Yosh fiziologiyasi va gigienasi fanining vazifasi, mazmuni, ahamiyati va tarixi



Yüklə 489,2 Kb.
səhifə56/57
tarix25.12.2023
ölçüsü489,2 Kb.
#196249
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
Uyqu fiziologiyasi va uning fazalari

Teri kasalliklari. Qo`tir-teri kasalligi bo`lib, uni qo`tir kanallari paydo qiladi. Qana teriga kirib, o`ziga yo`l ochadi va badanni haddan tashqari qattiq qichishtiradi, qichinish issiq paytda va kechasi kuchayadi. Teri qishinish jarayonida tirnalib, o`sha joylarida ba`zan ekzema, yiringli toshmalar, chinqonlar paydo bo`ladi. Odamga ko`tir kasalligi hayvonlardan, kishilarga yakin bo`lganda yoki o`sha kishilarning buyumlaridan yuqadi.
Kal va temuratki zamburug`lar qo`zg`atadigan kasallik bo`lib, teri va sochlarni, gohida tirnoklarni shikastlantiradi. Bu kasalliklar juda yuqumli bo`lib, uzoq vakqtacha davolanishni talab etadi. Kal va temiratka kasalligini qo`zg`atuvchilari kasal uy hayvonlari, mo`sho`q, it, quyon va boshqa hayvonlarni junida bo`ladi. Kasallar darhol kasalxonaga yotqiziladi.
Teri va soch kasalliklar oldini olish badan terisi, ichki va tashqi kiyimni ozoda saqlashga doir gigiena chora-tadbirlariga amal qilinishi talab qilinadi.
EPIDERMOFITIYA - epidermisning shox qavatida parazitlik qilib yashaydigan va junga ta`sir qilmaydigan har xil turdagi zamburug`lar keltirib chiqaradi. Bu kasallik oyog`` gumbozlari, barmoqaro burmalar, chov burmalari terisi va boshqa joylar terisi shikastlanadi. Kasallik qichishi bilan davom etadi. Terlash kuchayib shox qavati uvalanib turadi. Shuning natijasida kasallik qo`zg`atuvchilarning chuqurrok kirishi va ko`payishiga qulay sharoit turiladi.
Badanning qichishib turadigan joylarida suv bilan to`lib, bir-biriga qo`shilib ketishiga moyil bo`ladigan yaltiroq pufakchalar yo`zaga keladi. Ular yorilib, bezillab turadigan katta-katta eroziya qoldiradi.
Kasallik surunkasiga davom etadi va davo hamisha ham kor qilavermaydi. Avvaliga qichishish va og`riq bartaraf qilinadi, so`ngra esa parazit yuqotiladi.
Kasallikni oldini olish shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilishdan iboratdir.
ORGANIZMNI CHINIQTIRISHDA-tabiat inomlari havo, quyosh nuri va suv singari omillaridan keng foydalaniladi.
Chiniqtirish natijasida markaziy asab tizimsida teri tomirlari yo`lini o`zgartirishi va shu tariqa issiqlik ajralishini susaytirish yoki kuchaytirish kobilyati paydo bo`ladi. O`zgartirib turadigan tashqi sharoitlarga javoban teri tomirlarining shu tariqa reaktsiya ko`rsatishi chiniqqan odamlarning chiniqmagan odamlardan ajratib turadi. Chiniqqan odamlar sovuq va issiqqa yaxshiroq chidaydi va shamollashdan bo`ladigan kasalliklarga bardoshli bo`ladi.

Yüklə 489,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin