Karl Gustav Yung. Yung fikricha, shaxs ijtimoiylashuvida jamoaviy ongsizlik hal qiluvchi rol o’ynaydi. Bu jamoaviy ongsizlik inson ongi va irodasiga bog’liq emas.
Adolf Adler. Adler qarashlarining markaziy tushunchalari: hayot tarzi (usuli) va ijtimoiy tuyg’udir. Hayot tarzi , Adler fikricha, insonning noto’liqlik hissini yengishga qaratilgan intilishi bilan belgilanadi.
Ijtimoiy hislar esa ijtimoiy birdamlikka, jamiyat maqsadiga va yashash usuliga qiziqishi bilan belgilanadi.
Charlz Xorton Kuli.Kuli ramziy interaksionizm (jamiyatning mohiyatini shaxslararo o‘zaro ta’sirda, deb hisoblash)ning asoschisi hisoblanadi. «Inson tabiati va ijtimoiy tartibi» (1902.), «Ijtimoiy progress» (1918) kabi asarlarida o‘z qarashlarini ifodaladi. Kuli inson tabiatini o‘ziga xos holda tushundi. Inson tabiatini u ayrim olingan insonning kommunikatsiyasi natijasida vujudga keladi, deb hisobladi.
Inson shaxsga aylanib, boshqa kishilar bilan bo‘ladigan interaksiya jarayonida o‘z «men»ini rivojlantiradi. Shuning uchun u avtonom, ratsional individni inkor qildi.
Individ va jamiyat Kuli uchun bir-birini to‘ldiradi, lekin bir-biridan ustun emas. Har bir individ o‘z holicha yagonadir.21 Ijtimoiylashuv jarayonini tadqiq etishdagi subyekt – obyekt va subyekt – subyekt yondashuvlari.
Insonning ijtimoiylashuvi borasida turli konsepsiylar ishlab chiqilgan bo’lib, ularning bari ikki yo’nalish (nuqtai – nazarga borib taqaladi).
Birinchi yo’nalish ijtimoiylashuv jarayonida insonning roli passiv deb hisoblaydi. Ijtimoiylashuvni esa “insonning jamiyatga moslashuv jarayoni bo’lib, jamiyat har bir a’zosini o’z madaniyatiga xos tarzda shakllantiradigan jarayon deb tushuntiradi ”.
Bu yondashuv subyekt – obyekt (subyekt – jamiyat, obyekt - inson) yondashuvi deya nomlanishi mumkin.
Ikkinchi yo’nalish tarafdorlari inson ijtimoiylashuv jarayonida faol qatnashadi va jamiyatga faqat moslashib qolmasdan, unga va o’ziga ta’sir etadi deb uqtiradilar. Bu yo’nalish “subyekt - subyekt” deb talqin qilinishi mumkin.
Ijtimoiylashuvni o’rganishda “subyekt – obyekt” yondashuvi.
Bu yo’nalish asoschilaridan biri ХIХ – asr oxirlarida yashagan fransuz sotsiologi Emil Dyurkgeymdir. Inson bilan jamiyat munosabatini tahlil qilar ekan u bir necha bor ijtimoiylashuv muammosiga murojaat qilgan. Dyurkgeym ijtimoiylashuv va tarbiya o’rtasidagi farqli jihatlarga e’tibor qaratdi. U tarbiyani “bolaning har daqiqada ijtimoiy muhit bosimini his qilishi bo’lib, jamiyat ota – ona o’qituvchi vositasida bolani o’ziga moslashtiradigan jarayon” deb tushuntiradi.
Dyurkgeymning fikricha, jamiyat – uning a’zolari o’rtasida bir xillik bo’lsagina yashab qolishi mumkin. Tarbiya mana shu bir xillikni shakllantiradi va o’rnatadi.
Dyurkgeym fikriga ko‘ra, ijtimoiylik individning ajralgan kollektiv ongi sifatida emas, balki individlarning bir-biriga qaratilgan xatti-harakati, interaksiyasi sifatida mavjud bo‘ladi. Inson tabiati ayni bir paytda ham individual, ham ijtimoiydir.
Dyurkgeym dinni ijtimoiy hayotning muhim momenti, deb biladi. Odamlar yashab turar ekan, din ham jamiyatning taraqqiyot bosqichlariga muvofiq ravishda o‘z shaklini o‘zgartirib boradi, deb hisoblaydi.
Dyurkgeym nuqtai – nazarining mohiyati shundaki, ijtimoiylashuvni jamiyat faol tarzda determinatsiyalaydi.
Dyurkgeym qarashlari keyinchalik T. Parsonsning insonning ijtimoiy sistemaga integratsiyasi haqidagi qarashlariga asos bo’lib xizmat qildi. Parsons ijtimoiylashuvni “bola tug’ilgan jamiyat madaniyatining internalizatsiyalshuvi” deb tushuntiradi, ya’ni bolaning jamiyat rekvizit, oriyentatsiya va rollarini egallashi.22 Parsons fikricha ijtimoiylashuv asosida inson organizmidagi tabiiy – genetik egiluvchanlik va ta’lim olishga bo’lgan qobilyat yotadi. Ijtimoiylashuvning universal vazifasi – jamiyatga yangi kirib kelayotganlarga kamida javobgarlik hissini va jamiyatga nisbatan sadoqatini shakllantirish. Uning fikricha, ilk ijtimoiylashuv oilada yuz beradi, oilada bola ilk motivatsion ustanovkalarni oladi va ular keyinga ijtimoiylashuv jarayoni uchun poydevor vazifasini o’taydi. Oiladagi ijtimoiylashuv Freyd aytganidek, rohat – azob reaksiyasi hisoblanuvchi psixik mexanizm tufayli sodir bo’ladi.
U struktur-funksional tahlil usulidan foydalanib, ijtimoiy tizim modelini tuzishga intildi, individlarning o‘zaro ta’siri amaliyoti bu tizimning boshlang‘ich nuqtasi hisoblanadi. Parsonsning fikricha, abstrakt individlarning amaliyotidagi moslikni aniqlashga va ularga jami-yat tomonidan buyurilgan rollarning bajarilishiga yordam beradigan va umumqabul qilgan xatti-harakat me’yorlarini, standartlarini o‘zlashtirish-dan, ularni faoliyatning ichki motiviga aylantirishdan iborat. Parsonsda g‘oyaviy omillar (avvalo, ijtimoiy ongning me’yoriy-qimmatli strukturasi) kishilarning xatti-harakatini ham belgilovchi omil bo‘lib yuzaga chiqadi. Parsons muvozanatga ijtimoiy tizim normal holatining eng muhim belgisi, deb qarab, jamiyatni janjallar va keskin o‘zgarishlardan saqlashi lozim bo‘lgan bu holatni tartibga solish jarayonlariga, ularni ijtimoiy nazorat qi-lib turish vositalariga (siyosiy va huquqiy organlarning faoliyati, kishi-larning yurish-turishiga tevarak-atrofdagilarning munosabati) katta e’tibor beradi.
Ijtimoiylashuvni tadqiq etishdagi subyekt – subyekt yondashuvi.
Subyekt – subyekt yondashuvi ijtimoiylashuv fenomenida nafaqat jamiyat vakatta – kichik guruhlar, balki insonning o’zi ham faol qatnashishini nazarda tutadi.
Bu yondashuv namoyondalaridan biriJorj Gerbert Mid (1863-1931) bo‘lib, uning fikricha voqelik, insonlarning ijtimoiylashuvi asosan, birgalashib ishlash hamda shaxslarning o‘zaro va predmetlar bilan bo‘ladigan aloqasi orqali belgilanadi. Ushbu ijtimoiylashuv jarayonida kishilarning intellekti hozirgi darajagacha rivojlandi. Bu jarayon hozir ham davom etib bormoqda. Har bir individ unda ishtirok etadi, faqat interaksiya va boshqalar bilan aloqada «Men»ini taraqqiy toptiradi. Ong tafakkur va tasavvur amaliyotidagina vujudga keladi, o‘zgaradi. Bu amaliyot esa individlar bir-biri, guruhlar jamiyat bilan interaksiyada shakllanadi. Shu bilan birga, u ichki tajribaga ham e’tibor beradi va uni ijtimoiy asoslangan xatti-harakat, deb hisoblaydi. Shuning uchun ham, Mid o‘zini ijtimoiy bixeviorist deb hisoblaydi. Uning fikricha, har qanday psixologiya ijtimoiy psixologiya bo‘ladi, chunki odamlarning ongi va ruhiyati ijtimoiy axloq va xatti-harakatdan ajralmasdir.
Ruh, nutq, tafakkur, intellekt – ijtimoiy hodisalar bo‘lib, «mulohazalar dunyosi», kommunikatsiyalar jarayoni ularning umumiy manbayi hisoblanadi. Uning vositasi imo-ishoradir. Tafakkur Mid uchun individning o‘z-o‘zi bilan signifikatif ramzlar yordamidagi ichki kommunikatsiyasidir. Mid interaksiyani barcha ishtirokchilarning boshqa odamlarning xatti-harakat-larga tayyorgarligini, ularning imo-ishoralariga o‘zlarining munosabati, deb hisoblaydi.23 Amerikada XX asrning 30-yillari oxirida ijtimoiy o’qitishning kuchli psixologik yo’nalishi yuzaga kelgan. Individga xulq-atvor namunalari rollar, me`yorlar motivlar, kutuvlar, hayotiy qadriyatlar, emotsiyalarni o’tkazish orqali individning ijtimoiy xulq-atvorini hayotiy shakllantirishni ifodalash uchun N.Miller va D.Dollardlar tomonidan ijtimoiy o’rgatish atamasi kiritilgan edi. Ijtimoiylashuv – biologik mavjudod, go’dakning tamomila oila, guruh umuman olganda insoniyat jamiyatini to’laqonli a`zosiga asta-sekin aylanish jarayoni sifatida, yangi ijtimoiy xulq-atvorni egallash jarayoni sifatida talqin qilinadi. Xulq-atvorning umumiy nazariyasi xulq-atvor namunalari qanday tarzda o’zlashtirilishini va ularning namoyon bo’lishi o’zaro aloqada bo’lgan tashqi va ichki ta`sir manbalari tomonidan qanday tarzda doimo boshqarishini izohlashi kerak. Ushbu ilmiy yo’nalish vazifalarini uning nazariy etakchisi Bandura shunday shakllantirgan. XX asrning ikkinchi yarmida Amerika psixologiyasini rivojlanishi uchun ijtimoiylashuv muammosini asosiy deb hisoblash mumkin. Jamiyat bolalarni umumqabul qilingan me`yoriy muammolar bilan muvofiqlikda o’zlarida tutishlariga undashda qo’llaydigan mexanizmlar ya`ni usullarni etilishi esa uning bosh maqsadidir. Ijtimoiy o’qitish nazariyasi psixoanalizda (misol uchun antogonizm haqidagi dastlabki tezis, bola va jamiyatning qarama-qarshiligi) ba`zi bir holatlarni qabul qilib o’zlashtirgan va ularni o’rgatishning bexiviorstik tamoyillari bilan bog`langan. Ijtimoiy o’qitish yo’nalishi nazariyasining butun bir spektridan iborat. O’qitishning aniq mexanizmlariga yondashuvlarda nazariya mualliflarining qarashlari farqlanadi, biroq ijtimoiy xulq-atvorga o’rgatish g`oyasi ahamiyatini butunlay qo’llab-quvvatlaydilar. Ijtimoiy o’qitish sohasida anchadan beri tadqiqotchilarning bir necha avlodi ishlab kelishmoqda. Bu avlodlar amerika psixologiyasining o’zida ajratib ko’rsatilgan.