Verriy Flakk (bizning eramizning boshlari). Rim tilshunosi Verriy Flakk leksikologiya sohasida o`zigacha bo`lgan tadqiqotlarni, tajribalarni va fikrlarni umumlashtirib, katta hajmdagi «Fe`lning mahnosi» asarini yozdi.
Pristsian (VI asr. boshlari). Rim grammatikachisi Pristsian lotin tili bo`yicha o`z davrining eng katta tadqiqoti hisoblangan «Grammatika sanhati haqida tahlimot» kitobini yaratdi.
Qadimgi Rim tilshunosligida Donata va Pristsianning grammatikaga oid yaratgan asarlari lotin tili grammatikasi qurilishining mukammal bayoni sifatida juda ko`p asrlar davomida - o`rta asrlar davri uchun namuna bo`lib xizmat qildi.
Shunday qilib, rimliklar yunonlardan namuna olib, ularga taqlid qilib, lotin tili haqida keng tadqiqot ishlarini olib bordilar. Rimliklarning ona tili bo`yicha grammatikaga oid tadqiqotlari, asosan, yunon tilidan tarjima qilingan bo`lsa - da, ularning grammatikalarida ayrim yangiliklar, yangicha qarashlar uchrab turadi. Jumladan, Rim tilshunoslari yunon tilshunoslaridan farqli holda Rim grammatikasiga alohida stilistikani (uslubshunoslikni) kiritdilar. Rim grammatika-chilari so`z turkumiga undovlarni ham kiritdi. Ammo yunon tiliga xos bo`lgan artiklni chiqarib tashladilar. Chunki lotin tilida artiklg’ yo`q edi. Demak, lotin tili uchun ham 8 ta so`z turkumi xos bo`lib qoldi. Rim tilshunoslari son turkumini ikkiga: tub son va tartib songa bo`lib o`rganishdi. Yuliy Sezar lotin tiliga yunon tilida mavjud bo`lmagan ablativ (ajratish) kelishigini kiritdi va kelishiklar sonini oltitaga yetkazdi.
Rim filologlari grammatikaga oid terminlarni ham yunon tilidagi terminlar asosida yaratdilar. Jumladan, yunon va rim grammatikasiga oid ayrim terminlar ruscha va o`zbekcha tarjimalari bilan quyidagilar: onoma, nomen-имя, ot; rema, verbum - глагол, fe`l (qadimgi rus tilida nutq); antonomia, pronomen-местоимение, olmosh; nomen adjektivum-имя прилагательное, sifat; epirryoma, adverbium-наречие, ravish; artron, artikulum - пртикль; prodesis, praepositio-предлог, old ko`makchi, old qo`shimcha; syndesmos, conjunctio-союз, bog`lovchi; interjectio- междометие, undov; soneenta, vokales-гласные, unlilar; symfona, consonantes - согласные, undoshlar va boshqalar.
Xullas, antik davr tilshunoslik maktablarining ahamiyati jahon tilshunosligi nuqtai nazaridan yuksakdir. Ushbu davr Ovrupo madaniyatining beshigi bo`lib maydonga chikdi. Qadimgi yunon va Rim tilshunosliklari keyingi davr tilshunosligining taraqqiyoti uchun katta ahamiyatga ega bo`ldi.
Iskandariya tilshunoslik maktablari vakillari grammatikani mustaqil fanga aylantirdilar. Ular juda katta grammatik «xom-ashyo» (material) to`plab, ot va fe`l turkum-larining asosiy kategoriyalarini aniqlab berishdi. Yunon tilshunoslari fonetika, morfologiya, sintaksis va etimologiya fanlarining asoslarini yaratdilar. Ular so`z va gap kabi muhim va murakkab lisoniy birliklarni aniqlab, izohladilar, so`z turkumlarini ajratib berdilar.
Shuningdek, antik (qadimgi) davr tilshunosligining - yunon va Rim tilshunoslik maktablarining jiddiy kamchiliklari ham bor edi. Bu davr tilshunosligi tahlimotida tilga tarixiy yondashish printsipi yo`q edi. Yahni ushbu davr tilshunosligi, hind tilshunosligi kabi, tilning tarixiy taraqqiyotini tushunmas edilar. Ular yunon va Rim tillaridan boshqa tillarni tadqiq qilmadilar. Yahni bir til (yunon yoki Rim tillari) doirasida qoldilar, boshqa barcha tillarni esa yovvoyi, qo`pol til deb hisobladilar. Shuningdek, ular ko`pgina grammatik kategoriyalarni mantiq kategoriyalari bilan qorishtirdilar.
Aytilganlarga qaramasdan, Yevropa grammatik tahlimoti deyarli XIX asrgacha qadimgi yunon va Rim filologlarining tahlimotlariga asoslanib keldi.
Dostları ilə paylaş: |