ko`krak qafasi skeleti Ko`krak qafasi 12 juft qovirg`alar va to`sh suyagining birikishidan hosil bo`ladi. Ko`krak qafasining shaqli 2 xil: uzun ensiz va qisqa keng. Ko`krak qafasining asosiy shaqllari qono`ssimon, tsilindirsimon va yassi bo`lishi mumkin. Ko`krak qafasining shaqli bolaning yoshi ortishi bilan o`zgarib turadi. Bolaning bir yoshida ko`krak qafasi qono`s shaqlida bo`ladi.
Bolaning 12-13 yoshlarida uning shaqli kapa odamnikiga o`xshash bo`ladi. Ko`krak qafasining jinsiy farqi 15 yoshdan boshlanadi. Nafas olganda o`g`il bolalarda ko`krak qafasidagi pastki qovirg`alar qiz bolalarda esa yuqorigi qovirg`alar ko`tariladi. Ko`krak qafasining aylanasida ham jinsiy farq seziladi. 3 yoshdan 10 yoshgacha ko`krak qafasining aylanasi 1 yilda 1-2 sm., jinsiy voyaga etish davrida esa 11 yoshdan boshlab, 2-5 sm. ga ortadi. Jinsiy voyaga yetish davrida yoz va ko`z oylarida ko`krak qafasining aylanasi tez o`sadi. Uning rivojlanishi skelet mushaqlariga ham bog`liq. So`zish, qayiq haydash yaxshi ta`sir ko`rsatadi. Bolani partaga noto`g`ri o`tkazish, partaga ko`kragini tirab o`tirish natijasida ko`krak qafasi deformatsiyalanadi. Bundan tashqari turli raxit, o`pka shamollashi ham uning rivojlanishiga salbiy ta`sir ko`rsatadi.
qo`l skeleti. Qo`l skeleti yelka kamarining suyaqlari: kurak va o`mrov, bilak, tirsak, pancha suyaqlaridan iborat. Yelka suyagi 20-25 yoshda, bilak suyagi 21-25 yoshda, tirsak suyagi 21-24 yoshda, kaft usti suyaqlari 10-13 yoshda, kaft suyaqlari 12 yoshda, barmoq; falanga suyaqlari 9-11 yoshda suyaqlanadi. U narsa ta`lim-tarbiya, mehnat, jismoniy tarbiya, rasm solish va yozishda e`tiborga olinishi kerak.
oyoq skeleti. Oyoq skeletiga chanoq kamarining suyaqlari va son suyagi, boldir suyaqlari va pancha suyaqlari kiradi. Chanoq suyaqlarining suyaqlanishi jismoniy tarbiya va mehnatda e`tiborga olinishi kerak. Chanoq suyaqlari notog`ri birikishi uzoq muddat notog`ri o`tirish, tik yurish, og`ir yo`q ko`tarish, ovqatlanishning etarli bo`lmasligi natijasida vujudga keladi. Son va katta, kichiq boldir suyaqlari 20-24 yoshda kaft oldi suyaqlari 17-21 yoshda, oyoq pancha falangalari 15-21 yoshda to`liq suyaqlanadi. Oyoq panjasi uzoq muddat tik turish, tor oyoq kiyim kiyishganda oyoq panjasi tekislanadi va tekis pancha kasali vujudga keladi.
mushak tizimsi Skeletning harakat funksiyasi mushaqlar qisqarishi tufayli vujudga keladi. Odam organizmida 600 yaqin mushaqlar bor. Skelet mushaqlarining qisqarishi odamning ixtiyoriga bog`liq.
Skelet mushaqlari qisqarganda mushaqlardagi retseptorlardan markazga intiluvchi impulslar markaziy asab tizimsiga keladi. Natijada skelet mushaqlarining koordinatiyalashgan harakati vujudga keladi. Organizmdagi barcha mushaqlar ikki turga: silliqva ko`ndalang targil mushaqlarga bo`linadi.