Vaqtga, aloqador shartli reflekslar. Muayyan oraliqda ham shartli ta`sir paydo bo`lib qolishi mumkin. Bolani har 3 — 4 soatda ovqatlantirib turilsa, bir necha marta ovqatlanganidan so`ng unda shu vaqtda ovqatlanish shartli refleksi paydo bo`ladi, Kun tartibi xo`susida ham shuni aytish mumkin. Dars tugashiga 1—2 minut qolganda bolalarning diqqati bor oz susayadi. Bo`nga vaqtga aloqador shartli refleks sababchidir. Maktab yoshidagi bolalarda ularning ma`lum vaqtda uxlashi, uyg`onishi, dars tayyorlashi, ovqatlanishi kabi vaqtga aloqador shartli reflekslarni qurish mumkin.
Iz qoldiruvchi shartli reflekslar. Iz qoldiruvchi shartli reflekslar shartli ta`sirlovchilardan so`ng miya yarim sharlari po`slog`i hujayralarida qolgan iz hisobiga vujudga keladi. O`quvchiga ma`lum vazifa topshirilganda u bu vazifani o`z vaqtida olib kelib topshirishi mazko`r refleksga misol bo`la oladi.
Shartli reflekslarning tormozlanishi. Tormozlanish ikki xil: tashqi, ya`ni shartsiz tormozlanish va ichki, ya`ni shartli tormozlanish bo`ladi.
Tashqi tormozlanish. Shartli refleks hosil bo`layotgan davrda tashqi muhit sharoitining birdan o`zgarishi miya po`slog`ida yangi qo`zg`alish uchogini hosil qiladi va shartli refleks markazini tormozlaydi. Bunday tashqi ta`sirlovchilarga turli tovushlar, xonadagi yorug`lik, shamol va boshqalar kiradi. Tashqi tormozlanishni hosil qiladigan ta`sirlovchilar shartsiz ta`sirlovchi deb nomlanadi. Masalan dars vaqtida ko`chadan avtomobil ovozi eshitilganda o`quvchilarning diqqati chalgidi. Miya po`slog`ida ikqilamchi qo`zg`alish markazi vujudga kelmasa ham tormozlanish paydo bo`lishi mumkin.
Shartli tormozlanish. Shartli ya`ni ichki tormozlanish markaziy asab tizimsining yuqori bo`limlariga xos bo`lib, shartli ta`sirlovchi shartsiz ta`sirlovchi bilan mustahkamlanmaganda, ikkita qo`zg`alish o`chog`i vaqtining bir-biriga zid kelishi natijasida hosil bo`ladi. Shartli tormozlanish hayot davomida asta-sekin paydo bo`ladi. Shartli tormozlanish so`nuvchi, qiyosiy va kechiquvchi turlarga bo`linadi.
So`nuvchi tormozlanish. Agar odam egallagan bilim, hunar, kasbini uzoq, vaqt davomida takrorlab turmasa, uning esidan chiqadi, hosil bo`lgan shartli refleks so`nadi, ya`ni bu refleksning miyadagi markazida ichki sunuvchi tormozlanish holati yo`zaga keladi. Natijada odamning o`rgangan bilimi, xunari esidan chiqadi.
Ammo bu bog`lanish yo`qolsa ham ma`lum vaqtgacha uning izi qoladi. Shuning uchun odam unutgan narsalarini takrorlasa u tez esiga keladi. Odamning kundalik hayotida so`nuvchi tormozlanish muhim ahamiyatga ega. Sunuvchi shartli refleks qaytadan tiklanishi mumkin, Bu asab tizimsining tipiga, so`nish darajasiga, bolaning yoshiga boq`liq bo`ladi.