Yosh fiziologiyasi va gigienasi


Yosh fiziologiyasi va fanining predmeti, maqsadi va vazifalari



Yüklə 4,48 Mb.
səhifə2/190
tarix21.09.2023
ölçüsü4,48 Mb.
#146452
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   190
Yosh fiziologiyasi va gigienasi

Yosh fiziologiyasi va fanining predmeti, maqsadi va vazifalari




Fiziologiya – tirik organizmda kechayotgan jarayonlar va ularni o’rab turgan muhitda hayot kechirishga moslashishini ta’minlovchi jarayonlar haqidagi fandir. Fiziologiya odam va hayvonlarni yaxlit organizmida va uning hujayralari, to’qimalari, organlar tizimi va organlari hamda ularning tuzilish birliklarini tashkil qiluvchi qismlarida bajarilayotgan funksiyalar bo’yicha qonunlarni ochib beradi.
Funksiya – bu organizmning, uning organlari va to’qimalarida tinimsiz ravishda, tashqi muhitning o’zgaruvchan sharoitiga faol holda moslashishida va ularning o’zlari ham tashqi muhitga jiddiy ta’sir ko’rsatishi natijasida yuz beradigan moddalar almashinuvining o’zgarish natijasidir.
Demak fiziologiya, odam va hayvonlar oganizmida kechayotgan moddalar almashinuvi va ko’plab boshqa jarayonlarni amalga oshishini, tashqi muhit shart-sharoitlarining, ya’ni ekologik omillarning o’zgarishi bilan bog’liq holda kechishini,omillar ta’sirida o’zgarishini, va ana shu omillar ta’siriga moslanishlarini kompleks holda o’rganadi. Shunday ekan, ekologiyani mutadilligini ta’minlamasdan, gigiyena va sanitariya talablariga rioya qilmasdan, atrof-muhitni sog’lomlashtirib bo’lmaydi. Bu esa mamlakatimiz kelajagi bo’lgan yangi to’g’ilgan, o’sib kelayotgan yosh avlodni mutadil o’sish- rivojlanishini, tan-sog’lig’ini ta’minlash imkoniyatini cheklab qo’yadi. Ma’lumki, gigiyena inson bilan atrof-muhitning uzviyligini ta’minlaydi. Shu ma’noda gigiyena tabiiy ijtimoiy muhit-borliqning odam organizmiga ijobiy, salbiy ta’sirini ham o’rganadi, tavsiyalar beradi.
Yoshga oid fiziologiya va o’smirlar gigiyenasi-umumiy fiziologiyaning bir qismi bo’lish bilan birga, tibbiyotda o’rganiladigan gigiyena va sanitariya fani sohalaridan biri bo’lib hisoblanadi. Atrof muhit omillarining bola organizmiga, uning hayot faoliyatiga, ta’lim tarbiyasiga ta’sirini o’rganadi va o’sayotgan avlodning sog’lig’ini mustahkamlash hamda jismoniy va ma’naviy jihatdan mutadil o’sish va rivojlanishi uchun zarur bo’lgan barcha fiziologik va biokimyoviy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va ilmiy jihatdan asoslab beradi.
Yosh fiziologiyasining asosiy vazifasi o’sish va rivojlanish qonuniyatlarini ochib berish, yaxlit organizm, uning organlari, tizimlari,to’qimalari va hujayralarini ishlash xususiyatlarini turli yoshga aloqador davrlarda aniqlash.
Yosh fiziologiyasi organizmning individual rivojlanish jarayonida funksiyalar evolyusiyasini kuzatib boradi, fiziologik jarayonlarni o’zaro munosabatlari va ular o’rtasida bog’lanish sabablarini aniqlaydi. Shu bilan birga yuksak darajada tuzilgan materiya, ya’ni bosh miya po’stlog’ining organlar va umuman butun organizm faoliyatida yetakchi rol o’ynashini tushunib olishga yordam beradi. O’qish jarayonida bolalar va o’smirlar gigiyenasi, umumiy gigiyena, mikrobiologiya, epidemiologiya, fiziologiya, biokimyo fanlarining tavsiyalari va yutuqlariga tayanadi.
-Bolalar va o’smirlar gigiyenasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-Bolalar va o’smirlar sog’lig’ini saqlash. Bu masalani hal qilish biologik va ijtimoiy omillar, tashqi muhit hamda umumiy taraqqiyot qonunlarining bolalar va o’smirlar organizmiga ta’sirini aniqlash imkonini beradi. Har bir yoshga oid davrga xos kasalliklarning kelib chiqish sabablarini aniqlash yesa kasallikning oldini olish chora-tadbirlarini belgilaydi va hayotga tadbiq yetish imkoniyatini yaratadi. O’sib kelayotgan avlodning sog’liq darajasi joriy yetilgan sog’lomlashtirish gigiyena tadbirlarining natijasi o’laroq, kelgusida yana qanday qo’shimcha gigiyenik tadbirlar ko’rish kerakligini ham belgilab beradi.
-Bolalar va o’smirlar faoliyati gigiyenasi. Olib boriladigan ishlarning bu sohasida o’sib kelayotgan avlodning turli ishlar bilan shug’ullanishida (bolalar muassasalarida o’qish, jismoniy ish bajarish, jismoniy tarbiya) gigiyenik tadbirlarni qo’llash va natijalarini aniqlash ko’zda tutiladi. Bunda bolalarning sog’ligini saqlagan holda ish faoliyatini oshirish hamda charchashning oldini olish tadbirlarini ko’rish asosiy masala hisoblanadi. Bu esa o’z navbatida yasli, bog’cha va maktab yoshidagi bolalarga muvofiq keladigan kun tartibining to’g’ri tuzilishiga xizmat qiladi;

Yüklə 4,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin