Yosh matematiklar


O’tilgan mavzuni takrorlash



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə3/5
tarix21.10.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#158780
1   2   3   4   5
YOSH MATEMATIKA TO\'GARAK 8-SINF 34-SOAT

O’tilgan mavzuni takrorlash

Takrorlash, mustahkamlash, yangi mavzu bilan bog’lash

S – J , ko’rsatmalilik

5 min

Yangi mavzu bayoni

Yangi mavzuni tushuntirish

Suhbat, amaliy

20 min

Mavzuni mustahkamlash

Takrorlash, mustahkamlash

S – J , ko’rsatmalilik

5 min

Baholash

Rag’batlantirish(5 ballikreyting)

ishiga qarab

10 min

Uyga vazifa

Uyga vazifani tushuntirish

Suhbat

3 min



MAVZU:Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy-jahonning buyuk matematigi.
Muhammad ibn Muso al- Xorazmiy 787 yilda qadimiy Xorazmda dunyoga keladi. Al- Xorazmiy o’n yoshidayoq vazmin , harakatlari sust ko’rinsa ham, uning miyasi murakkab masala va misollar uchun yuzlab yechimlarni o’ylash bilan band bo’lgan. Lekin o’z yurtida vaziyat tobora qiyinlashgani uchun Xorazmni tark etib , al- Xorazmiy Bobilga boradi. Halifalikning poytaxti bo’lgan Bog’dod shahriga Muhammad ibn Muso al – Xorazmiy o’z mustaqil fikriga ega bo’lgan, “ Fil hisob al- Hind” nomli mashhur shoh asarini yozgan, o’n sakkiz yoshda bo’lishiga qaramay, fan olamida nom qozongan, istedodli yosh olim sifatida keladi. Xorun ar-Rashid al- Xorazmiyni shirin so’z, izzat –ikrom bilan kutib oladi va o’z saroyida ishlashga taklif qiladi. Xorun ar-Rashid o’sha zamondagi mashhur olimlarni Bog’dodga yig’ib, ularga boshchilik qilishni al- Xorazmiyga topshiradi.
Olimning kuchli fikr va bilim egasi ekanligini bilgan Xorun ar- Rashid al-Xorazmiyning Bog’dodda “Baytul hikma” ni tashkil qilishdek qaltis fikrini qo’rqmay maqullaydi va ilm uyini moddiy qo’llab turadi. Bu qurilishni al- Xorazmiy boshqarar va uni tezroq ishga tushirish bilan band bo’lgan paytda halifa Xorun ar-Rashid 807 yilda to’satdan vafot etadi. Uning vafotidan keyin o’g’li al-Ma’mun taxtga o’tiradi . Al – Xorazmiy ilmiy faoliyatining ayni porlagan payti al-Ma’munning halifaligi, uning homiylik qilgan davriga to’g’ri keladi.
Al-Xorazmiyning taklifi bilan Muhammad al-Farg’oniy , Ahmad al-Murvaziy, Abbos al-Gavhariy, Tohir Yassaviy, Rizo Turkistoniy kabi o’sha zamondagi ulug’ matematiklar, mashhur astranomlar Turkiston yerlaridan Bog’dodga ko’chib keldilar va jahon fani tarihida keyinchalik “arab matema-tika maktabi “ deb nom olgan taraqqiyot mo’jizasini yaratdilar.
Al –Xorazmiy o’z yurtdoshlari bilan olamshumul kashfiyotlar yaratdilar, Sanjar yassi tekisligida qadimiy yunon alimi Erotosfen hisoblariga aniqlik kiritib, Yer meridian bir gradusining uzunligini o’lchashga erishdilar. Bu o’lcham keyinchalik astronomiya va geografiya fanlarining rivojida muhim o’rin tutadi.
Al-Xorazmiy boshchiligida ko’p ilmiy ishlar olib borgan “Baytul-Hikma” Bog’dod matematika maktabi jahon madaniyatining rivoji tarixida o’chmas iz qoldirdi. “Ma’mun astronopmiya jadvali”, “olam suvratlari kitobi”, matematika va astronomiya, geografiya va geodeziya sohasidagi uning qator buyuk asarlari keyingi asrlarda shu fanlarning ravnaq topishida muhim rol o’ynaydi. O’z uyidan “qo’zg’alon tugaguncha “ deb chiqib ketgan ulug’ olim al-Xorazmiy umrining so’ngi kunlarigacha, ya’ni qirq besh yil Bog’dodda yashadi, ilm-fanga o’zini baxshida qilib, hatto oila ham qurmay, farzand ham ko’rmay, 63 yoshida vafot etadi.
Mustahkamlash

  1. Al. Xorazmiy qanaqa ilmiy ishlar olib borgan ?

  2. Al. Xorazmiyning matematika fani va uning ravhaqi uchun qo’shgan hissasi ?

  3. O’sha davrdagi Turkiston yerlaridan yetishib chiqqan yana qanday matematiklarni bilasiz ?

Yakunlash.
Maktab MMIBDO’______________________________ Sana____ _______ 20___yil
Sana:______ Sinf:______

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin