Yоsh fiziologiyasi va gigiyenasi fanining vazifalari, rivojlanish tarixi. Odam organizmi rivojlanishining umumbiologik qonuniyatlari


Yоsh fiziologiyasi va gigiyenasi fani tibbiy, biologik va pedagogik fanlarning tarmog`i



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə2/107
tarix29.04.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#104511
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107
Mustaqil ish matnlari 2023

Yоsh fiziologiyasi va gigiyenasi fani tibbiy, biologik va pedagogik fanlarning tarmog`i. Yоsh fiziologiyasi va gigiyenasi – bolalar va o`smirlar organizmining tuzilishi, funksiyalari va tashqi muhit bilan aloqasini, hayot faoliyati davomida zarur bo`lgan sharoitlarni, gigiyenik qoida vatalablarni o`rganadi. Demak, bu fan tibbiyot, anatomiya, fiziologiya, gigiyena, ekologiya fanlari bilan, bundan tashqari pedagogika, psixologiya fanlari bilan ham uzviy aloqadadir
Gigiyena tibbiy fanlar guruhiga kirib, yunoncha “gigiyeya” sog`liq hadya etaman, degan ma`noni anglatadi. Gigiyenaning boshqa tibbiy fanlardan farqi shundaki, u bemorlarni davolash bilan emas, balki kasalliklarning oldini olish bilan shug`ullanadi. Buning uchun gigiyena odamning yashash, tarbiyalanish, o`qish, mehnat qilish sharoitlarini qulaylashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va hayotga tadbiq etadi.
Gigiyena fani bajaradigan vazifasiga ko`ra o`z navbatida quyidagi bo`limlardan iborat:
1. Umumiy gigiyena – tashqi muhit tabiiy omillari (havo, suv, tuproq) ning odam sog`lig`i uchun foydali va zararli ta`sirlarini o`rganadi;
2. Ijtimoiy gigiyena – aholining yashash sharoitini o`rganadi;
3. Kommunal gigiyena – turar joylar, yotoqxona, mehmonxona sharoitlarini o`rganadi;
4. Kasb gigiyenasi – turli kasbdagi, ya`ni quruvchi, paxtakor, transport haydovchisi, rassom, o`qituvchi, shifokor, muhandis, tikuvchi va boshqa mutaxassisliklarda faoliyat ko`rsatadigan odamlarning mehnat faoliyati xususiyatlari, ularning ish joylaridagi sharoitlarni va sog`lig`ini o`rganadi;
5. Jismoniy tarbiya va sport gigiyenasi – jismoniy tarbiya va sport mashg`ulotlari bilan shug`ullanuvchilarning sog`lig`i, chiniqishi, ovqatlanishi, maxsus kiyim va poyafzallari, mashg`ulot o`tkaziladigan sport inshoatlari va jihozlariga bo`lgan gigiyena talablarini o`rganadi. Bu fan jismoniy tarbiya va sport mashg`ulotlarining odam salomatligini mustahkamlash maqsadida foydalanish uchun zarur bo`lgan sharoitlarni yaratishga yo`naltirilgan quyidagi gigiyenik qoida va talablarni ishlab chiqadi:
-Odamning jismoniy holatiga va sog`lig`iga mos bo`lgan mezonlar bo`yicha jismoniy rivojlanish me`yorlarini, chiniqqanlik ko`rsatgichlarini ishlab chiqadi.
-Turli xil jismoniy mashqlarni bajarish uchun qulay sharoit yaratish me`yorlarini belgilaydi.
-Jismoniy mashg`ulot va sport bilan shug`ullanuvchilarning dam olishi, ovqatlanishi, sport mashqlaridan keyin sportchi organizmining tiklanishi uchun zarur sharoitlarni yaratish tadbirlarini ishlab chiqadi.
-Jismoniy tarbiya va sport mashqlarini bajarish uchun ob-havo, iqlimning qulay me`yorlarini belgilaydi.
-Sport inshoatlari va jihozlari, kiyim-kechaklari, poyafzal va boshqa buyumlarning mashq bajarish uchun qulay sifatlarini belgilaydi.
6. Bolalar va o`smirlar yoki maktab gigiyenasi – maktab va maxsus bilim yurtlari o`quvchi-talabalarining sog`liq guruhlari, yashashi, o`qishi, tarbiyalanish, ovqatlanishi, jismoniy mashg`ulotlar, sport va mehnat bilan shug`ullanishi, ozodalikka rioya qilishi, o`sishi va rivojlanishi uchun qulay sharoitlarning yaratilishi, mazkur sharoitlarni yaratishga ularning o`zini ham odatlantirish, ya`ni ularda sog`lom turmush tarzini shakllantirish masalalari bilan shug`ullanadi.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin