Yоsh fiziologiyasi va gigiyenasi fanining vazifalari, rivojlanish tarixi. Odam organizmi rivojlanishining umumbiologik qonuniyatlari



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə101/107
tarix29.04.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#104511
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   107
Mustaqil ish matnlari 2023

Sinf xonasining gigiyenasi.
Ko`p qavatli maktab binosida boshlang`ich sinflar pastki qavatda joylashtiriladi. Sinf xonasining pol sathi 50 kvadrat metr bo‘lishi tavsiya etiladi.Odatda boshlang‘ich va o‘rta sinflarda 40 o‘quvchi o‘qiydi, har bir o‘quvchiga 1,25 kvadrat metr pol sathi, yuqori sinflarda 36 o‘quvchi o‘qiydi, har bir o‘quvchiga -1,40 kvadrat metr pol sathi to‘g‘ri keladi.
Sinf xonasining uzunligi 8,2 metrdan oshmasligi kerak, bundan uzun bo‘lsa keyingi partalarda o‘tirgan o‘quvchilar doskadagi yozuvlarni yaxshi ko‘ra olmaydi. Sinf xonasining kengligi 6,2 metrdan oshmasligi kerak, aks holda derazalarning qarama-qarshi tomonidagi partalarga yorig‘lik kam tushadi va bu partalarda o‘tirgan o‘quvchilarning tez charchashi va ko‘zi xiralashib qolishiga sabab bo‘ladi.
Sinf xonasida harorat +18-20 daraja, nisbiy namlik 40-60% bo‘lishi kerak. Sinf havosi tarkibi xuddi atmosfera havosidek toza bo‘lishi tavsiya etiladi. Havo tarkibidagi karbonat angidrid miqdori 0,04-0,07% dan oshmasligi kerak. U 0,1 % dan oshsa, bosh miya nerv hujayralarining faoliyati pasayib, o‘quvchilarda bezovtalanish, esnash, mudrash, o‘zlashtirishning pasayishi kabi bosh miyaning charchashi belgilari yuzaga keladi.
Dars paytida o‘quvchilarning o‘zlashtirishi yaxshi bo‘lishi uchun sinf xonasining havosi yangilab turilishi zarur.Buning uchun ob-havoning sovuq kunlari, dars paytida deraza darchasi 2 marta 1-2 minutdan ochilib, havo yangilanadi.Ob-havo issiq kunlarida esa deraza darchasi doim ochib qo‘yiladi. Tanaffus paytida navbatchi o‘quvchidan boshqalar tashqariga chiqishlari, eshik-derazalar ochib qo‘yilishi talab etiladi.
Sinf xonaning yorug‘ligi. Sinf tabiiy va sun`iy usullar yordamida yoritiladi.Tabiiy yoritish derazalar orqali ta`minlanadi.Sinfning tabiiy yorug‘lik koeffitsiyenti 1:4, kamida 1:5 ga teng bo‘lishi kerak, ya`ni sinfdagi hamma derazalarning umumiy sathi, sinfning pol sathini to‘rtdan yoki beshdan bir qismiga teng bo‘lishi lozim.Demak, sinfning pol sathi gigiyena qoidasiga binoan 50 kvadrat metr bo‘lib, derazalarning umumiy sathi 12,5 kvadrat metr, kamida 10 kvadrat metr bo‘lishi talab etiladi.
Sinfning tabiiy yorug‘ligi yaxshi bo‘lishi ma`lum darajada bo‘yoqlarning rangiga ham bog‘liq. Qora, ko‘k, to‘q yashil, jigar-rang kabi rangli bo‘yoqlar yorug‘likni kamaytiradi. Gigiyena qoidasiga binoan sinfning devori och sariq yoki och pushti, ship oq, deraza va eshik oq yoki havorang, parta (stol) larning ustki qismi och yashil, yon tomoni va o‘tirg‘ichlari oq rangli bo‘yoqlar bilan bo‘yalishi lozim.
Derazaga o‘rnatilgan tuvaklardagi gullar yorug‘likni to‘sib, uni 20-30 foizgacha kamaytiradi. Shuning uchun tuvakdagi gullar sinf burchaklariga va derazadan qarshi tomonga maxsus stolchalarga o‘rnatilgani ma`qul.
Sinf derazalariga tutiladigan pardalar ham yorug‘likni to‘sadi. Estetik ko‘rinish maqsadida tutilgan och sariq yoki och pushti rangli uzun pardalar derazaning ikki chetiga surib qo‘yilishi kerak. Faqat yozning issiq kunlari quyosh nurini to‘sish uchun parda derazaning quyosh tushayotgan tomoniga surib qo`yiladi.Derazadan quyosh o`tgach, parda ya`na chetga suriladi.
Ba`zi maktablarda dars paytida o‘quvchilarning e`tibori bo‘linmasin degan maqsadda, deraza oynalarining pastki qismiga bo‘yoq surtib qo‘yishadi. Bunday qilish mutlaqo mumkin emas. Chunki, birinchidan bo‘yoq surtilgan oyna yorug‘likni kam o‘tkazadi; ikkinchidan esa, dars paytida o‘quv-yozuv mashg‘ulotlari o‘quvchilar ko‘zini charchatadi, ko‘zning ichidagi bosimi oshadi, shuning uchun har 10-15 minutda o‘quvchi e`tiborini o‘qituvchiga qaratgani holda, u deraza oynalaridan uzoqqa qarab, ko‘zini dam oldirishi kerak.Bunda ko‘z qorachig‘i torayib, ko‘z ichidagi bosim pasayadi va ko‘zi dam oladi.Shu sababdan derazaga qaragan o‘quvchiga, o‘qituvchi tanbeh bermasligi va aksincha, o‘quvchilarni shunga odatlanishi lozim.
Sinfning sun`iy yorug‘lantirilishi elektr chiroqlari yordamida bo‘ladi.Oddiy, ya`ni spirallik chiroqlar qo‘llanilganida sinf pol sathining 1kvadrat metr sathiga 18 vt elektr quvvati to‘g‘ri kelishi kerak. Demak, sinfning pol sathi 50kvadrat metr bo‘lgani uchun, uning yoritilishiga 900 vt elektr quvvati talab etiladi. Buning uchun har biri 100 vt lik 9 ta elektr lampalar 2 qatorga 4 tadan ilinadi, bittasi doska ustiga ilinadi.
Lyuminessent lampalar qo‘llanadigan bo‘lsa, elektr quvvati 2 marta ko‘p talab qilinadi, ya`ni 1kvadrat metr pol sathiga 36 vt, jami 1800 vt quvvatga ega bo‘lgan lyuminessent lampalar sinf shipiga 2 qator qilib o‘rnatiladi.
Sinf doskasini yoritish uchun maxsus oyna o‘rnatilgan LPO-13 tipidagi lyuminessent lampa qo‘llanadi.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin