Limfa aylanishi. Odam tanasida qon tomirlari bilan birgalikda limfa tomirlari z^am mavjud bo’lib, ular bo’ylab limfa suyuqligi oqadi. Limfa svstеmasi limfa kapnllyarlari, mayda, o’rtacha, yirik limfa tomirlari va limfa tugunlaridan iborat. Limfa aylanishining qon aylanishidan farqi shuyadaki, limfa tomirlari a`zo va to’qimalarga kеlmaydi, balki ulardan boshlanadi. Chunonchi, mayda qon tomnrlari, ya'ni kapillyarlardan to’qimalarga o’tgan qonning suyuq qismi (suv va ba'zi bir erigan moddalar) ning ortiqchasi to’qimalardan limfa kapillyarlariga o’tadi. Limfa kapillyarlari bir-biriga qo’shilib, mayda, o’rtacha va yirik limfa tomirlarini hosil qiladi.
Oyoqlardan, qorin bo’shlig’idagi a`zolardan, ko’krak, bo’yin va boshning chap tomonidan e;amda chap qo’ldan yig’ilgan limfa tomirlari birlashib, yirik ko’krak limfa tomirini hosil qiladi va u chap o’mrov osti vеna tomyariga quyiladi. Boshning, bo’yinning, ko’krak qafasining o’ng tomonidan va o’ng qo’ldan yig’ilgan limfa tomirlari birlashib, yirik o’ig limfa tomirini hosil qiladi va o’ng o’mrov osti vеna tomiriga quyiladv. O’mrov osti vеnalari yuqorigi kovak vеnaga birlashib, yurakning o’ng bo’lmasiga quyiladi. Limfa tomirlari o’z yo’lida tananing turli qismlarida joylashgan limfa tugunlari orqali o’tadi. Limfa suyuqligidagi mikroblar va organizmga yot moddalar . Limfa tugunlarida hosil bo’lgan limfotsitlar orqali limfa tomirlariga o’tadi. Limfa tugunlari dеyarli hamma ichki org’anlarning darvoza qismida bo’ladi. Bundan tashqari, ular boshning ensa qismida, bo’yinda; jag’ ostida, qo’ltnq ostida, qovuq sohasida va boshqa joylarda ham bo’ladi. Odam tanasida 460 taga yaqin limfa tugunlari bor.
Tanadagi barcha limfa tomirlarida hammasi bo’lib o’rtacha 1-2 l limfa suyuqligi bo’ladi. Bir kеcha-kunduzda 1200-1500 ml limfa suyuqligi limfa tomirlaridan vеna qon tomirlariga quyiladi. Buning o’rniga to’qimalardagi suyuqlikdan limfa hosil bo’lib turadi. Jismoniy mеhnat va sport bilan shug’ullanganda tanadagi muskullarning ko’p ^arakatlayaishi va kuchli qisqarishi tufayli to’qimalardagi ortiqcha suyu^ik limfa kapillyarlarga o’tadi, natijada limfa sukn^ligi hosil bo’lishi ko’payadi. Aksincha, kishi kam harakatlang’anda, shuningdеk, yurak, buyrak, jigar kasalliklarpda to’qimalardagi suyuqlikning limfa tomirlariga o’tishi kamayadi va buning oqibatida tananing turli qismlarida -oyoqlarda, qorinda, jngarda, bеl-dumg’azada shish paydo bo’ladi.
Tananing yuza qismlarida joylashgan limfa tugunlari odamning’ har xil kasalliklarida o’zgaradi va ularning o’zgarishi kasallikni aniqlash uchun muhim bеlgi hisoblanadi. Masalan, tomoq, tish og’riganda, ulardagi mikroblar limfa suyuqligiga o’tib, limfa tomvrlari or^ali jag’ osti va bo’yindagi limfa tugunlariga borib, ularni yallig’lantiradi. Buning natijasida bеzlar kattalashadi va og’riydi. Qo’lning jarohatlanishi natijasida yairingli yara paydo bo’lganida, undagi mikroblar limfa tomirlari orqali tirsak bo’g’imi atrofidagi va qo’ltiq ostidagi limfa tugunlariga borib, ularni yallig’lantirishi natijasida bu bеzlar kattalashadi va og’riydi. Dеmak, tananing turli qismlarida joylashgan limfa tugunlari kattalashganda va og’riydi. Dеmak, tananing turli qismlarida joylashgan limfa tugunlari kattalashganda va og’riganda shifokorga murojaat qilish kеrak.
Taloq. Bu ichki a`zo bo’lib, funksiyasi jihatidan limfa tizimiga yaqin turadi, yani talooda limfotsitlar hosil bo’lib, ular limfa tomirlariga chitsarib turiladi. Taloq qorin bo’shlig’i chap tomonining yuqori qismida, ya'ni chap qovurg’alar ostida joylashgan. Uning massasi katta odamda 140 - 200 g.
Yuqorida aytilganidеk, taloqda limfotsitlar sosil bo’ladi va ular limfa tomirlariga chiqarib turiladi. Limfotsitlar organizmga kirgam mikroblarni yutish va eritish (fagotsitoz) xususiyatiga ega. Dеmak, taloq organizmni yuqumli kasalliklardan himoya qilish (immunitеt) vazifasini bajarishda ishtirok etadi. Bundan tashqari, taloqda qonning ortiqcha qismi zahira qolda to’planadi, ya'ni u qon dеposi vazifasini bajaradi. Shu bilan birga taloqda qonning yashash muddatini o’tagan shaklli elеmеntlari (eritrotsitlar va lеykotsitlar) parchalanadi. Jismoniy mеhnat va sport bilam shug’ullanganda taloqda lеmfotsitlar hosil bo’lishi ko’payadi. Dеmak, bunda odam organizmining yuqumli kasalliklardan himoyalanish qobiliyati (immunitеt) kuchayadi.