QADIMGI RIM TILSHUNOSLIGI
Qadimgi Rim filologlarining tilshunoslik faniga qo`shgan hissasi katta emas. Rim grammatikasi yunon grammatikasining shahobchasi sifatida maydonga keldi. Iskandariya maktabida yaratilgan yunon tili grammatikasi qadimgi rimliklar tomonidan lotin tiliga tatbiq qilindi. Yunon tilidagi deyarli barcha grammatik terminlar lotin tiliga o`girildi.
Yunon tilshunosligidagi analogiya va anomaliya maktab-laridagi munozaralar ham Rim tilshunosligida davom ettirildi.
Qadimgi Rim tilshunosligining vakillari: Yuliy TSezarg’, Mark Terentsiy Varron, Mark Fabiy, Kvintilian, Eliya Donata, Verriy Flakk, Pristsian va boshqalardir.
Yuliy Sezar (eramizdan ilgarigi 100-44). Qadimgi Rimning taniqli davlat arbobi, lashkarboshisi va notig`i Yuliy Sezar «Analogiya haqida» nomli grammatik asarini yozdi. U so`z va predmet munosabati masalasida analogiya tarafdori sifatida tanildi.
Dostları ilə paylaş: |