SUV BILAN CHINIQTIRISH. Suv bilan chiniqtirish eng kuchli vositadir. Suvning issiqlik o`tkazuvchanligi va issiqlik sig`imi havoga qaraganda 23 baravar ortiqdir. Shu munosabat bilan suvning organizmda moddalar almashinuviga ta`siri chuqur o`zgarishlarga olib keladi. Suv bilan chiniqtirish past temperatura ta`siriga o`rgatish demakdir.
Chiniqtirish uchun dastavval maxalliy muolajalar, sovuq, suv bilan yo`z yuvish, oyoqni suvga solib ugirish (oyoq vannalari) oyoq, panjalarini chayish, badanni xo`l latta bilan ishqalab artish, boshdan suv kuyish, do`shda cho`milish xam qo`llaniladi.
Yuvinish iliqroq suv bilan boshlanadi, keyin esa suv temperaturasi uy temperaturasigacha pasaytiriladi. Kichiq sinf o`quvchilari uchun suv temperaturasi ni 15-16 °S gacha pasaytirish mumkin. Oyoqni suv vannasi qilishda, dastlab suv temperaturasi 34-35-36 °S bo`lishi, ikki kun o`tgandan keyin temperatura 24-20 °S tushgunicha har kuni 1° ga pasaytirib boriladi. Suv bilan chiniqtirishning eng kuchli usuli ochiq suv havzalari: daryo, dengiz yoki ko`llarda cho`milishdir.
Dostları ilə paylaş: |