Nafas olish gigienasi deganda, to`g`ri nafas olishni ta`minlash tushuniladi. Nafas jarayonida atmosfera havosi burun bo`shlig`iga kirib isiydi, namlanadi, ancha changdan tozalanadi. Burun bo`shlig`ida to`qchalarning bo`lishi bunga yordam beradi. Demak burun bilan nafas olish gigienik jihatdan maqsadga muvofiq hisoblanadi. Og`iz bilan nafas olganda kalla suyagining yo`z qismi va ko`krak qafasi rivojlanishida kamchiliklar yo`z beradi. Tez-tez shamollash xalqum va traxeyaning shilliq qavatining yallig`lanishiga olib keladi. Ammo gapirganda, ashula aytilganda og`iz bilan nafas olishga majbur bo`linadi. Shuning uchun ashula darslari o`tkaziladigan xonalar ozoda, havosi esa iliq bo`lishi kerak.
Bolalarga to`g`ri nafas olishni o`rgatish fizkul’tura mashqlari o`tkazish vaqtida pedagoglar bajaradigan ishlardan biridir. Ular yurish, yugurish va boshqa turdagi faoliyat vaqtida, shuningdek, o`tirganda to`g`ri nafas olishni bolalarga o`rgatish kerak.
Bizni ko`rshab turgan havoning tarkibi normal sharoitda ancha doimiy bo`ladi. Kislorod 20,94%, karbonat angidrid gazi 0,03% va azot 79,03% bo`ladi.
O`quvchilarni toza havo bilan ta`minlash uchun sinflarda har bir o`quvchiga 16 m3 dan to 20 m3 gacha, sanitariya normalariga muvofiq esa 4,5 m3 dan 5 m3 gacha ega bo`lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |