Uzunchoq miya orqa miyaning davomi bo`lib, uzunligi 3- 3,5 sm. o`znchoq miya va Varoliy ko`prigi reflektor va o`tkazish vazifasini amalga oshiradi. Uzunchoq miyada nafas olish, qon tomirlari devori harakatining asab markazi, o`sish, yutish, ter ajratish, so`lak ajratish, ko`z yoshi ajratish, qovoqlarni yumish, aksa urish, yo`talish asab markazlari bor. Homila 16-17 xaftalik bo`lganda uzunchoq miyada nafas olish asab markazi shaqllanadi. Yangi tug`ilgan bolada nafas, himoya reflekslari (aksa urish, yo`tal va boshqalar rivojlangan bo`ladi. Unda surish, yutish kabi ovqatlanishga bo`lgan shartsiz reflekslar yaxshigina rivojlanadi.
Miyacha ikkita yarim shardan iborat bo`lib, mushaqlarning uyg`un qisqarishida va harakatlarida, bir gruppa mushaqlarning tegishlicha tarang turishini saqlashda ishtiroq etadi. Miyachaning faoliyati izdan chiqsa odam uyg`un harakat qila olmay qoladi. Yangi tug`ilgan bola miyachasining vazni 20,5- 23 g bo`ladi.
O`rta miya 4 tepalik plastinkasi va miya oyoqchalaridan tashkil topgan. Bundan tashqari ko`z soqqasini harakatga keltiruvchi 4 juft g`altaksimon asabning yadrolari bor. O`rta miya yadrolari faoliyatiga ko`ra sezuvchi va harakat yadrolariga bo`linadi. Harakat yadrolari organizmda mushaqlar tonusiga bevosita ta`sir etadi. Sezuvchi yadrolar eshitish va ko`rishda ishtiroq etadi. O`rta miyasi shikastlangan odamda mushaqlar tonusi saqlanib qolgani holda to`g`rilovchi reflekslar buziladi.
Chunki bosh miya mushaqlar tonusini boshqarib turadi.
O`rta miya ishtiroqida hosil bo`ladigan reflekslar ona kornida homilada shaillana boshlaydi. Yangi tug`ilgan bolada ko`z qorachig`i refleksi yaxshi rivojlangan bo`ladi. Bolaning yoshi ortishi bilan tanani makonda tutib turish refleksi ham yaxshi rivojlanib boradi. Yangi tug`ilgan bolada o`rta miyaning vazni 2,5 g .
Oraliq miya o`rta miyaning yuqorisida joylashgan. Oraliq, miyaga ko`rish bo`rtiklari, bo`rtiq qismi va tizzasimon tana kiradi. Bo`rtiq osti qismi funktsional jihatdan oqsil, yog``, tuz va suv almashinuvi boshqarilishiga bog`liq. U yerdagi asab markazlari ter ajralishi, issiklikni boshqarish va uglevodlar almashinuviga ta`sir etadi. Yangi tug`ilgan bolada ta`m bilish, hid bilish, harorat va og`riq. ta’surotlariga, achchiq, nordon, sho`r, shirinlikka reaktsiyalar vujudga keladi. Qurish bo`rtiklari shikastlanganda, ko`z butunlay yoki qisman ko`rmaydi, bosh og`riydi, falajlik sodir bo`ladi uyqu buziladi.