Yosh fiziologiyasi va gigienasi fanining vazifasi, mazmuni, ahamiyati va tarixi



Yüklə 190,35 Kb.
səhifə51/57
tarix13.04.2023
ölçüsü190,35 Kb.
#97579
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   57
Yosh fiziologiyasi va gigienasi fanining vazifasi, mazmuni, aham

Uglevodlar almashinuvi. Uglevoddar organizmda asosiy energiya manbai bo`lib, hisoblanadi, 1 g uglevod parchalanganda 4,2 kkal energiya ajraladi, Bir sutkalik energiyaning 56% uglevodlar hisobiga hosil bo`ladi. Uglevodlar asosan o`simliklardan olinadigan ovqat maxsulotlarida ko`p bo`ladi (non, kartoshka, mevalar, qovun-tarvuz, shirinliklar). Uglevodlar normadan ortik iste`mol qilinsa, organizmda yog``ga aylanib semirishga olib keladi. Jismoniy mehnat, sport bilan shugullanuvchi odamlarda me`yoridan ortiq uglevodlar qabul qilinsa, uning parchalanib energiya hosil qilgan qismidan tashkari qolgan qismi glikogenga aylanadi. Glikogen parchalanganda energiya hosil bo`ladi.
Yog`lar almashinuvi. Yog`lar hujayralarda bo`lib, oqsillar singari plastik va energetik vazifani bajaradi. 1g yog` parchalanganda 9,3 kkal. energiya ajratadi. Yog`lar ikki xil bo`ladi: hayvon, o`simlik. hayvon yog`lariga dumba, charvi, capyog`, baliq yog`lari kiradi. O`simlik yorlariga zig`ir, paxta, kungaboqar, kunjut, makkajo`xori va zaytun moylari kiradi.
Kundalik ovqat tarkibida yog`lar yetishmasligi yuqumli kasalliklarga, tashqi muhitning noqulay ta`siri-sovuqqa odamning chidamliligi, aqliy va jismoniy ish bajarish qobiliyati pasayadi. Yog`larni ortikcha iste`mol qilish semirishga olib keladi.
Suv va mineral tuzlar almashinuvi. Odam organizmi uchun mineral tuz va suv ham zarur. Mineral tuzlarni odam asosan oziq-ovqat bilan oladi. Bir sutkada odam 10-12,5 g. osh tuzi iste`mol qiladi. Mineral tuzlar organizmdagi barcha funktsiyalarning bir xilda kechishini ta`minlaydi, asab tizimi faoliyati, qon ivishi, so`rilish, gaz ajralish, sekretsiya va ajratish jarayonlari uchun ham zarur. Organizm uchun kal’tsiy, fosfor, kaliy, natriy, marganets, kobal’t, mis, ruh, brom, yod, oltingugurt, temir va boshqa mikro va makroelementlar ham juda zarur. Agar biror mineral moddalar etishmasa turli xil kasalliklarga yo`zaga chiqadi. M-n. organizmda kal’tsiy etishmasa asab va mushak qo`zg`aluvchanligi kuchayadi, bu spazmofil kasalligiga olib keladi, yod yetishmasa qalqonsimon bezning faoliyati bo`zilib, bo`qoq, kasalligi paydo bo`ladi, natriy xlorid ko`payib ketsa, harorat ko`tariladi.

Suv odam organizmi barcha hujayra va to`qimalarining tarkibiy qismiga kiradi. Jumladan qonning 92%, miya to`qimasining 84%, tana mushaqlarining 70%, suyaqlarning 22%, suvdan iborat. Katta yoshdagi odamlarning tanasini 50- 60% suv tashkil qiladi, yoshlarda suv miqdori bundan ko`proq. bo`ladi. M-n. Chaqaloq tana massasining 80% ni suv tashkil etadi. Organizmdagi barcha kimyoviy protsesslar suv ishtirokida bo`ladi. Agar odam ovqat iste`mol qilmay, fakat meyorida suv iste`mol qilsa u 40-45 kungacha uning tana massasi 40% kamayguncha yashashi mumkin. Aksincha ovqat meyorida bo`lib, suv iste`mol qilinmasa, tana massasi 20-22% kamaysa, bir xaftaga etar-etmay odam halok bo`lishi mumkin. Odamning sutkalik suv balansi 2,2-2,8 l.



Yüklə 190,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin