Yosh fiziologiyasi va gigienasi


Yosh fiziologiyasi va o’smirlar gigienasi fanining ahamiyati



Yüklə 4,48 Mb.
səhifə4/190
tarix21.09.2023
ölçüsü4,48 Mb.
#146452
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   190
Yosh fiziologiyasi va gigienasi

Yosh fiziologiyasi va o’smirlar gigienasi fanining ahamiyati

Fuqoralar sog’ligini himoya qilish va talaba va yoshlarning aqliy va jismoniy mehnat qobiliyatini ko’tarish haqida g’amxo’rlik qilish davlatimizning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Bu muammolarni hal etishda, jumladan infeksion va infeksion bo’lmagan kasalliklarning oldini olish, sog’lom turmush tarzini targ’ib qilishda tibbiyot xodimlari bilan bir qatorda pedagoglar ham ishonch va shijoat bilan xizmat qilishlari talab etiladi.


Zamonaviy bilim berish uchun avvalo murabbiy o’sib, rivojlanib kelayotgan avlodning turli davrlardagi o’zgarishlarini, tashqi muhit sharoitming bola organizmiga ta’sirining gigiyenik ahamiyatini bilib olgandagina o’quv-tarbiya jarayonini to’g’ri tashkil qila olishi mumkin.
Kelgusi avlodni jismonan sog’lom, aqliy va ruhiy jihatdan bardam, qaddi-qomati kelishgan qilib tarbiyalash uchun har qanday o’qitish shaklidagi bilim muassasalari tarbiyachi va o’qituvchilari yosh fiziologiyasi va o’smirlar gigiyenasi haqidagi fan asoslari bilimlariga ega bo’lishlari kerak.
O’qituvchi, bolalar va o’smirlarning anatomik-fiziologik xususiyatlarini o rganar , ayrim tizim va tuqimalarning (suyak-muskul, nafas olish, qon aylanishi, asab tizimi, sezgi organlari, oshqozon-ichak trakti, ichki sekresiya bezlari, ayiruv organlari) tuzilishi, xususiyatlari hamda ularning faoliyatlari va gigiyenasi bilan tanishadi. Ayniqsa, uyqu va aqliy mehnatni maqsadga muvofiq ravishda tashkil qilish, o’quv yuklamalarini bolaning yoshiga mos ravishda belgilash uchun asab tizimining o’ziga xos yosh xususiyatlarini bilishi juda muhimdir. O’sib, rivojlanib kelayotgan bolalar va o’smirlar anatomiyasi va fiziologiyasini bilmay turib, bolalar shaxsiy gigiyenasi, maktabdan tashqari ishlar gigiyenasi va o’quv tarbiyaviy ishlar gigiyenasi masalalarini ijobiy hal qilib bo’lmaydi.
Organizmdagi har bir tizimning fiziologiya va gigiyenasi aniq funksiyalarni boshqarilishini, masalan: suyak-muskul tizimining gigiyenasi - harakat tartibini, partada to’g’ri o’tirish, ishlash jarayonida gavdani to’g’ri tutish, yozayotganda qo’l barmoqlarini ishlatilishini me’yorga solish va hokazolarini talab etadi. Bu chora-tadbirlarni yo’lga qo’yish, ularga rioya qilish, o’sib rivojlanayotgan bolalarning salomatligini mustahkamlashga, uni himoya qilishga va turli kasalliklarning oldini olishga imkoniyat yaratib beradi.
Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi fani talabalarga, bo’lajak muallimlarga rivojlanayotgan organizmning organ va tizimlarining o’ziga xos yosh xususiyatlarini, uning tashqi muhit bilan o’zaro bog’liqligini, bolalarda uchraydigan turli kasalliklar va ularning oldini olish yo’llarini o’rgatishda va ma’fkuraviy hamda ma’naviy bilimga ega qilishda katta ahamiyatga ega.
Yosh fiziologiyasi va gigiyena fanining asosiy maqsadi - yosh avlodning jismonan baquvvat bo’lib, jismoniy va ma’naviy jihatdan uyg’un rivojlanishini ta’minlashdan iborat.



Yüklə 4,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin