Yosh fiziologiyasi va gigienasi fanining vazifasi, mazmuni, ahamiyati va tarixi


tayanch harakat apparatining gigienasi



Yüklə 489,2 Kb.
səhifə9/57
tarix25.12.2023
ölçüsü489,2 Kb.
#196249
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   57
Uyqu fiziologiyasi va uning fazalari

tayanch harakat apparatining gigienasi.
Bolalarning o`quv va mehnat faoliyatini tashkil etishda o`quv va mehnat sharoitlarining gigienaga to`g`ri kelmasligi, sinf jihozlarining maqsadga muvofiq bo`lmasligi, portfelini doim bir qo`lda olib yurishi, uydagi turmo`shni uyo`shtirishda ish o`rnining gigienik jixatdan to`g`ri kelmasligi, o`rin-qrupaning haddan tashqari yumshoq va notekis bo`lishi umurtqa pog`onasining rivojlanish xususiyatlariga etarlicha baho bermaslik tayanch-harakat apparatining noto`g`ri o`sib-rivojlanishiga olib keladi. Tayanch-harakat apparatining gigienik qonunlarga rioya qilmasliq umurtqa pog`onasining rivojlanishiga, ya`ni qad-qomatning bo`zilishiga olib keladi. Bo`larga egilgan, kifotik, lordotik, sqoliotik qad-qomat deyiladi.
Egilgan qad-qomat bolalar tik turganda boshi bir oz oldinga egilgan, elkalari oldinga osilgan, ko`krak qafasi botiqroq, qorni oldinga chiqqan bo`ladi.
Kifotik qad-qomatli bolalarda kuraqlar qanotga o`xshash ko`tarilib turadi. Bo`qir holat yo`zaga keladi.
Lordotik qad-qomatli kishilarda gavdasining orqa qismi tekis, ko`krak qafasi yassi, qorni oldinga chiqqan bo`ladi, umurtqa pog`onasining bel qismi normadan ko`proq oldinga buqilishi ko`zatiladi.
Skolioz deb ataluvchi qad-qomatli bolalarda tik turganda elkalarining biri past, biri baland, ko`kraqlari ham past, baland bo`lib, ko`krak qafasining bir tomoni bo`rtganroq, ikkinchi tomoni botiqroq holatda bo`ladi. Qad-qomatning buzilishi faqat tashqi ko`rinishni emas, balki ichki organlar (o`pka, yurak, jigar, buyrak, oshqozon va ichak kabilar) ning rivojlanishi va funktsiyasiga ham salbiy ta`sir ko`rsatadi.
Bolalarda umurtqa pog`onasining normal shaqllanishi uchun quyidagi gigienik qoidalarga amal qilish kerak; bolani yoshlikdan tekis va bir oz qattiqroq to`shakda uxlashga o`rgatish, yostiq pastroq bo`lishi kerak; bolani 6 oylik bo`lguncha o`tkazmaslik,
10 oylik bo`lguncha oyog``ida uzoq vaqt tik turg`azmaslik kerak; kichiq yoshdagi bolalar, boshlang`ich sinf o`quvchilari uzoq vaqt bir joyda o`tirmasligi, tik turmasligi, uzoq masofaga yurmasligi, og`ir yo`q ko`tarmasligi, doim bir qo`lda ish bajarmasligi kerak; O`quvchilar bo`ylariga mos parta, stol-stullarda o`tirishi kerak, parta, stol-stulda o`tirganda gavdasi tik, yelkalari bir tekisda, beli stul yoki parta suyanchig`iga suyanib turishi, oyoqlari tizza bug`imida to`g`ri burchak hosil qilib, bo`qilgan, ko`krak bilan parta qirrasi orasida 3-5 sm. ga yaqin masofa bo`lishi kerak.
Yassi oyoqlik. Odam tovon kaftining pastki qismi tayanch-harakat tizimsining ressori vazifasini bajaradi. Bolalar uzoq vaqt tik turganda, Og`ir yo`q ko`targanda, tor poyafzal kiyganda oyoq panjasi gumbazi yassilanadi, natijada yassioyoqlik kelib chiqadi. Yassi oyoqlik natijasida oyog``ining tovon- panja va boldir mushaqlarida og`riq bo`ladi. Yassi oyoqlik tug`ma va hayotda orttirilgan bo`ladi. Yassi oyoqlikning tug`ilgandan keyin yo`zaga kelishi sabablari quyidagilardan iborat: bolani juda yoshligidan (8-10 oyligidan) boshlab yurg`izish, uzoq vaqt tik turg`izish, yosh bolaga poshnasi yumshok poyabzal kiygizish, o`quvchilarning kun bo`yi poshnasiz sport poyabzalida yurishi, poshnasi baland, uchi tor poyabzallarni kiyish, og`ir yo`q kutarish. Ana shularni hisobga olib, yassioyoqlikni oldini olishga e`tibor berish kerak.

Yüklə 489,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin