Yosh fiziologiyasi va gigienasi fanining vazifasi, mazmuni, ahamiyati va tarixi



Yüklə 489,2 Kb.
səhifə52/57
tarix25.12.2023
ölçüsü489,2 Kb.
#196249
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
Uyqu fiziologiyasi va uning fazalari

Vitaminlar. Vitaminlar ham yog`lar, oqsillar, uglevodlar, mineral tuzlar, suv kabi organizm uchun zarur bo`lgan ozika moddalardan hisoblanadi. Rus olimi N.I. Lunin (18531938} 1880 yilda organizm uchun zarur bo`lgan moddalardan biri vitaminlar eqanini birinchi bo`lib isbotladi. 1912 yilda K. Funk tomonidan vitaminlar deb nomlandi (vita-hayot degan ma`noni anglatadi. Vitaminlarning 40 dan ortiq turi bo`lib, ular organizmning o`sishiga, modda almashinuviga, immun holatiga, yurak-qon tomir, asab tizimining ish faoliyatiga ta`sir ko`rsatadi. Agar biror vitamin organizmga mutlaqo kirmasa avitaminoz, etishmasa gipovitaminoz, meyoridan ortib ketsa gipervitaminoz deyiladi. Har bir vitamin turli xil vazifani bajaradi.
A vitamin o`sish vitamini deyiladi. U organizmning o`sish va rivojlanishida, teri o`stki qavati holatini normal saqlashda, ko`z o`tkirligini yaxshi bo`lishini ta`minlashda muhim ahamiyatga ega. Bu vitamin etishmaganda teri ko`ruqlashib, yorilib, nafas yo`llari va oshqozon ichak qavatining yallig`lanishi kasalliklari yo`zaga keladi. Vitamin D balik yog`ida, sariyog`da tuxum saririda, jigarda, sabzi, qizil qalampir, o`rik tarkibida ko`p bo`ladi. V gruppa vitaminlarga V1 (tiamin), V2 (riboflavin), Vb, V12, V15, RR (nikotin kislota) kiradi. Bu vitaminlar asab tizimsining faoliyati, qon yaratilishi uchun zarur. Ular guruchda, loviya, no`xat, yongokda, pivo achitqisida, jigarda, tuxum sarig`ida bo`ladi. S vitamin (askorbin kislota) moddalar almashinuvida muhim rol’ uynaydi.

Bu vitamin etishmaganda tsinga kasalligi paydo bo`ladi. Bolaning mulki, og`zi yaralanadi, tishlari to`shib ketadi. Bu vitamin qaram, petrushka, pomidor, ko`k piyoz, na`matak, apelsin, limon, olmada ko`p bo`ladi.


D vitamin organizmda kal’tsiy va fosfor almashinuvi normal o`tishida ishtirok etadi. Ayniksa u ikki-uch yoshgacha bo`lgan bolalar suyagining normal shaqllanishi, o`sishi va rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Bu vitamin yetishmasligi natijasida yosh bolalarda raxit kasalligi yo`zaga keladi. Bu vitamin baliq yog`ida, tuxum sarig`ida, sut va sut mahsulotlarida ko`p bo`ladi. U quyoshning ul’trabinafsha nurlari ta`sirida bola terisida tabiiy ravishda hosil bo`ladi.
Demak vitaminlar bola organizmidagi barcha hayotiy muhim fiziologik jarayonlarning normal o`tishida, o`sish va rivojlanishda muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun bolaning kundalik ovqatida vitaminlarga boy mahsulotlar bo`lishi kerak. Bu mahsulotlar bo`lmagan vaqtda dorixonada tayyor holda sotiladigan vitamin tabletkalaridan kuniga 1,2 dona iste`mol qilishi kerak.

Yüklə 489,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin