Yosh fiziologiyasi va gigiesi bir qancha fanlar: tibiyot, pedagokika, asixologiya fanlari bilan chambar- chas bog’lik



Yüklə 37,69 Kb.
səhifə2/2
tarix14.12.2023
ölçüsü37,69 Kb.
#178169
1   2
Gigiyena (grekcha: ὑγιεινός — „sogʻlom“) — tibbiyotning bir sohasi; kishilar sogʻligʻiga turmush va mehnat sharoitlari taʼsirini oʻrganadi hamda kasalliklarning oldini olish, yashash uchun eng qulay sharoit yaratish, sogʻliqni saqlash va umrni uzaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi. Gigiyenaning bir necha sohalari bor. Aviatsion gigiyena, harbiy gigiyena, mehnat gigiyenasi, bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi (maktab gigiyenasi), shaxsiy gigiyena, ijtimoiy gigiyena, ovqatlanish gigiyenasi, radiatsion gigiyena va h.k. Gigiyena fiziologiya, patofiziologiya, epidemiologiya, toksikologiya, fizika, kimyo, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bilan chambarchas bogʻlangan, chun-ki tabiiy omillar bilan birga jamiyatning iktisodiy ahvoli ham kishi sogʻligʻiga taʼsir etadi. Ehtiyot va kundalik sanitariya nazorati asoslarini ilmiy asosda ishlab chiqish, kishilarning yashash va ishlash sharoiti hamda dam olishini sogʻlomlashtirish boʻyicha sanitariya tadbirlarini asoslab berish, bolalar va oʻsmirlar sogʻligʻini saqpash, sanitariya qonun-qoidalarini ishlab chiqish, oziq-ovqat mahsulotlari va uy-roʻzgʻor buyumlari sifatini sanitariya ekspertizasidan oʻtkazishda qatnashish gigiyenaning vazifasidir. Sogʻliqni saqlash va kasalliklarning oldini olish, unumli ish qobiliyatini taʼminlash va umrni uzaytirish uchun qulay sharoit yaratish maqsadida turar joylar va i. ch. korxonalari havosi, suv, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak va poyabzallarning gigiyenik normativlarini ishlab chiqish zamonaviy gigiyenaning eng muhim vazifalaridan biridir. Gigiyenaning amaliy tomonini maxsus boʻlim — sanitariya tashkil etadi. Gigiyenik tadqiqrtlarda tashqi muhit (havo, suv, tuproq), oziq-ovqat mahsulotlari, qurilish materiallari, kiyim-kechak va poyabzallarni fizik-kimyoviy jihatdan oʻrganish usullari, sanitariya statistikasidan foydalangan holda bakteriologik, biokimyoviy, klinik va demografik tekshirish usullari qoʻllaniladi.
Gigiyena eng qad. fanlardan. Qad. Hindiston qonunlari majmuasida kiyim-kechakni almashtirish, teri va tishni parvarish qilish, oʻsimliklardan tayyorlangan ovqatlar yeyish zarur deb koʻrsatilar, ovqatga ruju qilish taqiqlanar edi. Misrda aholi yashaydigan joylarni sogʻlomlashtirish uchun sanitariya tadbirlari amalga oshirilgan. Qadimgi Xorazm atrofidagi yirik obod shaharlarda hammomlar, toza suv olinadigan inshootlar boʻlgan. Qad. yunonlar shaxsiy gigiyenaga qatʼiy amal qilishgan. Gippokrat havo, iqlim va suvni odam sogʻligʻiga taʼsir etadigan muhim omillar deb atagan. Abu Ali ibn Sinoning gigiyenaga doir fikrlari, sogʻliqni saqdash qoidalari koʻp asrlar mobaynida amaliy qoʻllanma boʻlib keldi; u havo va suv orqali tarqalib, kasallikka sabab boʻladigan qandaydir jonivorlar bor, deb faraz qilgan, suvni qaynatish yoki filtrlash kerak, degan talab esa ana shu farazga asoslangan. Gigiyena fani oldiga qoʻyilgan vazifa va talablarning ortishi, gigiyenik tekshirish usullarining murakkablashishi gigiyena sohalarining mustaqil fan sifatida ajralib chiqishiga olib keldi. Ilmiy gigiyena 19-asrning 2-yarmidan rivojlana boshladi. Dastlab maktab gigiyenasi (hoz. bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi), kom-munal gigiyena, ovqatlanish gigiyenasi va ijtimoiy gigiyena maydonga keddi. Ionlashtiruvchi nurlar (radiatsiya)dan ishlab chiqarish, q.h. va tibbiyotda keng foydalanish xizmatchilarni radiatsiyadan saqlash va aholini nurlanish xavfidan muhofaza qilish tadbirlarini ishlab chiqish muammosini vujudga keltirdi. Bu masalalar bilan radiatsion gigiyena shugʻullanadi.
Oʻzbekistonda gigiyena fanining rivoji S N. Bobojonov, A. 3. Zoxdsov, Gʻ. M. Mahkamov, Q. S. Zoirov, R. U. Ubaydullayev, Gʻ. N. Nazirov, N. L. Romanchenko kabi olimlar nomi bilan bogʻliq. Hoz. kommunal gigiyena sohasida T. I. Iskandarov, Sh. T. Otaboyev, M. T. Tohirov, N. S. Tojiboyeva, I. I. Ilinskiy, A. H. Komiljonov, I. A. Usmonovlar; mehnat gigiyenasi sohasida N. M. Demidenko, O. I. Ishoqov, O. R. Azizxoʻjayev; umumiy gigiyena boʻyicha L. A. Panomareva, Sh. T. Iskandarova; oziq-ovqat gigiyenasi sohasida N. Q. Boboxoʻjayev, B. A. Doʻschonov, Sh. S Bahriddinov, A. S Xudoyberdiyev; bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi boʻyicha S. S. Solixoʻjayev, M. N. Ismoilov, gigiyena T. Shayxova, R. X. Xolmetov; zaharli kimyoviy moddalar gigiyenasi va toksikologiyasi boʻyicha gigiyena T. Iskandarova, A. U. Sodiqovlar; ijtimoiy gigiyena sohasida D. A. Asadov, N.
M. Mahmudova, A. S. Bobojonov, T. U. Oripova, Sh. Sh. Shovahobov, U. Karimov, B. M. Mamatqulov va b. ilmiy tadqiqot ishlari olib boradi. Oʻzbekistonda Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy tadqiqot intida, tibbiyot institutlari hamda Toshkent Vrachlar malakasini oshirish institutining gigiyena kafedralarida gigiyenaning turli sohalari boʻyicha tadqiqot ishlari olib boriladi.
2.Dars jadvalining gigiyenasi haqida

Hozirda Oliy, o’rta maxsus va umumiy o’rta maktablarida ta’limning asosiy shakli dars bo’lib, u turlicha olib borilishi mumkin. Aqliy mehnat qobiliyatini optimal darajada saqlash uchun darsning tuzilishi va o’quv kunining tashkil qilinishi muhim ahamiyatga ega. Uning davomiyligi, qiyinligi, zerikarliligi o’quvchilardan har xil faoliyat talab qiladigan mashg’ulot turlarini to’g’ri almashlab tuzishni ko’zda tutadi. Dars o’tishning ko’p yillar davomida shakllangan an’anaviy 4 komponentli shakli (savol-javob, yangi materialni tushuntirish, uni mustahkamlash, uyga vazifa berish) hozirgi rivojlangan zamonaviy o’qitish jarayoni sharoitida qisman ko’rib chiqilmoqda. Zamonaviy darsning shakli nihoyatda mukammal tuzilgan bo’lib, dars oldida turgan vazifalarning konkret talablariga aniq javob berishi kerak.


O’quv mashg’ulotlari maktab o’quvchilarining oldiga qator ancha murakkab (o’qishning boshlang’ich davrlarida) talablar qo’ymoqda. Shu munosabat bilan o’quv muddati bolalarning yoshi, imkoniyatlariga mos keladigan bo’lishi zarur. Kichik yoshdagi bolalarning ish qobiliyati darslar boshlangan vaqtdan hisoblaganda 1,5 soatlardan keyin, o’rta va katta maktab yoshidagilarda esa 2-3 soatdan so’ng pasaya boshlaydi, ayniqsa, 6-soatga kelib keskin pasayib ketadi.

Shu munosabat bilan darslarning qancha davom etishi o’quv jarayonini gigiyenik jihatdan tashkil etishning muhim omili hisoblanadi. Uzoq va yaqin xorijiy mamlakatlarda, shu jumladan, bizning mamlakatimizda o’qitish yuzasidan to’plangan ko’p yillik tajriba 45 daqiqali darsni eng qulay muddat deb e’tirof etadi. Biroq, dars to’g’ri tashkil etilgan taqdirdagina bu muddat samarali natija berishi mumkin. Fiziolog va gigiyenistlarning fikricha birinchi sinf o’quvchilari uchun dars 35-daqiqadan oshmasligi kerak. Endigina maktabga qadam qo’ygan bolalarda maktabgacha davrda paydo bo’lgan va odat tusiga kirgan stereotip buziladi va bola o’ziga notanish bo’lgan maktab sharoitiga moslasha boshlaydi. Shu yoshdagi bolalarning asab jarayonlari miyooridan ortiq tez o’zgaruvchan bo’lib, qo’zg’alish tormozlanishga nisbatan ustun turadi. Bu esa ko’pincha o’quv mashg’ulotlarining yuklamasi ortiqcha bo’lishi natijasida ularning tezda charchab qolishga olib keladi. Boshlang’ich sinf o’quvchisining diqqati uzoq vaqtga bardosh bera olmaydi, dars oxirigacha bola partada tinch o’tira olmaydi, charchash boshlanishi bilan harakatlanib diqqati bo’linadi. O’tirgan holatda dars tinglash o’quvchi uchun katta statik ish hisoblanib, 45 daqiqa davomida tanani ma’lum holatda ushlab turish, ayniqsa birinchi sinf o’quvchisiga juda og’irlik qiladi, u tezda charchab bezovtalanib, harakat qila boshlaydi.


Tajribali o’qituvchilar yuqoridagi holat va kuzatiliщi mumkin bo’lgan o’zgarishlarni hisobga olgan holda bolaning diqqatini o’z vaqtida boshqa mashg’ulotlarni bajarishga, o’qishga, rasm solishga jalb qilishadi yoki fizkultura daqiqalari o’tkazadilar. Ruhshunoslarning ma’lumotlariga qaraganda, 6-10 yoshli bola 20 daqiqa atrofida, 10-12 yoshli bola esa 25 daqiqa atrofida diqqatini bir joyga to’plab o’tirishi mumkin. Mana shu tadqiqotlar darslarni ish turlari almashinib turadigan qilib alohida tuzish zarurligini tasdiqlaydi. Masalan, o’qish darsida mazmunli o’qishni savol-javob bilan, didaktik material ko’rish, qayta so’zlab berish bilan almashtirish, bundan tashqari maktab o’quvchilarida, ayniqsa boshlang’ich sinf o’quvchilarida birinchi signal tizimi yaxshi rivojlanganligi uchun darsda ko’rgazma qurollaridan, didaktik o’quv vositalaridan keng foydalanish mumkin. Bu o’quvchilarning ish qobiliyatini ancha oshiradi, chunki birinchidan, bosh miya po’stlog’ining hali charchamagan joylarini, yangi analizatorlarni ishga jalb etadi, ta’sirotlar xususiyatini o’zgartiradi, ikkinchidan esa bir turdagi faoliyatdan ikkinchi bir turdagi faoliyatga o’tilganida ishda bir oz to’xtalish, go’yo kichik bir tanaffus paydo bo’lishi mumkin. Ba’zi darslarda bu kichik tanaffuslar birmuncha uzoqroq bo’lishi va jismoniy hordiq lahzalari ko’rinishida bo’lishi mumkin. Mana shunday tanaffuslardan keyin bolalarning mashg’ulotlarga yana bajonu dil kirishib ketishlari ko’pdan-ko’p kuzatuvlardan ma’lum.


Maktab ta’limini gigiyenik jihatdan tashkil etishda darslarning soni katta ahamiyatga ega. Amaldagi o’quv rejasiga muvofiq 1,3-sinflarda kuniga 4 tadan, 4-sinfda 4-5 tadan, 5, 9-sinflarda kuniga 5-6 tadan, 10, 11 sinflarda 6 tadan, litseylarda 6-7 tadan dars o’tish ko’zda tutiladi.


Ta’limni to’g’ri tashkil etish uchun kun va hafta davomida darslarni taqsimlash, boshqacha aytganda, dars jadvalini to’g’ri tuzish juda muhim ahamiyatga ega.


O’quvchining ish qobiliyati, fanlarni o’zlashtirishining ijobiy samarali bo’lishi ko’p jihatdan dars jadvalining gigiyenik talablarga muvofiq tuzilishiga bog’liq. O’zlashtirishning oson va qiyinligiga qarab hamma fanlar shartli ravishda juda qiyin, o’rtacha, qiyin va oson fanlarga bo’linadi.


Birinchi juda qiyin darajali fanlarga;- chet tili, matematika, ikkinchi darajali qiyin fanlarga;- fizika, kimyo, o’rtacha qiyin darajali fanlarga - tarix, tabiatshunoslik, ona tili va adabiyot, geografiya, o’zlashtirilishi oson fanlarga jismoniy tarbiya, mehnat, ashula, rasm kabilar kiradi.


O’qish kunining birinchi soatida ertalabki vaqtda yangigina o’qishga o’rgangan o’quvchining miya hujayralarining ish qobiliyati deyarli pastroq bo’ladi. Shuning uchun bu soatga o’zlashtirilishi o’rtacha qiyinlikdagi fanlar qo’yilishi kerak, 2,3-soatlarda, ayniqsa, 2-soatda organizmning ish qobiliyati eng yuqori darajada bo’ladi, shuning uchun bu soatlarga o’zlashtirilishi qiyin fanlar qo’yilishi tavsiya etiladi, 4-soatda esa o’quvchilarda charchash belgilari paydo bo’la boshlaydi. Shuning uchun dars jadvalining 4-soatiga aqliy mehnat, chuqur fikrlash talab qilmaydigan fanlar (jismoniy tarbiya, mehnat, rasm, ashula) qo’yilishi ish qobiliyatining yanada oshishiga imkon beradi va nihoyat 5, 6-soatlarga o’rtacha qiyinlikdagi (tarix, tabiatshunoslik, geografiya, ona tili va adabiyot) fanlari qo’yilsa, ularni o’zlashtirish yaxshi bo’ladi.


Shuni qayd qilish kerakki, ko’p yozish yoki chuqur fikrlash bilan bog’liq bo’lgan fanlarni dars jadvaliga ketma-ket qo’yish mumkin emas. Chunki bir xil mashg’ulotlarni ketma-ket bajarish o’quvchilarni tez charchatadi. Shuning uchun chuqur fikrlash bilan bog’liq fanlar (matematika, fizika, kimyo) harakatlanish bilai bog’liq fanlarga (jismoniy tarbiya, mehnat) almashtirilib, ko’proq yozish bilan bog’liq fanlar (chet tili, rus tili, ona tili, rasm) esa eshitish va ko’rish bilan bog’liq fanlar (tarix, adabiyot, geografiya, jamiyatshunoslik) ga almashtirilib turilsa, o’quvchilarda charchash holatining oldi olinadi, ularning o’zlashtirish qobiliyati yaxshi bo’ladi.


O’quvchilarning o’zlashtirishi hafta davomida ham o’zgarib turadi. Dam olish kunidan keyin birinchi o’qish kunida o’quvchi organizmi hali ishga to’liq safarbar qilinmagan bo’ladi.


Shuning uchun ham, qiyin fanlar iloji boricha birinchi o’qish kuniga qo’yilmasligi kerak.


2, 3 -o’qish kunlarida organizmning ish qobiliyati eng yuqori darajada bo’ladi va qiyin fanlar hamda nazorat ishlar shu kunlarda o’tkazilgani ma’qul.


4 -o’qish kunidan boshlab organizmning ish qobiliyati pasaya boshlaydi, lekin o’qishning 6-kuni ko’rsatkichlarning deyarli pasaygani qayd qilinmaydi. O’quvchilarda chorshanba kuni darsni o’zlashtirish qobiliyati pasayganligi aniqlangan. Lekin keyingi yillarda olib borilgan tadqiqotlarga ko’ra, o’quvchilarda darslarni o’zlashtirish qobiliyatining pasayishi payshanba va juma kunlariga to’g’ri keladi.


Bundan kelib chiqadiki, agar 4-o’qish kuni dars jadvaliga harakatlanish bilan bog’liq bo’lgan yengil fanlar qo’yilsa, tarbiyaviy soat va ekskursiyalar shu kunda o’tkazilsa, o’quvchilar dam oladi, natijada 5, 6-o’qish kunlarida ularning ish qobiliyati anchagina tiklanadi, natijada dars jadvaliga beshinchi va oltinchi o’qish kunlari qiyinroq fanlar qo’yilishiga imkon yaratiladi.


O’qitiladigan fanlar o’quvchilarning qaysi signal tizimini ishga solinishiga, statik va dinamik qismlarning nisbatiga qarab tabiatan har xil faoliyat ko’rsatishni ko’zda tutadi, bu holat o’quvchilardan aqliy jihatdan har xil darajada zo’r berishni talab yetadi. Bir-biriga yaqin bo’lib, markaziy asab tizimining bir xil bo’limlarini ishga soladigan fanlarni ketma-ket qo’yish, masalan, matematikadan keyin fizikani yoki tarixdan keyin geografiyani qo’yish yaramaydi. Juda charchatib qo’yadigan fanlarni ish qobiliyati yuqori bo’lgan davrda o’tkazish kerak. Bu nazorat ishlariga ham taalluqlidir. Bunday ishlarni kuchik sinflarda 2, 3-darslarda, o’rta va yuqori sinflarda 2, 4-darslarda o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa, chorak va o’quv yilining oxirlarida bir kunda, bir haftada bir nechtadan nazorat ishi o’tkazish mumkin emas.


Dars jadvalini tuzishda ayniqsa yuqori sinf o’quvchilari uchun uy vazifalari hajmini ham hisobga olish zarur, chunki yuqori sinf o’quvchilari uy vazifalarini bajarishga talaygina vaqt sarflaydilar, natijada ularning uxlashi va ochiq havoda bo’lishi uchun vaqt kam qoladi.


Mehnat va jismoniy tarbiya darslariga ish qobiliyati pasayadigan paytlarni ajratgan ma’qul. Boshlang’ich sinflarda mehnat darsini uchinchi darsda, 5,7-sinf o’quvchilarining ustaxonalardagi amaliy mashg’ulotlarini esa ertalabki o’qishda 3, 4-darslarda, tushlikdan keyingilarda esa 1, 2-darslarda o’tkazish kerak.


3.Sog’lom turmush tarzini shakillantirish


Sog’lom turmush tarziga rioya qilish istisnosiz hamma odamlarga taalluqlidir: ham sog’lom, ham sog’lig’ida ayrim nuqsonlari bo’lganlarga.

Insonning o’zi sog’lom turmush tarziga rioya qilish orqali sog’lig’ini mustahkamlashi mumkin, lekin tana o’sishi va qarishi bilan zarur harakatlar oshib boradi. Afsuski, sog’lik, u yoki bu maqsadga erishishning muhim hayotiy ehtiyoji sifatida, qarilik yaqin haqiqatga aylanganda, odam tomonidan anglab yetiladi.


Har qanday harakatning qiymati maqsadning ahamiyati, unga erishish ehtimoli va tatarbiyasi bilan belgilanadi. Insonning xulq-atvori yoki turmush tarzi qoniqtirilishi lozim bo’lgan biologik va ijtimoiy ehtiyojlarga bog’liq (masalan, ochlik va chanqoqlikni qondirish, ish topshirig’ini bajarish, dam olish, oila qurish, bolalarni tarbiyalash va hok).


Ma’lumki, zamonaviy odamning kasalliklari, birinchi navbatda, uning turmush tarzi va kundalik xatti-harakatlariga bog’liq. Hozirgi vaqtda sog’lom turmush tarzi kasalliklarning oldini olishning asosi hisoblanadi.


Sog’lom turmush tarzining shakllanishi odam tomonidan tashqaridan olingan ma’lumotlar orqali, turmush tarzini teskari aloqa, o’z his-tuyg’ularini, ob’ektiv morfofunktsional ko’rsatkichlar dinamikasini, ega bo’lgan valeologik bilimlar bilan o’zaro munosabatini tahlil qilish yordamida to’grilash orqali amalga oshiriladi.

Sog’lom turmush tarzini shakllantirish juda uzoq davom etadigan jarayon bo’lib, butun umr davom etishi mumkin. Sog’lom turmush tarziga rioya qilish natijasida tanada sodir bo’ladigan o’zgarishlardan kelib chiqadigan teskari aloqa darhol ish bermaydi, ratsional turmush tarziga o’tishning ijobiy ta’siri ba’zan yillar davomida kechiktiriladi.


Sog’lom turmush tarzi odatiy hol bo’lib qolgan ko’plab yoqimli hayot sharoitlaridan voz kechishni (ortiqcha ovqatlanish, qulaylik, spirtli ichimliklar va hok) va aksincha, ularga o’rganmagan odam uchun doimiy va muntazam zo’riqishlarni va qattiq cheklovlar mavjud bo’lgan turmush tarzini ko’zda tutadi. Sog’lom turmush tarziga o’tishning birinchi davrida odamning intilishlarini qo’llab-quvvatlash, uning sog’lig’i, funktsional ko’rsatkichlaridagi ijobiy o’zgarishlarni ko’rsatish uchun zarur maslahatlar berish o’ta muhimdir.
Shaxsning sog’lom turmush tarziga o’tishida quyidagilar kelib chiqsa samaradorligini bildiradi:

ijobiy va samarali tarzda xavf omillarining ta’sirini, kasallanishini kamaytirganda yoki yo’q qilganda va natijada davolanish xarajatlarini kamaytirganda;


inson hayotining sog’lom va bardoshli bo’lishiga hissa qo’shganda;
yaxshi oilaviy munosabatlar, bolalar salomatligi va baxtini ta’minlaganda;
shaxsning o’zini o’zi anglash ehtiyojini qondirish uchun asos bo’lib, yuqori ijtimoiy faollik va ijtimoiy muvaffaqiyatni ta’minlaganda;
shaxsning yuqori ish qobiliyatini, ishda charchoqning kamayishini, yuqori mehnat unumdorligini va shu asosda katta moddiy boylikka olib kelganda;
yomon odatlardan voz kechish, faol dam olish vositalari va usullaridan unumli foydalanish bilan vaqt byudjetini oqilona tashkil etish va taqsimlash imkonini berganda;
quvnoqlik, yaxshi kayfiyat va optimizmni ta’minlaganda.

Inson salomatligi ko’p omillarga va aksariya hollarda insonning turmush tarziga bog’liq:


genetik omillar – 15-20%;


atrof-muhit holati – 20-25%;
tibbiy ta’minot – 10-15%;
odamlarning yashash sharoitlari va turmush tarzi – 50-55%.
Xavf omillarining odamga ta’siri faqat individualdir va ma’lum bir kasallikning rivojlanish ehtimoli organizmning moslashish qobiliyatiga bog’liq.
Yüklə 37,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin