Yosh fiziologiyasi va gigienasi fanining vazifasi, mazmuni, ahamiyati va tarixi



Yüklə 489,2 Kb.
səhifə21/57
tarix25.12.2023
ölçüsü489,2 Kb.
#196249
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   57
Uyqu fiziologiyasi va uning fazalari

Vegetativ asab tizimsi.
Vegetativ asab tizimi ichki organlar, qon tomirlari, yurak mushaki, terining silliqmushaqlari va bezlarni asab bilan ta`minlaydi. Bu asab tizimi simpatik va parasimpatik qismlarga bo`linadi. Simpatik va parasimpatik asab tizimi organlar faoliyatiga qarama-qarshi ta`sir ko`rsatadi. Masalan, simpatik asab tizimi ta`sirlanganda yurakning qisqarishlari soni va kuchi ortadi, qon tomirlari torayadi, me`da-ichak yo`lining harakat funktsiyalari susayadi, ko`z krrachigi kengayadi, moddalar almashinuvi tezlashadi. Parasimpatik asab tizimi ta`sirlanganda esa yurakning faoliyati susayadi, ba`zi qon tomirlari kengayadi, me`da-ichak yo`lining harakat funktsiyalari ortadi, ko`z krrachigi torayadi.

Vegetativ asab tizimi ishini bosh miyaning turli sohalari va bosh miya katta yarim sharlari po`slog`i boshk,aradi. Vegetativ asab tizimi ishining rivojlanishi harakatlarning rivojlanishiga bog`liq, chunki skelet mushaqlarining qisqarishi reflektor ravishda yurak faollashiga, ovqat hazm qilishiga, nafas olishga, siydik ajralishiga, qon bosimi ortishiga sabab bo`ladi. Favqulodda sharoitda vegetativ asab tizimi tashqi ta`sirlarga javob berib, ayniqsa turli emotsional reaktsiyalarda qon aylanishi, nafas olish, hazm qilish, ayirish, ichki sekretsiya organlarining funktsional holatini o`zgartirish xususiyatiga ega, Vegetativ asab tizimining organizm ichki muhiti turg`unligini saqlashdagi ro`li juda muhimdir. Simpatik asab tizimi markazlari orqa miyaning ko`krak va bel bo`limlarida, parasimpatik asab tizimining markazlari o`rta miyada, bosh miyaning uzunchoq bo`limlarida va orqa miyaning dumg`aza bo`limida bo`ladi.


Limb tizimi zimmasiga gipoqamp, bel pushtasi, gipotalamusning kapillyar tanasi, to`sini, bodomsimon yadrolar kiradi. Limb tizimining bajaradigan vazifasi juda murakkab va turli-tumandir. U odamning tashqi muhit o`zgarishlariga moslashuvini ta`minlashda, xulq-atvor, his-hayajon, xotiraning shaqillanishida, ovqat yeyish, suyuqlik ichish, avlodni davom ettirish, o`z-o`zini himoya qilish singari hayotiy muhim extiyojlarni qondirishga xos mayl-istaqlar shaqllanadi. Limb tizimi o`qitish jarayonida bevosita ishtiroq etadi, chunki u idroq qilishni, xotira va diqqatni ta`minlaydi.

Retikulyar formatsiya va uning ahamiyati. Retikulyar formatsiya yirik asab hujayralari chigali va turidan iborat bo`lib, juda ko`p sinapslarga ega. Retikulyar formatsiya hujayralari orqa miya Bo`yin qismining qon va orqa shoxlari orasidan boshlanib, uzunchoq miya va Varoliy ko`prigida ko`payadi. Retikulyar formatsiya uxlash, uyg`onish va boshqa his-hayajonli jarayonlarda ishtiroq etadi. Unda nafas olish, yurak urishi, ovqat hazm qilish, yo`tal, aksa urish, vestibulyar va eshitish asab markazlari bo`lib, butun ichki organlar ishini boshqaradi.



Yüklə 489,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin