32
“YOSH MUTAXASSISLAR” ILMIY – AMALIY JURNALI 2023-YIL 5-SON
KARBON KISLOTALARNING FUNKSIONAL HOSILALARI
MURAKKAB EFIRLAR, YOG‘LAR, SOVUNLAR
Ro‘ziyeva Farangiz
Toshkent kimyo texnologiyalar instituti Yangiyer filiali
Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi guruhi talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7892962
Qabul qilindi: 02.05.2023
Annotatsiya:
Ushbu maqolada karbon kislotalarning funksional hosilalari
murakkab efirlar, yog‘lar, sovunlarning fizik-kimyoviy xossalari, olinish usullari va
ishlatilish sohalari haqida ma’lumotlar berilgan.
Kalit so‘zlar:
fosfat kislota, sulfat kislota, propan kislota, metil etanoat, n-oktil
asetat, nitroglitserin, stearin kislota, palmitin kislota, glitserin.
ФУНКЦИОНАЛЬНЫМИ ПРОИЗВОДНЫМИ УГОЛЬНЫХ КИСЛОТ
ЯВЛЯЮТСЯ СЛОЖНЫЕ ЭФИРЫ, МАСЛА, МЫЛА
Аннотация:
В статье приведены сведения о физико-химических
свойствах, способах получения и областях
применения сложных эфиров,
масел, мыл, функциональных производных карбоновых кислот.
Ключевые слова:
фосфорная кислота, серная кислота, пропановая
кислота, метилэтаноат, н-октилацетат, нитроглицерин, стеариновая кислота,
пальмитиновая кислота, глицерин.
ASOSIY QISM.
Murakkab efirlar — organik birikmalar. Murakkab
efirlarda uglevodorod
radikali organik yoki anorganik kislotalar radikallari bilan kislorod atomi orqali
bogʻlangan boʻladi. Murakkab efirlar tabiatda yogʻlar va vosklar sifatida uchraydi.
Fosfat kislota efirlari inson va hayvonlar organizmida moddalar almashinuvi
jarayonlarida muhim rol oʻynaydi. Quyi murakkab efirlar, asosan, erituvchilar (mas,
etilatsetal), oʻrtalari oziq-ovqat sanoatida essensiyalar (mas, nok essensiyasi)
sifatida qoʻllanadi. Sulfat kislota efirlari (dimetilsulfat)
organik sintezda, nitrat
kislota efirlari — portlovchi moddalar (nitroglitserin) olishda xom ashyo sifatida,
Murakkab efirlar farmatsevtika, lok-boʻyoq, polimer va plastmassalar, sintetik tola
ishlab chiqarishda va boshqa sanoat tarmoqlarida ishlatiladi.
Karbon kislotalar va
uglerod soni bir xil bo‘lgan murakkab efirlar bir xil formulaga ega va bir-
birining funktsional guruh izomerlaridir. Propan kislotasi va metil etanoat
33
“YOSH MUTAXASSISLAR” ILMIY – AMALIY JURNALI 2023-YIL 5-SON
birikmalarining
formulasi C
3
H
6
O
2
bilan belgilanadi, ammo ularning tuzilish
formulalari boshqacha.
Murakkab efirlar ko‘plab mevalarni tarkibida uchraydigan birikmalardir.
Masalan, bananning o‘ziga xos hidi n-pentil asetat, apelsinning xushbo‘yligi esa n-
oktil asetat molekulalariga bog‘liq. Murakkab efirlarning
aksarisi suvda erimay,
organik erituvchilarda eriydi. Murakkab efirlardan mevalar hidi keladi. Asosan,
eterifikatsiya yoʻli bilan olinadi. Murakkab efirlar uchun sovunlanish reaksiyasi
tavsiflidir. Spirt va kislotadan efir hosil boʻlishi qaytar reaksiya hisoblanadi. Bunda
toʻgʻri reaksiyani eterifikatsiyalash, teskari reaksiyani esa gidroliz deyiladi.
Murakkab efirlarni va kislota amidlarini olinishi: Yog‘larning tuzilishi.
Yog‘larni gidroliz qilish:
Karbon kislotalarning funksional hosilalaridan biri bo‘lgan murakkab efirlar
karbon kislotalarga spirtlar ta’sir ettirib olinadi:
Reaksiya mineral kislota ishtirokida boradi. Murakkab
efirlar karbon kislota
angidridlariga spirtlar ta’sir ettirib ham olinadi:
Murakkab efirlar galoidangidridlarga spirtlarni ta’sir ettirish bilan ham olinadi:
Murakkab efirlar qayta efirlash usuli bilan ham olinadi. Reaksiya kislotali yoki
ishqoriy muhitda boradi:
Kislota amidlari atsilxloridlarga ammiak yoki aminlarni ta’sir ettirib olinadi:
R - C
O
OH