Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 13-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalari talabalarining malaka amaliyotini oʻtash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 202-sonli buyrugʻi ijrosini ta’minlash maqsadida amalyotchi-talabani malaka amaliyotini oʻtashi, oliy ma’lumotga ega boʻlgan yosh mutaxassis (bakalavr)larning intellektual salohiyatidan unumli foydalanish va ularni ish bilan ta’minlashga koʻmaklashish.
TOMONLARNING MAJBURIYATLARI
2.1. QDPI: - malaka amaliyotini oʻtash joylariga talabalarni taqsimlashda ishtirok etish;
- malaka amaliyotiga ketayotgan talabalarga oldindan malaka amaliyoti oʻtkazish tartiblari, xavfsizlik texnikasi haqida zarur koʻrsatmalar va yoʻl-yoʻriqlar koʻrsatish;
- zaruriyatga muvofiq Qabul qiluvchi tashkilotga malaka amaliyoti boshlanishidan oldin borib, talabalar kelishiga zaruriy tayyorgarlik ishlarini tashkil etish;
- malaka amaliyotining butun davri uchun talabalarga malaka amaliyoti dasturi asosida reja-jadvalini tuzish, qabul qiluvchi tashkilotdan malaka amaliyoti rahbari bilan birgalikda ishning hajmi va tarkibini belgilash;
- talabalarni malaka amaliyoti reja-jadvali va dasturi bilan ta’minlash;
- talabalarning malaka amaliyoti oʻtash joyiga yetib borishi va qaytishini nazorat qilish;
- qabul qiluvchi tashkilotdan malaka amaliyoti rahbari bilan talabaning malaka amaliyotini oʻtashi holati boʻyicha muntazam ravishda aloqada boʻlish;
- malaka amaliyoti muddatlariga rioya qilinishini, shuningdek, malaka amaliyoti reja-jadvali va dasturi bajarilishini hamda kundalikni har kunlik toʻldirishini nazoratini olib borish, uslubiy yordam koʻrsatish ishlarini, zarur hollarda, talabalarning malaka amaliyoti oʻtash joylariga borib koʻrish yoʻli bilan amalga oshirish;
- talabalarning malaka amaliyoti hisobotini yozishga koʻrsatma va tavsiyalar berish;
- talabalarning malaka amaliyoti boʻyicha hisobot himoyasida ishtirok etish va baholash;
- malaka amaliyotini oʻtashni takomillashtirish yuzasidan zarur hollarda oʻz taklif va mulohazalarini kafedra mudiriga (fakultet va oliy ta’lim muassasasi Kengashida koʻrib chiqish uchun) taqdim etish;
- professor-oʻqituvchining malaka amaliyotiga rahbarlik qilganligi oliy ta’lim muassasasi rektorining malaka amaliyoti oʻtash boʻyicha buyrugʻi, talabaning malaka amaliyoti kundaligi, hisoboti va malaka amaliyoti uchun baho qoʻyilgan tegishli qaydnomalar asosida aniqlanadi.