylashuvi tuxumning ichki bo‘shlig‘idan to‘la ravishda foydalanishga 
to‘sqinlik qiladi, shuning uchun blastokinez davrida embrion egilib, tuxum ichida o‘girilib oladi. 
Ochirishning bu davrida urug‘ o‘ziga xos bir tarzda chatnab va irg‘ib ketadi. 
Blastokinez davridan keyin embrionning orqa tomoni tuxum po‘chog‘i tomonga, qorin 
tomoni esa uning o‘rta qismiga qarabqolgan bo‘ladi. Kindik naychasi tez orada ishlashdan to‘xtaydi 
va ajralib chiqadi. Embrion sariqlik xaltasi deb ataluvchi - bo‘shliqqa tushib qolgan bo‘ladi. 
Blastokinez davri keyin embrion tez o‘sadi va tuxumdan chiqish oldidan u tuxum ichida, 


xuddi chig‘anoqning dastlabki ikkita burmasiga o‘xshab, egik holatda bo‘ladi. Ipak qurti 
tuxumdan chiqishidan ikki-uch kun ilgari uning teri qatlami xitinlashadi, undan birmuncha 
keyinroq esa pigment ajrala boshlaydi.

Yüklə 7,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin