ASAB TIZIMSINING FIZIOLOGIYASI VA UNING YOSH XUSUSIYATLARI Reja: 1. Asab tizimsining umumiy tuzilishi.
2. Asab tolasining xususiyatlari.
3. Asab markazlari haqida tushuncha va ularning fiziologik xususiyatlari.
4. Asab tizimi turli bo`limlarining tuzilishi.
5. Bosh miya katta yarim sharlari po`slog`ini tekshirish usullari.
6. SHartli va shartsiz reflekslar.
7. SHartli refleks turlari.
8. SHartli reflekslarning tormozlanishi., Asab tizimining funktsiyasi ikki qismga bo`lib o`rganiladi. Asab tizimsining birinchi funktsiyasi odam organizmining barcha, hujayra, to`qima, organlari va tizimlarining ishini boshqarish, tartibga solish, tashqi muhitdan, ichki organlardan keladigan axborotlarni qabul qilish va ularni markaziy asab tizimsiga etkazib berish, organizmdagi barcha organlarni bir-biri bilan bog`lash
va organizmning bir- butunligini ta`minlash, ichki sekretsiya bezlarida ishlab chiqariladigan turli gormonlarning qon orqali organizmga ko`rsatadigan ta`sirini, moddalar almashinuvini boshqarish, o`sish va rivojlanishga ta`sir etishdan iborat. I.P. Pavlov asab tizimining bu vazifasini uning quyi funktsiyasi deb atagan. Bu vazifani orqa va bosh miyaning quyi qismlari (uzunchoq, o`rta, oraliq. miya va miyachada joylashgan asab markazlari bajaradi.
Asab tizimining ikkinchi vazifasi shundan iboratki, u odamning tashqi muhit va atrofdagi boshqa odamlar bilan bog`lanishini, muomalasini tashqi muhit sharoitiga moslashuvini ta`minlaydi.
tashqi muhit ta`sirida, atrofdagilar bilan munosabati natijasida odamda paydo bo`lgan fikrlash, bayon etish, bilim olish, hunar o`rganish, xotira kabi yuksak insoniy xususiyatlar ham asab tizimining ana shu ikkinchi vazifasiga kiradi. I.P. Pavlov asab tizimining bu vazifasini oliy asab faoliyati deb atagan. Asab tizimining bu vazifasini uning yuqori qismida joylashgan (bosh miya yarim sharlari va uning po`stloq qismi) asab markazlari bajaradi.
Asab tizimi ikki qismdan iborat: markaziy va periferik asab tizimi. Markaziy asab tizimiga bosh va orqa, miya kiradi. Markaziy asab tizimining segmentar, ya`ni quyi qismiga orqa miya va bosh miyaning pastki qismlari, ya`ni uzunchoq miya, Varoliy ko`prigi, o`rta va oraliq miya hamda miyacha kiradi. Markaziy asab tizimining Yuqori, ya`ni segment o`st qismiga bosh miya yarim sharlari va ularning po`stloq qismi kiradi. Markaziy asab tizimida asab hujayralari (neyron tanalarining) markazlari bor. Periferik asab tizimiga orqa miyadan chiqadigan 31 juft sezuvchi, harakatlantiruvchi asab tolalari, bosh miyadan chiqadigan 12 juft asablar. Hamda umurtqa pog`onasi atrofida va ichki organlarda joylashgan asab tugunchalari kiradi. Asab tizimining periferii qismi asosan asablardan, ya`ni tolalar boglamidan iborat .
Bajaradigan vazifasiga ko`ra, asab tizimi ikki qismga bo`linadi: somatik va vegetativ asab tizimi. Somatik asab tizimi odam tanasining sezgi organlari, skelet mushaqlari ishini boshqaradi. Vegetativ asab tizimi ichki organlar (nafas olish, qon aylanish, ovqat hazm qilish, ayirish va oshqozon hamda ichki sekretsiya bezlari ishini boshqaradi .
Asab tizimini asab hujayralari va asab tolalari tashkil qiladi. Asab hujayralariga neyron deb ataladi. Neyronlar katta kichiqligi va shaqli jihatidan har xil bo`ladi. Har bir neyronning tanasida bir talay kalta, shoxlangan o`simtalar dendritlar va bitta shoxlanmagan uzun o`simta-akson bor. Asab hujayralarining tanalari va ularning dendritlari tuplanib, qo`l rang moddani hosil qiladi. Miyaning oq moddasi esa mielin pardasi bilan qoplangan asab tolalari (aksonlar) dan tashkil topgan bo`ladi. Neyronlar tashqi tomondan parda memberana bilan qoplangan. 5 Asab tolasining xususiyatlari.
Asab tolasining asosiy xususiyati qo`zg`aluvchanlik va o`tkazuvchanlikdan iborat. Qo`zg`aluvchanlik organizmning tashqi muhitdan ham, ichki muhitdan ham keladigan har xil ta`surotlarga javob bera olish qobiliyatidir. O`tkazuvchanlik ko`zrluvchanlikni O`tkaza olish xususiyatidir. Ta`surot berilgandan keyin asab tizimida fiziologik protsess ro`y beradi, bu hodisa qo`zg`alish deb ataladi. Bu qo`zg`alish asab bo`ylab O`tkaziladi. o`zgaruvchanlik barcha to`qimalarga xos xususiyatdir.
Tuqimani ko`zatish uchun ma`lum kuchdagi ta`sirlovchi bo`lishi kerak, shundagina to`qimada modda almashinuvi vujudga kelib, tirik organizm ta’surotga qo`zg`alish bilan javob beradi. Mushak to`qimasi qo`zg`alsa, kishi yurish bilan, bez to`qimasi qo`zg`alsa, sekret yoki shira ajralishi bilan javob beradi. To`qimaning qo`zg`aluvchi ta`sirlovchilari o`z xususiyatiga qarab fizikoviy, kimyoviy, elektrik, biologik va boshqa turlarga bo`linadi.
Ta`sirlovchi kelib chiqishiga, organ, to`qimaga ta`siriga ko`ra adekvat va noadekvat ta`sirlovchilarga bo`linadi. Muayyan to`qima, hujayra va organ uchun xos bo`lgan ta`sirlovchi adekvat ta`sirlovchi deb ataladi. M-n. ko`zning adekvat ta`sirlovchisi yorug`lik, mushakniki asab tolasidan keladigan impuls hisoblanadi. Muayyan to`qima, hujayra va organ uchun xos bo`lmagan ta`sirlovchilar noadekvat ta`sirlovchi deb ataladi. M-n. mushak to`qimasi asab tolasidan kelayotgan impulsdan tashqari, elektr toki, tuz, kislota ta`sirida ham qisqarishi mumkin. Bo`lar noadekvat ta`sirlovchilardir, markazlari haqida tushuncha va ularning fiziologik xususiyatlari.
Asab markazida ma`lum refleks amalga oshishida yoki biror vazifani bajarilishida bir guruh neyronlar ishtiroq etadi. Bir guruh neyronlarning funktsional birikmasi asab markazi deb ataladi.
Nutq. funktsiyasi lablar, xiqildoq, harakat mushaqlarining asab markazlari, uzunchoq miya, o`rta va bosh miya katta yarim sharlari po`slog`ida, so`zlar ma`nosi tushuniladigan asab markazi bosh miya katta yarim sharlarining chakka qismida joylashgan. Asab markazlari qo`zg`alish, tormozlanish, uyg`unlashuv transformatsiya, mayinlik, kislorod tanqisligiga chidamsizlik, dominanta va irradiatsaya xususiyatlarga ega. Asab hujayralari tashqi va ichki muhit omillari ta`sirida tinchlik holatidan aktiv holatga o`tish xususiyatiga ega.
Asab hujayralarining muhim xususiyatlaridan biri qo`zg`alishdir. Qo`zg`alish tufayli ta`sirga tezda javob reatsiyasi paydo bo`ladi. o`zgarish vaqtida tuqimada funktsional, fizik-kimyoviy hodisalar sodir bo`ladi. Asab tizimining har bir sohasi tashqaridan bo`lgan ta`sirga qo`zg`alish yoki tormozlanish bilan javob beradi. Asab tizimida qo`zg`alish jarayoni tormozlanish jarayoni bilan almashinib turadi, ya`ni qo`zg`alish tormozlanishga, tormozlanish esa qo`zg`alishga o`tib turadi. Qo`zg`alishning asab tizimi-markazlarida tarqalishi irradiatsiya deyiladi. Markaziy asab tizimida bir guruh neyronlar yoki ayrim asab markazlari qo`zg`alganda, ikkinchi asab markazlari tormozlangan holda bo`ladi. Bir guruh mushaqlarning asab markazi qo`zg`alib, shu mushaqlarni qisqartirsa, ayni vaqtda ikkinchi guruh mushaqlarning asab markazlari terrtzlanadi. Masalan, qo`l panjasini musht qilganda yelka oldining oldingi mushaqlari qisqaradi, ayni vaqtda yelka oldining orqa tomonidagi mushaqlar bo`shashadi, ya`ni bo`quvchi mushaqlarning asab markazlari qo`zg`alib, yozuvchi mushaqlarning asab markazlari tormozlanadi. Asab tizimidagi qo`zg`alish va tormozlanish jarayonlarining bu xildagi o`zaro ta`siri uyg`unlik deb ataladi. CHap oyoqni bukqanda o`ng oyoqning tizza bug`imi yoziladi va aksincha.
Asab markazlaridagi yana bir xususiyat dominanta xususiyati bo`lib, buni birinchi bo`lib 1923 yilda A.A. Uxtomskiy hisoblangan. Muayyan paytda asab markazlarida ustun to`rgan qo`zg`alish o`chog`ini A.A. Uxtomskiy dominanta deb atagan. Ustun to`rgan qo`zg`alish o`chog`i, boshqa markazlarga keluvchi qo`zg`alish to`lqinlarini o`ziga jalb qilib, shular hisobiga kuchaya oladi.
Bu paytda boshqa markazlarda tormozlanish protsessi boshlanadi. Dominantaning vujudgan kelishidagi muhim shartlardan biri asab hujayralarining O`ta qo`zg`aluvchanligidir. Dominanta uzoq muddat saqlanib turishi mumkin. Dominanta oliy asab faoliyatiga, odamning ruhiyatiga bog`liq bo`ladi. Dominanta printsipi diqqat aktivligining fiziologik asosidir. Shuning uchun dominanta pedagogika va psihologiyada juda katta ahamiyatga egadir. O`qituvchilar o`quvchilarga ta`lim-tarbiya berishda buni hisobga olishi kerak.Bola tyg`ilgandan keyin markaziy asab tizimi tashqi muhit ta`siri va xulq-atvor, nutq tufayli rivojlanib boradi. Yangi tugilgan va kichiq bog`cha yoshidagi bolalarning asab tizimida qo`zg`alish jarayoni tormozlanish jarayonidan ustun turadi. Harakat markazlari orqa va bosh miyada tez qo`zg`alish xususiyatiga ega, shu sababli bu yoshdagi bolalar ser, harakat va his-hayajonga to`la bo`ladi.
Bog`cha yoshidagi bolalarda qo`zg`alish markazlari tez almashinib turadi. Shuning uchun bu yoshdagi bolalarning harakati va diqqati beqaror bo`ladi va uzoq davom etmaydi. Bolalarning yoshi orta borar ekan, dominanta markazlarida vujudga kelgan qo`zg`alish barqaror bo`lib, uzoq vaqt qo`zg`alib turadi, hamda ta`sirlar yig`indisi ortib boradi. Yangi tug`ilgan bolada ovqatga dominanta paydo bo`ladi. Dominanta markazlari turg`un bo`lmaydi.