Yosh grammatikachilar maktabining kamchilik va yutuqlari
Tilshonoslik yoki lingvistika tillarni oʻrganuvchi fandir. Tilshunoslikning amaliy va nazariy turlari mavjud boʻlib, nazariy tilshunoslik tilning strukturasi (grammatikasi) va uning maʼnosi (semantikasini) oʻrganadi. Grammatika — morfologiya (soʻzlarning tuzilishi va oʻzgarishi), sintaksis (soʻzlarning iboralarga va gaplarga biriktrilish qoidalari) va fonologiya (tilni abstrakt tovushlar yordamida oʻrganish) fanlarini qamrab oladi. Amaliy tilshunoslik, asosan, tilshunoslikda oʻrganilgan nazariy bilimlarni amaliyotda qoʻllash bilan shugʻullanadi. Amaliy tilshunoslik tarkibiga xorijiy tillarni oʻrganish va oʻrgatish, tarjima, nutq terapiyasi va nutq patalogiyasi kabi fanlar kiradi.