Yosh olimlar ilmiy-amaliy konferensiyasi



Yüklə 29,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix07.01.2024
ölçüsü29,07 Kb.
#203491
1   2   3
Yosh olimlar 0725

YOSH OLIMLAR 
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
 
in-academy.uz/index.php/yo 
87 
• 
kapital bozoriga uzoq muddatli moliyaviy resurslarga ega yirik institutsional 
investorlarni jalb qilish bo’yicha ishlar sust olib borilishi; 
• 
bozor infratuzilmasi zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimlari bilan yetarli 
darajada ta’minlanmaganligi, shuningdek, ushbu sohada mahalliy tizimlarning 
imkoniyatlaridan samarasiz foydalanilishi; 
• 
mintaqaviy darajada kapital bozori infratuzilmasi mutlaqo rivojlanmaganligi; 
• 
kapital bozori sohasida bozor kapitallashuvini oshirish choralarini faol ravishda ilgari 
surish va amalga oshirishga imkon beradigan yuqori malakali mutaxassislar yetishmasligi; 
• 
sohani nomutanosib tartibga solishni nazarda tutuvchi hamda zamonaviy bozor 
talablariga va xalqaro standartlarga javob bermaydigan huquqiy hujjatlar ko‘pligi; 
• 
korporativ munosabatlar zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etilmaganligi. 
Ushbu kamchiliklar fond bozorining ulkan salohiyatidan foydalanishga, uning kapitallashuvi 
va likvidligini lozim darajada ta’minlashga, investitsiyalarni samarali jalb etishga, iqtisodiyot 
hamda davlat va jamiyat hayotining boshqa sohalari rivojiga to‘sqinlik qilmoqda. 
Bugungi kunda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning bir qancha shakllari mavjud, ya`ni: 
• 
ulushi qo`shilib qatnashishi orqali qo`shimcha korxonalarni tashkil etish; 
• 
100% mol - mulk xorijiy investorlarga tegishli bo`lgan xorijiy korxonalarni tashkil 
etish;
• 
yirik xorijiy kompaniya va firmalarning shu`ba korxonalari va filiallarini tashkil etish;
• 
kontsessiya va lizing shartnomalari tuzish;
• 
tenderlar e`lon qilish;
• 
erkin iqtisodiy hududlar tashkil etish;
• 
moliyaviy aktivlarni sotish va sotib olish. 
Qo`shma korxonalar tashkil etish orqali xorijiy investitsiyalarni jalb qilish keng tarqalgan 
shakllaridan biri hamkorlikda qo`shma korxonalarni tashkil etishdir. O`zbekiston 
Respublikasida qo`shma korxona deganda, nizom kapitalining kamida 15 % xorijiy 
investorlarga tegishli bo`lgan va xorijiy investor faqat yuridik shaxs bo`lgan, nizom 
kapitalining eng kam mikdori 150000 AQSH dollariga teng bo`lgan ekvivalent summani 
tashkil etgan korxonalarga aytiladi. Xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona nizom 
jamg`armasining 150000 AQSH dollaridan kam bo`lmasligi sifatsiz mahsulotlarining oldi - 
sotdisi va ularni respublikaga import qilish ishlari bilan shug`ullanishga ixtisoslashgan kichik 
qo`shma korxonalarning keragidan ortiqcha kirib kelishining oldini olish maqsadida 
belgilangan. 
Investitsiyalarni jalb qilish va ularni boshqarish uchun eng avvalo ularning qonunda 
tasdiqlangan ma’no, shakl mazmun va mohiyatini tushunib olish zarur. Buning uchun 
O’zbekiston Respublikasining "Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g risida"gi Qonuni 
me’yoriy-huquqiy hujjat sifatida muhim rol tutadi.
So‘nggi yillarda ichki va tashqi investitsiyalarni faol jalb etishga doir me’yoriy hujjatlarning 
qabul qilinganligi ham investitsiya faoliyatining rivojlanishining muhim asosi bo‘lib xizmat 
qilmoqda. Umuman olganda, bugungi kunga kelib mamlakatimizda investitsiya faoliyatini 
tashkil etish, rivojlantirish, rag‘batlantirish va tartibga solishga oid o‘nlab huquqiy-me’yoriy 
hujjatlar ishlab chiqilgan bo’lib, ular amalda investitsiya faoliyatining yildan-yilga ko‘payib 
borishiga sabab bo’lmoqda.



Yüklə 29,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin