2.2. Jinsiy hujayralar. Ularning tuzilish va rivojlanish xususiyatlari.
Jinsiy hujayralarning tuzilish xususiyatlari. Odam tanasidagi boshqa hujayralardan farqli ravishda jinsiy hujayralar yagona (yakka-yakka holda) yoki gaploidli ya’ni ikki marta kichraygan xromosomalar yig’indisini (23) saqlaydi. Jinsiy hujayralardan tashqari tananing barcha hujayralari autosomalar deb ataladi. Bu autosomalar jinsiy belgilarini aniqlab beradilar. Jinsiy belgilar esa jinsiy xromosomalarga bog’liqdir. ( X va U-xromosomalar-erkaklik jinsiy hujayralar, X va X-xromosomalar ayollik jinsiy hujayralar).
Odam organizmi urug’langan tuxumdan rivojlanadi, qaysiki ikkita jinsiy hujayrlarning: erkaklik-spermatazoidlar va ayollik –tuxum hujayrasining qo’shilishidan hosil bo’ladi. Jinsiy hujayralar jinsiy bezlarda hosil bo’ladi (rasm -9).
Bola qaysi jinsga mansub bo’lsa, o’sha jinsga xos bo’lgan ichki va tashqi jinsiy organlar bilan tug’iladi.
6-rasm. Ayollar (yuqorida) va erkaklar (pastda) xromosomalari. Odamni otalangan tuxum hujayrasida xromosomalarning diploidli nabori saqlanadi (46). Otalangan tuxumni maydalanishida va hujayraning navbatdagi bo’linishida (bu jarayon mitoz deb ataladi) xromosomalar ikki martaga ortadi va har bir juft xromosomalar har qaysisi 46 tadan xromosomalar hosil bo’luvchi qiz hujayralarga bo’linadi. Agar spermatazoid va tuxum hujayralarida xromosomalarning diploid nabori saqlangan bo’lsa, ular qo’shilganidan keyin urug’langan tuxum 92 ta xromosomaga ega bo’ladi. Odatda esa bu holat yuz bermaydi.
Evolyusiya jarayonida otalanish paytidagi xromosomalar sonini doimiyligini ta’minlab turuvchi maxsus mexanizm yuzaga keldi va rivojlandi. Bu mexanizm hujayralarning maxsus bo’linish tipi bilan bog’langan bo’lib, bu bog’lanish tufayli jinsiy hujayralarga xromosomalarning gaploid nabori tushadi.
Jinsiy hujayralarning yetilishida bir-birini orqasidan juda tez takrorlanuvchi ikkita bo’linish yuz beradi, natijada xromosomalarning soni ikki marta kamayadi. Xromosomalarning sonini qisqarishiga olib keluvchi bo’linish mitoz deb ataladi.
Shunday qilib erkak va ayol zarodish hujayralari xromosomalarning yarim to’plamiga ega bo’ladi. Otalanishdan keyin bola organizmi rivojlanadigan xromosomalarning yig’indisi zigota hosil bo’ladi.