Yоsh fiziologiyasi va gigiyenasi fanining vazifalari, rivojlanish tarixi. Odam organizmi rivojlanishining umumbiologik qonuniyatlari



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə33/107
tarix29.04.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#104511
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   107
Mustaqil ish matnlari 2023

holat reflekslari (tananing fazodagi holatini ushlab turuvchi);
adaptatsiya reflekslari (moslanish, himoya, mo’ljalni ta’minlaydi);
vistseral reflekslari (gomeostaz, nafas olish va ayirish, yurak-tomir tizimi shpini, siydik va ter ajralishini ta’minlaydi) va boshqa reflekslarga bo’linadi.
Instinkt. Instinkt bu tug’ma reflekslarning murakkab zanjiri- tug’ma kompleks xatti-harakatlar bo’lib, odam va hayvonni tashqi va ichki sharoitlarga tubdan moslaydi. Instinkt bilan tug’ma refleks o’rtasida unchalik katta farq bo’lmaydi. Ko’pincha instinkt harakatlar stereotipi avtomatik holda amalga oshiriladi. Instinkt harakatlari irsiy bo’lib, ular orasida ovqatlanish, jinsiy, himoya, ota-onalik va boshqa instinktiv harakatlarni ajratish mumkin. Ontogenez davomida yashash sharoitining o’zgarishi instinktiv reaksiyalarning o’zgarishiga olib kelishi mumkin.
Ovqatlanish instinktining markazi gipotalamus va talamusning yadrolarida joylashgan. O’z-o’ziini himoya qilishga javobgar instinktiv harakatlar markazi gipotalamus va bazal gangliyalarda joylashgan. Jinsiy instinktning markazi ham gipotalamusdadir. Hissiyotlar ham instinkt hisoblanib, sezgi, his- tuyg’ularning bir belgisi sifatida namoyon bo’ladi va ularning markazi limbik tizimda va bosh miya sopida joylashgan.
Hayot davomida orttirilgan faoliyatlar. Shartli reflekslar. Organizmning ehtiyojlari turli sharoitda turlicha bo’ladi, o’sish va rivojlanish jarayonida ham o’zgarib turadi. Ehtiyojlarga muvofiq ravishda odamda fe’l-atvor o’zgaradi, natijada organizm hamda tabiiy va ijtimoiy muhit o’rtasida dinamik muvozanat paydo bo’ladi. Hayot davomida o’zgarib turadigan, turli ijtimoiy va tabiiy muhitga moslashishini talab etadigan xulq—atvordagi harakatlar- orttirilgan harakatlar bo’lib, ular, asosan, shartli reflekslarning turli ko’rinishida namoyon bo’ladi.
Shartli reflekslarning hosil bo’lish mexanizmlari. Individual hayot tajribasi asosida orttirilgan harakatlarning yig’indisi-shartli reflekslardir. Shartli reflekslar yordamida organizm tashqi o’zgaruvchan muhitga va sharoitga moslashadi; yoshiga; ehtiyojlarga moe ravishda o’zgaradi.
Shartli reflekslarning hosil bo’lish fiziologik mexanizmlarini kesilgan limon mevasini ko’rganimizda so’lak ajralishining kuchayishi misolida ko’rib chiqaylik. Uni ko’rish bilan kuchli nordon maza esga tushadi va so’lak shiddat bilan ajralib chiqa boshlaydi. Biror marotaba limonni tatimagan odamda hech qanday so’lakning ajralishi kuzatilmaydi, faqat «Bu nima ekan?» ma’nosidagi chamalash harakatlari paydo bo’lishi mumkin. I.P.Pavlov funksional jihatdan bir biridan shunday uzoq bo’lgan ikkita narsa- ko’z va so’lak bezlari o’rtasida qandaydir bog’liqlik borligini aniqladi va ular o’rtasidagi fiziologik aloqani o’rganish uning keyingi tekshiruvlari uchun asos bo’ldi. Og’iz bo’shlig’iga biror narsa tushgandan keyin so’lak ajralishining kuchayishi- bu shartsiz, tug’ma refleksdir. Uning fiziologik markazlari yaxshi shakllangan bo’ladi. So’lak ajralishini boshqaruvchi va turli narsalarning aksini tahlil qiluvchi markazlar o’rtasidagi aloqalar, I.P. Pavlov fikricha, quyidagicha kelib chiqadi. Limonni ko’rganda kelib chiqqan qo’zg’alish to’lqinlary uzunchoq miyadagi ovqatlanish markazi orqali afferent tolalar bo’yicha katta yarim sharlar po’stlog’ining ensa qismidagi ko’ruv markazlariga yetib borib, qo’zg’alish o’chog’ini keltirib chiqaradi. Shunda agar limonni tatish imkoniyati bo’lsa, uni ko’rgandan keyin odamda po’stloq ostidagi va po’stloqdagi so’lak ajralish markazlarida qo’zg’alish paydo bo’ladi. Shartsiz omil bo’lgan ozuqaning (limonning mazasi) ta’siri shartli omil (limonning ko’rinishi) ta’siridan kuchli bo’lganligi uchun ozuqa markazi funksional jihatdan ustun bo’lib qoladi va ko’ruv markazidagi qo’zg’alish to’lqinlarini o’ziga tortib oladi. Natijada ikkita ilgari bog’lanmagan markazlar o’rtasida funksional ko’prik paydo bo’ladi. Bu funksional bog’lanish limonni iste’mol qilish jarayoni qanchalik ko’p bo’lsa, shunchalik mustahkam bo’ladi. Keyinchalik faqat limonning ko’rinishi tufayli paydo bo’lgan qo’zg’alish to’lqinlari vaqtinchalik funksional ko’prigi orqali oziq-ovqat markaziga o’tib, u yerdan esa markazdan qochuvchi tolalar bo’ylab so’lak bezlariga borib, ularning faolligini oshiradi va so’lak ajralishini kuchaytiradi.
I.P.Pavlov shartli reflekslarning kelib chiqishini bosh miya yarim sharlarida hosil bo’lgan qo’zg’alish bilan po’stloq osti yadrolari o’rtasidagi vaqtincha funksional aloqa deb hisoblagan. Hozirgi paytda ma’lum bo’lishicha, shartli reflekslarning hosil bo’lishida bosh miyaning turli bo’limlari ishtirok etadi. Vaqtinchalik bog’lanishning hosil bo’lishida po’stloq osti yadrolarning funksional ahamiyati kattadir.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin