Yosh fiziologiyasi va gigienasi


Organizmning bir butunligi-yaxlitligi



Yüklə 4,48 Mb.
səhifə8/190
tarix21.09.2023
ölçüsü4,48 Mb.
#146452
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   190
Yosh fiziologiyasi va gigienasi

Organizmning bir butunligi-yaxlitligi.

Organizmbu yaxlit, barcha hujayralar, to’qimalar, a’zolar va a’zolar tizimining tuzilishi va funksiyalari jihatidan o’zaro bog’langan. har qanday hujayra, to’qima va a’zolar tizimlari funksiyasi moddalar almashinuvining o’zgarishi bilan o’zgaradi va bu o’zgarish o’z navbatida boshqa hujayralar, to’qimalar va a’zolar tizimida moddalar almashinuvi o’zgarishini chaqiradi. Shu sababli organizmdan ajratilgan hujayralar, to’qimalar va organlarning funksiyasi hamda moddalar almashinuvi, organizmda kechayotgan jarayonlardan farq qiladi. Shunday ekan, organizmning izolyasiya qilingan qismlaridan olingan ma’lumotlarni – qonuniyatlarini to’g’ridan-to’g’ri butun organizmga o’tkazish haљida so’z yuritish mumkin emas.
Masalan, butun organizmga xos bo’lgan, yangi organizmlarni hosil bo’lishiga olib keluvchi ko’payish, xulq-atvor va fikrlash kabi funksiyalar izolyasiya qilingan qismlar uchun xos bo’lmagan funksiyalardir.
Funksiyalarning uzviyligi va shakllari. Tuban va yuqori darajada rivojlangan odamlar va hayvonlar organizmining hayotiyligi yoki tirikligi faqatgina unga tashqi muhitdan moddalar tushib turishi hisobiga ta’min yetiladi. Bu moddalar yuqori darajada rivojlangan hayvonlar organizmiga nafas olish va ovqat hazm qilish organlari orqali tushadi, ulardan qonga so’riladi so’ngra moddalar almashinuvi va ulardan foydalanuvchi organlar va to’qimalarga yetkaziladi.
Mahsulotlar iste’molisiz organizm va organlar faoliyati mumkin emas.
Moddalar almashinuvi hayot sharoiti, organlar funksiyasi va organizm xulq-atvoriga jiddiy ravishda bog’liqdir. Bu esa organizmni faoliyati va tuzilishini, shaklini va uning organlari butunligini aniqlaydi. Organizmni funksiyasi va tuzilishi chambarchas bog’liqdir va ular bir-birini o’zaro ta’min yetadi. Lekin, funksiyalarning birligi va shakllarida, funksiya yo’naltiruvchi-boshlovchi rolni o’ynaydi, qaysiki to’g’ridan-to’g’ri moddalar almashinuvi bilan aniqlanadi. Organizmning funksiyalari va shakli-uning tarixiy va xususiy rivojlanishi natijasidir. Organizmning, organlarning fuknsiyasi nisbatan juda tez o’zgaradi, uning tuzilishi esa aksincha jiddiy darajada sekin o’zgaradi.

Yüklə 4,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin