Yosh fiziologiyasi va gigienasi fanining vazifasi, mazmuni, ahamiyati va tarixi


Muvozanat organi (vestibulyar analizator)



Yüklə 190,35 Kb.
səhifə31/57
tarix13.04.2023
ölçüsü190,35 Kb.
#97579
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   57
Yosh fiziologiyasi va gigienasi fanining vazifasi, mazmuni, aham

Muvozanat organi (vestibulyar analizator). U odam tanasining fazoda ma'lum muvozanatda bo`lishini ta'minlaydi. Tik turganda, chopganda, yurganda, sakraganda, raqsga tushganda, narvondan yuqoriga ko`tarilganda va pastga tushganda, arg`imchoq uchganda, suvda suzganda, daraxtga chiqqanda,

turnikda gimnastika mashqlari bajarganda, har xil tarnsportda yurganda, ya'ni odam tanasida eng oddiy holatdan eng murakkab holatlarga o`tganda tanasining muvozanatini ta'minlovchi asosiy organ vestibulyar analizatordir. Bu analizatorning ishi buzilsa, odam tanasining muvozanatini saqlash xususiyati pasayadi yoki butunlay yo`qoladi. Bu analizator juda qattiq zararlansa, odam xatto yotgan holatdan turganida uning boshi aylanadi, ko`zi tinadi, ko`ngli ayniydi u tezda o`tirishga yoki yotishga majbur bo`ladi. Agar odam yoshligidan boshlab vestibulyar analizatori yaxshi chiniqtirilmasa, odam tanasi murakkab holatlarda bo`lganida seziladi. Chunonchi mototsiklda, avtomashinada tez yurganda, karuselda aylanganda, har xil transportda yurganda boshi aylanadi, yuragi tez urib, rangi oqaradi, ba'zan xatto xushini yo`qotishi mumkin. Vestibulyar analizatorning retseptorlari daxliz, yarim aylana kanalchalar ichida joylashgan. Retseptorlarning qo`zg`alishi vestibulyar nerviga o`tib, miya ko`prigidagi po`stloq osti muvozanat markaziga, undan miyachaga va bosh miya yarim sharlari po`stlog`idagi muvozanat markaziga boradi.


Vestibulyar analizatorni chiniqtirish tadbirlarini yoshlikdan boshlash zarur. Bolani beshikdan va belanchakda tebratish, so`ngra velosipedda yurishni mashq qildirish, karuselda aylanish, suvda suzish, yugurish, sakrash, gimnastika mashqlari va sport o`yinlari bilan shug`ullanish, raqsga tushish kabilar bu organni chiniqtiradi. Bola tug`ilganidan vestibulyar analizator ishlay boshlaydi. 2 oyligida tebranishni ajratadi.
TERI ANALIZATORI
Tashqi dunyoni sezishda teri analizatori muhim rol o`ynaydi. Odam terisi 3 qavatdan iborat: 1. Epiteliy epedermis terining eng ustki qavati. 2. Derma yoki chin teri. 3. Gipoderma teri osti yog`` qavati. Teri analizatorining nerv markazi bosh miya yarim sharlar po`slog`ining orqa markaziy chuqurligida joylashgan. Terining derma yoki chin teri qavatida sezuvchi retseptolar joylashgan bo`lib, ular uch xil ogriqni, haroratni (issiq, sovuq), siypalash va bosimni sezuvchi (taktil) retseptorlar bor. Bu retseptorlar bir-biridan tuzilishi hamda joylashgan joyining chuqurligiga qarab farq qiladi. Teri sezgisi dastlab sakkiz oylik xomilada vujudga kelib, bola tug`ilgandan keyin ham uning rivojlanishi davom etadi. Odamda teri sezgisini ta'minlaydigan 500.000 retseptor bo`lib, o`rtacha 1 sm2 yuzaga 25 ta to`g`ri keladi. Lekin tananing turli qismida bunday retseptorlar turli xil qalinlikda joylashgan. Masalan, boldir terisida 1 sm2 yuzaga o`rtacha 10 retseptor to`g`ri kelsa, bosh qismda 165-300 ta bo`ladi. Bunday retseptorlar barmoq uchlarida, qo`l kaftida eng ko`p bo`ladi.
Teridagi haroratni sezuvchi retseptorlarning soni 300.000 dan ortiq bo`lib, sovuqni sezuvchi retseptorlar 270.000 ta, issiqni sezadigan retseptorlar 30.000 dan ortiq bo`ladi. Endi tug`ilgan bolalarda haroratni sezuvchi retseptorlar morfologik jihatdan to`liq shakllangan bo`ladi. Bola muhitning issiq va sovuq haroratiga har xil reaktsiya beradi.
Siypalash va bosimni sezuvchi (taktil) retseptorlar 500 ming atrofida. Bu retseptorlarning sezuvchanligi terining turli qismlarida bir xil emas. Yangi tug`ilgan bolalarda taktil sezgisi yaxshi rivojlangan. Burun uchida, lab terisida, qo`l barmoqlari uchida va oyoq osti yuzasida sezuvchanlik juda rivojlangan bo`ladi. Shuning uchun ko`zi ojiz bolalar, oyoqlari bilan paypaslab qulay yulni topadi, qo`l barmoqlari bilan paypaslab pulni va boshqa buyumlarni aniqlaydi.
Siypalash retseptorlari ma'lum darajada ko`rish organi funktsiyasini bajarishi mumkin. Teri retseptorlarining muxim xossalaridan biri tashqi muhit ta'sirlariga moslashishdir (adaptatsiyalanish). Retseptorlarning bu xossasi odam haroratda chiniqishga imqon beradi. Og`riqni sezuvchi retseptorlar soni 1 mln atrofida bo`lib, butun teri bo`ylab sochilib joylashgandir. Har 1 sm2 yuzasida 100 ga yaqin retseptorlar joylashgan.
Bola tug`ilganida og`riq chiqaruvchi qitiqlagichlar ta'sirini sezib, unga reaktsiya beradi. Birinchi yoshning oxiriga kelib og`riqni sezish ancha kuchayadi. Og`riqni sezish bilan organizmda bir qancha fiziologik o`zgarishlar ham bo`ladi. Masalan, yurak urish tezlashadi, qon bosimi ko`tarilida, qonda anderalin va shakar miqdori meyorida bir necha marta oshadi. Og`riq sezgisi lo`qillagan, lovullagan, teshib boruvchi, zirqirovchi bo`lishi mumkin. Bunday sezgilar organizmni xavf-xatardan saqlashda, unga qarshi kurashish uchun tayyorlashda muxim biologik ahamiyatga ega bo`ladi.
Teri sezgisi: og`riq, issiq, sovuq, tegish va bosim turlariga bo`linadi. Taktil' sezgisi tegish va bosim sezgilaridir. Taktil' retseptorlari barmoq uchlarida, kaftning ichki yuzasida, oyoq panjasi tagida, tilning uchida ko`proq joylashgan. Terida hammasi bo`lib 500.000 retseptorlar bor. Yangi tug`ilgan bolalarda taktil' sezgisi yaxshi rivojlangan. Ko`krak yoshidagi bolalarda og`iz, ko`z, lab, kaftning ichki yuzasi, oyoq tagi sezgirroq bo`ladi. Odamning 35-40 yoshida sezgirligi eng yuqori bo`lib, so`ng kamaya boradi. Teridagi temperatura o`zgarishlari ikki xil retseptorlar bilan qabul qilinadi. Terida sovuqni sezuvchi retseptorlarga nisbatan issiqni sezuvchi retseptorlar ko`proq joylashgan.

Yüklə 190,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin