Eniurez kasalligi tug`ma yoki hayotda orttirilgan bo`lishi mumkin. Hayotda ortirilganlariga sabab ko`pincha buyrakni, kovuqni va siydik yo`llarini shamollashi bilan bog`lik bo`ladi. Shuning uchun bolani yurgaqlaganda, belaganda tagini xo`l bo`lib qolmaslik extiyot choralarini ko`rish zarur.
Teri-odam tanasini tashqaridan qoplagan a`zo bo`lib, u organizmni himoya qiladi va turli fiziologik faoliyatlani bajaradi.
Terining satxi odamning yoshi, jinsi qarab 1,5-2,0 m2 chamasida o`rta hisobda – 1,73 m2 bo`ladi. Epidermie, derma va teri osti, yog` qatlamlaridan iborat. Teri qon, limfa tomirlari va asab uchlariga boy. Organizmning ba`zi a`zo va tizimlari bilan aloqador. Teri himoya, sezuvchi, nafas, so`rish, tana haroratini idora etish, almashinish, qonning qayta taqsimlanishi jarayonlarida ishtirok etadi.
Terining himoya faoliyati xilma-xil bo`lib, u mo`staxkam biriktiruvchi to`qimadan iborat bo`lib, organizmni mexanik ta`sirlardan saqlaydi. Teri infraqizil, ul’trabinafsha va ma`lum miqdorda radiaktiv nurlarni o`tkazmaydi. Kimyoviy moddalar uchun ham ishonchli to`siqdir. Shikastlanmagan teri orqali mikroblar o`ta olmaydi. Teri yo`zasida lizotsim, oleyn kislota va boshqa bakteritsid moddalar bo`lib, unga to`shgan mikroblar 15-30 daqiqada o`ladi.
Terida organizmni tashqi muhit bilan bog`lovchi bir necha xil teri sezgilari bir biridan farqlanadi. Og`riqni sezish retseptorlarini, mexanik, termik, elektrik, kimyoviy ta`sirlanishi natijasida yo`zaga chiqadi. Haroratni sezish issiq va sovuqni sezuvchi retseptorlarning ko`zgalishiga bog`lik. Odamning terisi orqali bir kechayu kundo`zda 7,0-9,0 g. SO2 ajratilib, 3,0-4,0 g. kislorod o`zlashtiriladi. Bu miqdor gaz almashinuvini 2% teng bo`ladi. Ter orqali olinadigan nafas issiq, haroratda, ovqat yeyilgandan keyin, jismoniy ish vaqtida va boshqa sharoitlarda jadallashadi. Teri moddalar almashinuvida ancha keng ishtirok etadi. Gazlar almashinuvidan tashqari oqsillar, yorlar, uglevodlar, vitaminlar almashinuvida muhim rol’ o`ynaydi. Teri boshqa a`zolarga nisbatan ko`p mikdorda suv yig`adi va qonga ajratadi, teri orqali yuqotiladigan suv nafas bilan chiqariladigan suv miqdoridan ikki barobar ko`p. Tuzlar muvozanatida ham terini axamiyati katta.
Ter bezlari mahsuloti bo`lmish, ter modda almashinuvi qoldiqlarini chiqarib tashlashda ma`lum axamiyatga ega. Ter ta`mi sho`r bo`lgan rangsiz tiniq suyuqlik. Xona haroratida katta yoshli odam bir kunda 400-600 ml. ter ajratadi. Tarkibida: 99 % suv, siydikchil moddalar, siydik kislotasi, amiak va boshqa moddalar bo`ladi.
Teri asosan 2 qavatdan: o`stki yo`za qavati epidermis va cho`qur qavat yoki asl qavat (cho`qur qavat) dan tashkil etadi. Hamma yoshdagi bolalarda teri usti pardasi yoki epidermis katta yoshdagi odamlardagiga qaraganda yupkaroq bo`ladi, bir-biri bilan bo`shrok bog`langan. Ko`pi bilan 2-3 qavat hujayrasi bor. Bu hujayralar o`lib, kuchib to`shib turadi. Ularning o`rniga bir muncha chuqurroqda joylashgan qavatlardan, bir muncha baquvvatroq hujayralar paydo bo`ladi. Teri usti pardasining chuqur qatlamida pigment hujayralari qavati bo`ladi.
Asl teri bilan ter usti pardasi o`rtasida asosiy membrana joylashgan. Bu membran bolalarda juda yumshoq va yaxshi rivojlanmagan bo`ladi.
Asl teri bir talay elastik va yelim beruvchi tolalardan iborat biriktiruvchi to`qimadan tashkil topgan. Unda oziqlanish va almashinish jarayonlarining ta`minlab turadigan qalin qon tomirlar turi bor. Ayniqsa bolalar kapilyar turi ayniqsa yaxshi rivojlangan, bu terining qon bilan yaxshi ta`minlanishiga, qon tomirlarning qon bilan to`lishib turishiga imkon yaratadi va bola terisiga po`shti rang berib turadi.
Asl teri teri osti klechatkasi qavatiga aylanadi, teri osti klechatkasi biriktiruvchi to`qima tolalari dastalaridan iborat bo`lib, ularning orasi yog`li hujayralar bilan to`lib turadi. Teri osti klechatkasi organizmning ortiqcha issiqlik yuqotishi va mexanik shikastlardan saqlaydi. Yog` klechatkasi zapas oziqa xom ashyosi hisoblanadi. Shu klechatkada va qisman asl terida ter bezlari va jun ildizlari joylashgan.