“yosh davrlari psixologiyasi” Yosh davrlari psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi, vazifalari


Inson psixikasidagi o‘zgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar amalga oshiriladi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə14/17
tarix08.02.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#52259
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
1.3.Yosh davrlari psixologiyasi

Inson psixikasidagi o‘zgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

a) kuzatishning maqsadi, vazifasi belgilanadi;

b) kuzatiladigan ob’yekt tanlanadi;

v) sinaluvchining yoshi, jinsi xaqida ma’lumotlar to‘planadi;

g) tadqiqot o‘tkazish vaqti rejalashtiriladi;

d) kuzatish qancha davom etishi belgilanaladi;

e) kuzatish insonning qaysi faoliyatida(o‘yin, o‘qish, mehnat, sportda), amalga oshirilishi tavsiya etiladi;

j) kuzatishning shakli (yakka, guruh, jamoa) tayinlanadi;

z) kuzatilganlarni qayd qilib borish vositalari(kundalik suhbat daftari, kuzatish varaqasi, magnitofon, videomagnitofon va boshqalar) taxt qilinadi.

Eksperiment metodi.

Eksperiment metodi. Yangi psixologik faktlarga ega bo‘lishning ob’yektiv usullaridan biri - eksperiment metodidir. Kuzatishdan farqi, eksperiment o‘tkazuvchi sinalayotgan faoiyatga faol aralashuvi, sun’iy vaziyat paydo qilinishi mumkin. Bu metod inson psixikasini chuqur, aniq tadqiq qilishda eng muhimi hisoblanadi. Eksperiment metodi yordamida sun’iy tushunchalarning shaqllanishi, favqulodda holatdan chiqish, muammoli vaziyatni hal qilish jarayonlari, shaxsning his-tuyg‘ulari, xarakteri va tipologik xususiyatlari o‘rganiladi. Inson psixikasining nozik ichki bog‘lanishlari, munosabatlari, qonuniyatlari, qonunlari, xossalari, murakkab mexanizmlari tekshiriladi.


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin