2.2. “Potentsial ish beruvchi”: 2.2.1. “Institut”ning o`quv reja va dasturlari bilan tanishish hamda ularni ishlab chiqarish talablariga muvofiqlashtirish yuzasidan o`z takliflarini berish.
2.2.2. “Bitiruvchi”ning Davlat imtihonlarida attestatsiya komissiyasi tartibida qatnashish.
2.3. “Bitiruvchi”: 2.3.1. O`qish faoliyati davrida belgilangan amaliyotlarni “Potentsial ish beruvchi”ning korxonasida o`tash.
2.3.2. Institutni bitirgandan so`ng ega bo`lgan mutaxassisligi doirasida ish bilan ta’minlashni talab qilish.
III. Tomonlarning majburiyatlari
3.1. Farg`ona politexnika instituti. 3.1.1. “Bitiruvchi”ni O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g`risida”gi qonunlari asosida ishlab chiqilgan me’yoriy hujjatlar talablariga javob beradigan malakali mutaxassis etib tayyorlash.
3.1.2. “Potentsial ish beruvchi”ga “Bitiruvchi” to`g`risida tegishli tavsiyanomalar berish hamda “Bitiruvchi”ning korxonadagi mehnat faoliyati monitoringini olib borish.
3.1.3. “Bitiruvchi” ishga joylashgandan keyin 3 yil davomida unga zarur uslubiy yordam ko`rsatish.
3.1.4. Shuningdek, tomonlarning roziligiga asosan quyidagi shartlarni bajarish majburiyatini ham oladi:
a) _____________________________________________________
b) _____________________________________________________
3.2. “Potentsial ish beruvchi”: 3.2.1. “Bitiruvchi”ni tegishli tartibda O`zbekiston Respublikasining “Mashg`ulotlar milliy standarti Tasniflagichi (Klassifikatori)”ga muvofiq ish bilan ta’minlash.
3.2.2. “Bitiruvchi”ga mehnat faoliyati davomida uslubiy yordamlar ko`rsatish.
3.2.3. Quyidagi ijtimoiy yordam va imtiyozlar ko`rsatish:
a) _____________________________________________________
b) _____________________________________________________
3.3. “Bitiruvchi”:
3.3.1. O`z mutaxassisligi bo`yicha malaka tavsifnomasida nazarda tutilgan, shuningdek O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g`risida”gi qonunlari talablari asosida mustaqil faoliyat olib borish uchun bilim va malakaga ega bo`lish.
3.3.2. “Potentsial ish beruvchi” korxonasiga institutni bitirgandan so`ng 2 oylik muddat ichida yetib borish.
3.3.3. “Potentsial ish beruvchi”ning korxonasida kamida 3 yil o`z mutaxassisligi bo`yicha ishlab berish.