Kichik maktab yoshi (7-11 yosh ) – 1-4 sinf (boshlang‘ich maktab)ga to‘g‘ri keladi. Maktabgacha yosh bilan taqqoslaganda asosiy faoliyat turi o‘qish hisoblanadi. Asosiy faoliyat turining almashinuvi bolaning psixologik rivojlanishiga ham ta’sir etadi. Har qanday o‘tish yoshi kabi, bu yosh ham o‘z vaqtida ilg‘ash va qo‘llab-quvvatlash zarur bo‘lgan rivojlanishning yashirin imkoniyatlariga boy.
Kichik yoshdagi maktab o‘quvchisining jismoniy xususiyatlari quyidagilardan iborat: umurtqa pog‘onasining barcha egilmalari shakllanadi, skeletning suyaklanishi hali yakunlanmaydi, 1-2-sinf o‘quvchilari tez charchaydi (ayniqsa, yozma ishlarda), yurak mushaqlari qon bilan yaxshi ta’minlanadi, bosh miya, ayniqsa, boshning peshona qismi kattalashadi.
o‘smirlik davri chegaralari taxminan 5-8-sinfiga to‘g‘ri keladi va 11-12 yoshdan 14-15 yoshgacha bo‘lgan davrni qamrab oladi, lekin o‘smirlik yoshiga o‘tish 5-sinfga o‘tish bilan mos tushmasligi va bir yil oldin yoki keyin sodir bo‘lishi mumkin.
o‘smirlik davrining alohida vaziyati uning nomlarida ifodalanadi: «o‘tish», «keskin o‘zgaruvchan», «mushkul», «tanqidiy». Ularda bu yoshda sodir bo‘ladigan rivojlanish jarayonlarining murakkab va muhimligi qayd etilgan. Bu hayotning bir davridan boshqasiga o‘tish bilan bog‘liq. Inson rivojlanishining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha (jismoniy, aqliy, ruhiy, ahloqiy, ijtimoiy) katta sifat va miqdoriy o‘zgarishlar ro‘y beradi.