Yosh fiziologiyasi va gigienasi


-rasm. O’ng buyrak (oldingi qismi olib tashlangan)



Yüklə 4,48 Mb.
səhifə186/190
tarix21.09.2023
ölçüsü4,48 Mb.
#146452
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   190
Yosh fiziologiyasi va gigienasi

47-rasm. O’ng buyrak (oldingi qismi olib tashlangan).
1-katta kosacha; 2-kichik kosa; 3-jom; 4-siydik yo’li; 5-mag’zli qatlam;
6-piramidalar; 7-po’stloq moddasi.
Buyraklarning tuzilish va funksional birligi bo’lib – buyrak tanachalari (nefronlar) hisoblanadi. Har bir buyrakda 1 mln.ga yaqin mikroskopik tanachalar sanash mumkin.
Buyraklar tanachalari po’stloq qatlamdan ikki devoriy kosani eslatuvchi shakldagi uncha katta bo’lmagan kapsuladan boshlanadi, uning ichida esa qon tomirlar kapillyarlaridan iborat koptokcha joylashgan. Kapsula devorlari orasida bo’shliq bo’lib, ulardan buyrak kanalchalari boshlanadi. U egiladi-bukiladi va so’ngra mag’iz qatlamga o’tadi. Bu egri-bugri buyrak kanalchalaridir.
Buyrakning mag’iz qatlamida buyrak kanalchasi to’g’ rilanadi, tugun hosil qiladi va po’stloq qatlamiga qaytadi. Bu yerda siydik kanalchalari yana egilib bukiladi va so’ngra chiqaruvchi yo’lga –yig’ uvchi buyrak nayiga tushadi. Yig’uvchi buyrak naychalari birikib umumiy chiqaruv yo’lini hosil qiladi. Bu yo’llar buyrakning mag’izli qatlam orqali piramidaning uchiga qarab o’tadi.
Har qaysi 2-3 buyrak piramidasi o’zining uchlari bilan qo’shilishib birgalikda so’rg’ichlar hosil qiladi. So’rg’ichlarda juda ko’plab teshikchalar bo’lib, ular bilan chiqaruvchi naychalar tamom bo’ladi va ular kosachaga ochiladi. Kosachalar siydik chiqaruvchi yo’llarning boshlanishi hisoblanadi. Kichik buyrak kosachalari, bir-birlariga qo’shilib, 2-3 ta katta buyrak kosalarini hosil qiladi, ular ham o’z navbatida buyrak jomiga o’tadi.
Buyrak jomi –voronka shaklidagi nozik devorli puch holdagi bo’shliqdir. Siydik buyrak jomidan siydik pufagi bilan tutashgan siydik yo’llariga tushadi.
Bitta nefrondagi kanalchalarning umumiy uzunligi 35-50 mm ni tashkil etadi. Buyraklarda qariyib 130 km siydik o’tuvchi naychalar mavjud. Bir kecha-kunduzda buyraklarda 170 l suyuqlik filtralanadi, qaysiki undan 1,5 l haqiqiy siydik konsentratsiyalanadi va organizmdan tashqi muhitga chiqarib tashlanadi.




Yüklə 4,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin