Dastlabki bolalik (boshlang’ich yoki bog’cha yoshi). (1 yoshdan 3 yoshgacha bo’lgan davr). Bu davr uchun asab tizimining morfologik va funksional jihatdan takomillashishi xarakterlidir. Muskul tizimining rivojlanishi va asab tizimining koordinasiyalovchi funksiyasi o’tirish, tik turish va yurish kabi o’rganilgan odat va mahoratlarning mustahkamlanishini ta’min etadi.
Uch yoshga kirgan bolalarda tinchlik holatida nafas harakatlarining chastotasi bir daqiqada 26-24 martagacha (yangi tug’ilgan paytda bir daqiqada 50-45 martagacha), yurak qisqarishlarining soni bir daqiqada 100-90 martagacha (yangi tug’ilgan bolalarda 1 daqiqda 150-140 martagacha) pasayadi.
Bolalarning 2-2,5 yoshda barcha 20 ta sut tishlari chiqib bo’ladi, me’da shirasining kislotalik va fermentativ faolligi ortadi. Sutli ovqatlardan aralash ovqatlarga o’tish ichaklarning jadal o’sishini ta’min etadi.
O’sish jaryoni davom etadi, yillik tana bo’yining o’sishi 2-3 yosh davrida o’rtacha 8-10 sm.ni tashkil etsa, 2-3 yosh davrida tana vazni 4-6 kg.ga ortadi. Tana proporsiyasi o’zgaradi. Nisbatan boshni o’lchami kichrayadi, yangi tug’ilgan bolalarda tana uzunligini 1/4 qismidan 2-3 yoshda 1/5 qismgacha kaltaradi.
Toza havoda yurish bolaga uni o’rab turuvchi narsalar bilan faol tanishish imkonini bersa, nutqning rivojlanishi odamlar bilan ancha murakkab kontaktlar qilishga «ya’ni bolalar bir joyga bog’lanib qolmasdan balki erkin va mustaqil tashqi dunyo bilan muomala qilish davriga o’tadi» (Sechenov) 2-3 yoshli bolalarning xulq-atvori erkin izlanuvchanlik faoliyati bilan xarakterlidir. Bola har bir ko’ringan narsaga intiladi, ushlab ko’radi, ichiga qaraydi, ko’tarishga harakat qiladi, og’ziga soladi. Aynan shu davrda bolaning qiziquvchanligi va tajribaning yo’qligi tufayli jarohatlar hosil bo’lishi mumkin, boshqa bolalar bilan kontaktda bo’lishi va atrof-muhit bilan aloqa tufayli o’tkir infeksiyalar soni ortadi.
Bolalarning bu yoshida ularning shartli reflektor faoliyati jiddiy o’zgaradi. Bola o’zini o’rab turgan hali to’lig’icha tabaqalashtirilmagan dunyodagi hayotining ikkinchi yilida qo’zg’alish komplekslarining alohida ajratilgan predmetlarini qismlarga bo’la boshlaydi. Bu esa predmetlar bilan o’ynash hisobiga yuzaga keladi. (Leontyev; Zaporojes, Galperin). Shuning uchun bolaning harakatini chegaralamaslik kerak: mayli bolani o’zi kiyinsin, yuvinsin, ovqatlansin.
Predmetlar bilan o’ynash hisobiga bolalarda mulohazalash funksiyasi shakllanadi. Keng ko’lamda predmetlardan foydalanish hisobiga bolalarda harakat analizatori rivojlanadi.
Bolaning ikki yoshida predmetlarning uzoq-yaqinligiga, og’irligiga, o’lchamlariga nisbatan katta miqdorda shartli reflekslar shakllanadi.
Shartli tizimlarning eksteroretseptiv qo’zg’alishlar steriotiplari bilan aloqasini, hosil qilish muhim ahamiyatga ega. Asab faoliyatlarini yetarlicha bo’lmagan kuchi va harakatchanligida steriotiplar bolani uni o’rab turgan muhitga moslashishini ta’minlaydi.
Bolalar 3 yoshgacha bo’lgan davrda hosil qilingan shartli bog’lanishlar tizimining mustahkam chidamliligi va steriotiplarni buzilishi bilan bog’liq bo’lgan og’riqlarni o’zaro aloqasi diqqatni o’ziga tortadi: bolalar injiqlik qiladi, yig’laydi, agar u bilan uzoqroq vaqt mehmonda qolib ketsa va uni uxlash uchun yangi joyga yotqizilsa, u uzoq vaqt uxlamaydi. 3 yoshgacha bo’lgan bolalarda turli steriotiplarni katta miqdorda hosil qilish faqatgina qiyinchilik tug’dirmasdan, balki keyingi hosil qilinayotgan har bir steriotip juda yengil yuzaga keladi. Lekin bitta steriotipdagi qo’zg’alishlarni yo’nalish tartibini o’zgartirish juda og’ir masala hisoblanadi. Bu davrda hosil qilingan shartli bog’lanishlar tizimi odamning kelgusi hayoti davomida saqlanib qoladi va ahamiyatini yo’qotmaydi.
Bolalar hayotining 2-yilida nutqning kuchli rivojlanishi, bola tomonidan tilning grammatik tuzilishini kuchli o’zlashtirilishi boshlanadi. Predmetlarning ta’sirini fikrlash, ularning mulohazasini so’z bilan idrok qilishni shakllanishida, ya’ni ikkinchi signal tizimini shakllanishida hal qiluvchi rol o’ynaydi.
Ikki yoshga kelib bolalarni so’z lug’atida 300 ga yaqin so’z bo’lib, shundan nutqning ega qismi 63 % gacha, fe’llar – 23 % gacha, nutqning boshqa qismlari – 14% tashkil qiladi, bog’lovchilar esa yo’q.
Odatda bolalar tomonidan so’z faqat voyaga yetgan odamlar bilan narsalar ishtirokida faoliyat ko’rsatgandagina foydalaniladi (Olkonin).